25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 23:25
Jamiyat 👁 225

PARTIYa FAOLLARI VA YoShLAR IShTIROKIDA OBODONLAShTIRISh AKTsIYaSI OʻTKAZILDI

PARTIYa FAOLLARI VA YoShLAR IShTIROKIDA OBODONLAShTIRISh AKTsIYaSI OʻTKAZILDI

Yurtimizda turli bayramlar, muhim sanalar oldidan  xududlarni obodonlashtirish, ozoda-orasta qilishga intilish yaxshi anʼanaga aylangan. Chunki umumiy uyimiz – yurtimizning obodligi, koʻrkamligi, fayzu tarovati har birimizning intilishimizga bogʻliq. Ayniqsa, bunday ezgu ishlarni hamjihatlikda, birdamlikda bajarish koʻngillarni, maqsadlarni birlashtiribgina qolmasdan ish unumini ham oshiradi. Aytish joizki, bu borada hamkorlikda ish olib borish koʻp ming yillik anʼanalarimizdan biridir.

U nafaqat bir yumushni koʻpchilik boʻlib tez va oson bajarish imkonini berishi, shu bilan bir qatorda, insonlarni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ham muhim ahamiyatga ega.

Joylarda tashkil etilayotgan bunday obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish, tozalash ishlarida  keksalar ham ishtirok etib,  yoshlarga xalqimizning bir necha yuz yillardan buyon eʼzozlanib kelinayotgan bu kabi urf-odatlari, qadriyatlarining mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar bermoqdalar. Bu esa oʻz navbatida unib-oʻsib kelayotgan yosh avlodning milliy anʼana va qadriyatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiya topishlariga yordam beradi.

OʻzMTDP tuman Kengashi tomonidan tumanimizdagi “Yusuf eshon bobo” jomʼe masjidida  “Navroʻzing – yangi kun, yangi davroning muborak, jonajon Oʻzbekistonim” shiori ostida oʻtkazilgan obodonlashtirish aktsiyasida ham yoshlar bilan bir qatorda keksalar, partiyadan saylangan deputatlar faol ishtirok etdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qarorining joylardagi ijrosi taʼminlanishiga hissa qoʻshish  maqsadida  oʻtkazilgan aktsiya doirasida Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan mamlakat hududida koʻkalamzorlashtirish ishlari tashkil etilmoqda. Butun Oʻzbekiston boʻylab 2020-yilning 10-20-mart kunlari davomida partiya faollari va deputatlari tomonidan xududlardagi madaniy meros obʼektlarida umumxalq hasharlari, keng qamrovli obodonlashtirish ishlari oʻtkaziladi.

Obodonlashtirish aktsiyasida OʻzMTDP tuman Kengashi xodimlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, “Yusuf eshon bobo” jomʼe masjidi imom xatiblari, tumandagi 56-sonli umumtaʼlim maktab oʻqituvchisi, partiya faoli Azimboy Saparbayev, Xushnud Chorshamovlar hamda 60 nafardan ortiq yoshlar koʻngilli boʻlib  ishtirok etdilar.

Aktsiya davomida “Yusuf eshon bobo” jomʼe masjidi yon-atroflari, yoʻlaklari  tozalandi, tomorqa yerlari tartibga keltirildi hamda har xil  mevali, manzarali daraxtlar, gul koʻchatlari ekildi.

 Yaxshi ishni har kim, har kuni qilishi lozimligi tarbiyaviy mazmundagi kitoblarda koʻp taʼkidlanadi. Bu bilan avvalo insonning oʻzining koʻngli koʻtariladi, tozaradi. Qolaversa, har bir  bir yaxshi  ishning orqasidan ezguliklar yaraladi. Shu maʼnoda olib qaraydigan boʻlsak, oʻtkazilgan aktsiya Navroʻz umumxalq bayrami  oldidan xalqimizning azaliy qadriyatlariga yoshlarning hurmat-eʼtibori namunasi boʻldi, desak adashmaymiz.    

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026