26.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
26.09.2026, 00:52
Jamiyat 👁 534

22-SONLI MAKTAB HUDUDIDA “YoShLAR BOGʻI” BARPO ETILDI

22-SONLI MAKTAB HUDUDIDA “YoShLAR BOGʻI” BARPO ETILDI

Choykoʻl ovulida “Yurtimizni bogʻ-rogʻlarga burkaymiz!” shiori ostida bahorgi koʻkalamzorlashtirish ishlari allaqachon boshlanib ketdi. Ovul hududidagi mahallalar faollari, nuroniy otaxonlar boshchiligida koʻcha boʻylari obodonlashtirilib, aholi tomorqalariga mevali daraxtlar koʻchatlari hamda ertangi sabzavotlar ekishga kirishildi. Ayniqsa, guzar yoʻllar, koʻchalar boʻylaridagi ariqlar tozalanib, mahalliy oq  terak, boʻy terak, qoramon, oq tol va shoʻrga chidamli jiyda daraxti qalamchalari ekilmoqda. Bu ishlarda yoshlarning ham faol ishtirok etayotgani, ularda kelajakka daxldorlik tuygʻusini kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi, albatta.

Koʻklamning ilk kunlaridanoq ovul hududidagi 22-sonli umumtaʼlim maktabi yaqinida joylashgan 90 sotixlik qarovsiz yerda ham “Yoshlar bogʻi”ni barpo  etishga kirishildi. Yangidan bunyod etilayotgan “Yoshlar bogʻi”ga ilk koʻchat oʻtqazish ishlarini boshlashdan oldin 22-sonli umumtaʼlim maktabining faxriy oʻqituvchilari – keksa ustoz-otaxonlar Quvvat Yusupov hamda Begmurod Shomurodovlar oq fotiha berdilar.

Shundan soʻng, bogʻ uchun moʻljallangan maydonga mevali daraxt koʻchatlari ekishga kirishildi. Koʻchat ekish ishlarida Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻini raisi Yaxshimurod Ahmedov, 22-sonli maktabning sobiq oʻquvchisi, taniqli shifokor Muhammadjon Norboyev, ovul faollaridan Komiljon Matqurbonov, Nurulla Rahimov va fuqarolar yigʻini mutaxassisi Saylixon Murodboyevlar bosh-qosh boʻldilar.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, yangi bogʻ uchun moʻljallangan yerni koʻchat ekishga tayyorlash, zarur texnika vositalari bilan taʼminlash, mevali daraxt koʻchatlarini yetkazib berish hamda barcha ishlarni risoladagiday tashkillashtirishda 22-sonli maktabning sobiq oʻquvchisi “Yoʻldoshev Anvar” fermer xoʻjaligi rahbari Anvar Yoʻldoshevning koʻrsatgan begʻaraz yordami katta boʻldi. Anvar Yoʻldoshevning saʼy-harakatlari bilan 300 tup sarhil nok koʻchatlari keltirilib, shu kunning oʻzida sifatli oʻtqazildi.

Shu kuni  oʻtqazilgan koʻchatlarning tuproqqa ildiz qoʻyib, rivojlanishi va zarur agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻladigan barcha ishlarga ham alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, bogʻning yer maydoniga suv keltirish uchun zarur boʻlgan ariqlar qazildi, avvaldan mavjud boʻlgan suv yoʻllari  tozalanib, atrof-muhit obodonlashtirildi.

Oldin ham 22-sonli maktabning agromaydoni sifatida parvarish qilingan   ushbu bogʻda olma, oʻrik, uzum, olcha, behi kabi mevali daraxtlardan yaxshigina hosil olinardi. Har yili 1-sentyabrda mevalar terilib, oʻquvchilar uchun maktab hovlisida mevalar sayli tashkil qilinardi. Keyinchalik suvsizlik va qarovsizlikdan, qolaversa, daraxtlarga vaqtida shakl berilmaganidan bogʻ qurib qoldi. Endilikda bu yerda yanada yaxshiroq yangi bogʻ bunyod boʻlayotgani ovuldagi katta-kichikni juda quvontirdi. Bu ishga katta hissa qoʻshgan Anvar Yoʻldoshevdan ham, albatta, juda minnatdor boʻlishdi.

Haqiqatan ham, eʼtibor qilinmasa, shovullab turgan soylar suvi tortiladi, quriydi. 22-sonli maktab uchun yangidan, zamonaviy bino qurildi, eski maktab binosi oʻrni tekislab tashlandi, shu bilan maktabning agromaydoni ham qarovsiz qolgandi. Bugungi avlodlar oʻzlarining tarixiy oʻzanlariga qaytib, bobomeros qadriyatlari qadrini baland tutmoqdalar.

Bogʻ yaratish ham eng xayrli, eng qadimiy qadriyatdir. Keksalar duosi va yoshlar gʻayrat-shijoati bilan eski bogʻ maydoni oʻrnida yangi “Yoshlar bogʻi” bunyod etildi. Yoshlarning oʻzlari bunyod etgan bu mevazor bogʻ mustaqillik bogʻlaridan biri sifatida uzoq yillar gurkirab, meva beraveradi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026