26.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
26.09.2026, 00:52
Jamiyat 👁 265

QORAMON MAHALLASIDA AYoL-QIZLARGA EHTIROM KOʻRSATILDI

QORAMON MAHALLASIDA AYoL-QIZLARGA EHTIROM KOʻRSATILDI

Ayol borki, olam munavvar. Ayolning oʻz farzandini oq yuvib, oq tarab, voyaga  yetkazgunicha, oila atalmish qoʻrgʻonning tinch-osoyishtaligini saqlashdagi xizmatlarini hech narsaga tenglashtirib boʻlmaydi. Nozikkina jussasida olamcha qudrat yashiringan ayol yurgan yoʻllardan gullar unadi, uning oʻziga xos saboti, matonati ila nainki xonadoni, balki chor-atrofi ham fayzga toʻladi.

Shu boisdan ham jamiyatimizda ayollarning roli ulkan. Ularning iqtidor va salohiyatini yana ham yuksaltirish maqsadida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulugʻvor  oʻzgarishlarda faol ishtirokini taʼminlashga eʼtibor tobora kuchaytirilmoqda. Ayniqsa, xalqaro xotin-qizlar kuni bayramida ularga boʻlakcha hurmat-ehtirom koʻrsatiladi, el ardogʻida boʻladi.

Tumanimizning chekka hududida joylashgan Qoramon mahallasida ham ushbu sana qizgʻin nishonlandi. Mahallada oilalar mustahkamligini taʼminlash, azaliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizning tarbiyaviy ahamiyatini keng targʻib qilishda alohida oʻrnak boʻlayotgan faol ayollar, onaxonlar va tengdoshlariga oʻqishda, ishda namuna boʻlayotgan qizlar mahalla hududidagi “Omon ota” toʻyxonasiga taklif qilindi.

Mahalla fuqarolar yigʻini raisi Murod Abdullayev rahbarligida mahalla hududidagi fermerlar homiyligida tashkil etilgan tadbirda nuroniy onaxonlar, ayol-qizlar uchun toʻkin dasturxon yozildi. Ularning shaʼniga iliq soʻzlar aytilib, sovgʻalar hadya qilindi.

Tadbirda ayol-qizlar bayramiga bagʻishlab namoyish etilgan musiqiy dastur barchaga bayram kayfiyatini hadya etdi. Oʻzlariga koʻrsatilgan eʼtibor va hurmatdan koʻngillari shod boʻlgan ovulning ayol-qizlari shoʻx va diltortar navolar, qoʻshiqlarni miriqib tingladilar, dildan yayrab hordiq chiqardilar.

Bir koʻngil – ming Kaʼba, deydi xalqimiz. Birovning koʻnglini koʻtarmoq esa unchalik mushkul ish emas. Ozgina mehr-eʼtibor, iliq soʻz har qanday oltin-u zardan aʼlo, inson koʻngli mehrdan yuksaladi, oʻzida olamcha qudrat tuyadi va hayotidan mamnunlik his qiladi. Shu boisdan ham bayramlarda nuroniy keksalarimiz, yaqinlarimizning duolarini olishga shoshamiz, ziyorat qilamiz. Yaxshi soʻzlarimiz bilan koʻngillarini ovlab, hayotiy saboq boʻluvchi xotiralarini tinglaymiz.

Mahallada istiqomat qiluvchi 5 nafar kam taʼminlangan oilalar bekalaridan ham tadbirkor Murod Ibragimov bayram bahona xonadonlariga borib xabar oldi va sovgʻalar berdi.

Shuningdek, mahallada sumalak qaynatish marosimi ham oʻtkazildi. Mahallada istiqomat qiluvchi tengdosh, sinfdosh joʻralar Tozaboy, Azamat, Farhod, Dilshod, Oʻtamurod, Otabeklar oilalari bilan birgalashib, har yili bir xonadonda sumalak uchun bugʻdoy undirishadi, uni hamjihatlikda qaynatishadi. Koʻklam kirib kelishini oʻziga xos bayram qilishadi.

Bu yil ham ular bayram oldidan koʻklamning ilk kunida hammani sumalakka chorlashdi. Inoqlikda oʻrnatilgan doshqozonlardagi sumalakni tobiga, maromiga yetguncha qaynatishdi. Birgalikda yangi faslning ilk kunini xursandchilik, shodu-xurramlik bilan qarshi olishdi. Ertasi kuni esa qarindoshlarga, koʻshnilarga hamjihatlikda yetilib pishgan totli sumalaklarni tarqatishdi.

Xullas, koʻklam, ayol-qizlar bayramlariga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbir-u tantanalar Qoramon mahallasida yashovchi aholi yodida oʻchmas xotiralar qoldirgan kun boʻldi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026