Maktabgaça taʼlim taşkilotida sumalak sayli ötkazildi
Butun mamlakatimizda bölgani kabi tumanimizda ham bahorning ilk bayrami Xalqaro xotin-qizlar kuni keng nişonlandi. Barça ovul, mahallalarda, mehnat jamoalarida bayram munosabati bilan tadbirlar ötkazilib, ularga hurmat-ehtirom körsatildi.
Aslida navbahor ila qadam baqadam kirib keluvçi uşbu ayyom yurtimizda bayramlar faslini ham boşlab beradi. Azaldan ham köklamga yetişgan xalq öz xursandçiligini turli udumlar bilan uyğunlaşib ketgan tadbirlar orqali ifoda etib keladi. Ayniqsa, Navrözni rizq va barakadan, yangilaniş va yoşarişdan nişona deb katta tantana bilan kutib olib, xursandçilik qilişadi.
Ha, mehribon va munis, farzandi baxti-kamoli yölida har qança zahmatlar çeksa-da, zarraça oğrinmaydigan fidoyi va sabotli muhtarama ayol-qizlar bayrami tantanalari hali davom etayotgan bir vaqtda xalqimizning asrlar oşa yaşab, bizgaça yetib kelgan milliy bayrami – Navrözi olamni munosib nişonlaş uçun tadoriklar boşlanib ketdi.
Manğit şahrida faoliyat körsatayotgan 40-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti mehnat jamoasi bayram oldidan Navrözning şoh taomi - sumalak saylini taşkil etişdi.
Tadbir yakşanba kuni taşkillaştirildi va unga taşkilotning butun mehnat jamoasidan taşqari uzoq yillar şu yerda mehnat qilib, yoşga doir pensiyaga çiqqan, oilasi bağrida dam olayotgan mehnat faxriylari ham taklif qilindi.
Bugungi kunda uşbu taşkilotda 150 nafar bolajonlar taʼlim-tarbiya olişmoqda. Şuningdek, 4 ta qisqa muddatli maktabga tayyorlov guruhi faoliyat körsatmoqda. Ularning yaxşi taʼlim-tarbiya olib, maktab taʼlimiga sifatli tayyorlanişi uçun 16 nafar pedagog xodimlar sidqidildan harakat qilişmoqda. Maktabgaça taʼlim tizimiga joriy etilayotgan yangiliklar, faol metodlarni tarğib etişga bağişlangan turli seminar-treninglar, malaka oşirişga bağişlangan namunaviy oçiq darslar köpinça şu taşkilotda ötkazilişi ham bejiz emas. Çunki kasbiy körik-tanlovlarda mazkur taşkilot tarbiyaçilari muvaffaqiyatli qatnaşib kelişmoqda, bolajonlar tumanda ötkaziladigan umumxalq bayramlarida doimo musiqiy dasturi bilan iştirok etişib, eʼtibor qozonişmoqda.
Taʼlim-tarbiya bilan uzviy ravişda olib borilayotgan turli sport, musiqa, ingliz tili tögaraklari bolajonlarning iqtidori tobora yuksalişini taʼminlayapti.
Taşkilotdagi sumalak sayli xodimlar, mehmonlar uçun öziga xos madaniy hordiq çiqariş kuni böldi, desak xato bölmas. Bir maromda qaynayotgan sumalak doşqozoni atrofida öyin-kulgular, hatto qaynoq mehnat jarayoni ham köngillarda ezgu hislarni uyğotdi. Faxriylar bilan suhbat asnosida, ularning maslahatlariga köra, sumalak qaynatiş jarayoni, tökin dasturxon atrofidagi öyin-kulgular köngillarda öçmas taassurotlar qoldirdi. Özaro mehr-oqibat riştalarini yana ham mustahkamladi.
Ertasiga ertalab maktabgaça taʼlim taşkilotida tarbiyalanuvçilarga birin-ketin sumalak ulaşişganida bolajonlarning quvonçini heç narsaga qiyoslab bölmasdi.
Ha, 40-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida totli taom – sumalak sayli ana şunday öçmas taassurotlarga boy böldi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶