21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 18:21
Sport 👁 493

SPORTChI QIZLAR YuTUQLARI – TUMANIMIZ ShARAFINI TOBORA YuKSALTIRMOQDA

SPORTChI QIZLAR YuTUQLARI – TUMANIMIZ ShARAFINI TOBORA YuKSALTIRMOQDA

Yurtimizda yoshlarning sport bilan shugʻullanib, oʻzligini namoyon etishlariga  yaratilayotgan sharoitlar har jabhada quvonarli yutuqlar qoʻlga kiritilishiga asos boʻlayotgani juda quvonarlidir.

Tumanimizda faoliyat yuritayotgan Bolalar-oʻsmirlar sport maktabida oʻsib kelayotgan oʻgʻil-qizlar 21 ta sport turi, shu jumladan, 15 ta olimpia sport turlari bilan shugʻullanishmoqda.

Ayni kunda sport maktabida jami 134 ta guruh mavjud boʻlib, 1800 nafardan ziyod tarbiyalanuvchilarni bagʻriga olgan. Shularning 314 nafari qiz bolalardir.

Jami faoliyat olib bora-yotgan murabbiylarning esa 13 nafari ayol-qizlardir.

Odatda biz sport haqida gap ketganida bu oʻgʻil bolalarga xos soha deb hisoblardik. Keyingi yillarda sportning yengil atletika, badiiy gimnastika, suzish, yugurishdan tashqari kurash, ogʻir atletika, boks, futbol turlari boʻyicha ham ayol-qizlar vakillari munosib yutuqlarga erishib, oʻzbek ayol-qizlarining nimalarga qodir ekanliklarini oʻz faoliyatlarida isbotlashmoqda.

Quvonarlisi, tuman Bolalar oʻsmirlar sport maktabida faoliyat olib borayotgan barcha guruhlardan ham iqtidorli, yurtimiz sport shaʼnini yuqori koʻtaradigan sportchilar yetishib chiqmoqda. Ulardan biri Oltinoy Shukurullayevadir. U 21-sonli maktab oʻquvchisi, bir necha yillardan beri sportning ogʻir atletika turi bilan shugʻullanib keladi. Bu intilishlari esa samarasiz ketgani yoʻq. 2019-yilning oktyabr oyida Xiva shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston chempionatida Oltinoy oʻz vazn toifasida 1-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston chempioni boʻldi.

Faoliyat boshlaganiga hali koʻp boʻlmagan tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga qarashli yopiq suv havzasi suzish sporti bilan shugʻullanuvchilar bilan gavjum boʻladi. Davlatimizning 4,49 mlrd. soʻm pul mablagʻi evaziga qurilgan mazkur inshoot hozirgi zamonaviy talablarga toʻla javob beradi va shugʻullanuvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Hozirgi kunda bu yerda sogʻlomlashtirish guruhlari va boshlangʻich tayyorgarlik guruhlari tashkil qilingan. 8-9 yoshgacha boʻlgan bolalar bepul, undan kattalari esa pullik sogʻlomlashtirish guruhlarida mashgʻulotlar olib borishadi. Ayni kunda murabbiy Javohir Matirzayev haftaning uch kunida oʻgʻil bolalar, uch kunida qiz bolalar bilan suzish sporti boʻyicha mashgʻulotlar olib bormoqda.

Yaqinda Beruniy shahrida boʻlib oʻtgan suzish boʻyicha Qoraqalpogʻiston birinchiligi musobaqasida uning shogirdlari ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Xususan, erkin suzish boʻyicha Sevinch Soliyeva uchinchi, Marjona Tozaboyeva uchinchi oʻrinlarni egalladi. Nukus shahrida boʻlib oʻtgan Qoraqalpogʻiston ochiq chempionatida esa Aygerim Marksova uchinchi oʻrinni egalladi.

Sport maktabida shugʻullanuvchilarning imkoniyatlarini aniqlash va qunt bilan shugʻullanishiga undash maqsadida tumanda ham koʻpgina musobaqalar oʻtkazilib turiladi. Tuman miqyosida alohida yutuqlarga erishgan, qobiliyatini namoyon etganlar nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik koʻrishi uchun murabbiylar ular bilan alohida mashgʻulotlar olib borishadi. Bundan koʻzlangan maqsad ezgu – tumanimiz sport sharafini yuksaltirish, yosh sportchilarning iqtidori yana ham rivojlanishiga erishish.

Oʻtgan davrda sport maktabining Maʼmura Matyoqubova murabbiylik qilayotgan gimnastika guruhi tarbiyalanuvchilari ham koʻpgina nufuzli musobaqalarda munosib oʻrinlarni egallab kelishdi. 50 nafardan ziyod nafis sport turi bilan shugʻullanayotgan qizaloqlarning ustozi bilan mashgʻulot oʻtayotgan lahzalarini kuzatishning oʻzi zavqli. Va... yana agar koʻngilda istak boʻlsa, inson butun tanasini oʻziga boʻysundira olishiga amin boʻlasiz.

Buning uddasidan chiqib, Navoiy shahrida boʻlib oʻtgan Navoiy viloyati ochiq birinchiligida murakkab badiiy chiqishlarini ijro etgan Eʼzoza Baxtiyorova birinchi, Zarina Ilhomova birinchi, Madina Boltaboyeva, Gulnoza Amirova, Diana Leninovalar esa ikkinchi oʻrinlarni yengib oldilar. Shuningdek, Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston chempionatida Dilnura Mansurboyeva, Mashhura Otaxonova, Dilnura Soliyevalar birinchi, Mashhura Tilavova ikkinchi, Sevinch Murotboyeva uchinchi oʻrinlarga loyiq koʻrildi.

Aytish joizki, tarbiyalanuvchilar bilan murabbiylarning qunt bilan shugʻullanib, iqtidorlarini rivojlantirishga intilishlari oʻzining totli mevalarini berayotir. Fikrimizning dalili sifatida aytadigan boʻlsak, 2019-yilda sportning shaxmat turidan Oʻzbekiston chempionatida 1 ta kumush, karate-WKF boʻyicha 2 ta bronza, oʻzbek jang sanʼati boʻyicha 1 ta bronza, Osiyo chempionatida oʻzbek jang sanʼati turidan 2 ta bronza, xalqaro turnirlarda boksdan 4 ta oltin, 1 ta kumush, 5 ta bronza medallarini, Toshkent shahar ochiq kubogida taekvando- WTF  turidan 2 ta bronza, badiiy gimnastika boʻyicha oʻtkazilgan turnirda 4 ta oltin, 4 ta kumush, 1 ta bronza medallarini olishga sazovor boʻlishdi.

Sport maktabi tarbiyalanuvchilari jamoaviy oʻyinlarda ham muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqdalar. Xususan dzyu-do jamoasi Qoraqalpogʻiston chempionatida 1-oʻrinni, boks jamoasi 1-oʻrinni, taekvando-WTF jamoasi ikkinchi, oʻzbek jang sanʼati jamoasi birinchi oʻrinni zabt etdi.

Albatta, erishilayotgan natijalarda sportchi ayol-qizlarning salmoqli hissalari bor.

Sport bugungi kunda oʻquvchi qizlar uchun nafaqat chiniqish, jismoniy toblanib, sogʻlom boʻlish omili, balki, oʻz iqtidorini namoyon etadigan faoliyat turiga ham aylanmoqda.

Ha, sportda hikmat koʻp. Tumanimiz qizlari sport faoliyatida bu hikmatlarning koʻp qirralari namoyon boʻlayotir.

Biz fasli navbahor ila qadam-baqadam kirib keladigan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tumanimizning sportchi ayol-qizlarini qizgʻin muborakbod etib qolamiz. Ilohim, doimo barcha musobaqalarda yuzlari yorugʻ boʻlib, gʻalaba nashidasini surish baxti nasib etaversin!

Oygul RAJABOVA.
 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026