NURONIY ONAXONLARGA EHTIROM KÖRSATILDI
Qutluğ sanalarda, hayit, bayramlarda bir-birovni yöqlaş, holidan xabar oliş, ayniqsa, keksa, nogironligi bölganlardan hol-ahvol söraş xalqimizning azaliy odatlaridandir.
Qipçoq ovulida ham uzoq yillar turli sohalarda mehnat qilib, öğil-qizlarini el koriga yaraydigan insonlar qilib tarbiyalab, hozir nuroniy yoşga yetgan onaxonlar talaygina.
Şularning biri Yerakayeva Ortiqgul momodir. Yuzlaridan nur yoğilib turadigan bu ayol hayotining 92 bahorini qarşi olayapti.
Bayram bahona qutlab, duosini olişga taşrif buyurgan Qipçoq ovul fuqarolar yiğini masʼul xodimlari Zulfiya Matyoqubova, profilaktika inspektori Azamat Jiyanboyev, patronaj hamşirasi Zubayda Yusupova, Qipçoq ŞFY profilaktika inspektori Maʼruf Töqliboyevlarni onaxon quvonib qarşi oldi. Ovuldoşlarining tez-tez yöqlab turişlaridan minnatdorligini bildirdi.
Masʼullar şu kuni ovulning nuroniy momolari – 91 yoşli Oyim Ahmedova, 88 yoşli Pardagul Yeşmurodovalarning ham xonadonlarida bölişib, bayram sovğalari ulaşişdi. Şuningdek, Qipçoq şaharça fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi imkoniyati çeklangan, nuroniy keksalar Fariğa Samadova, Öğiljon Ğoyibovalarning holidan ham xabar olib, sovğalar berişdi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶