“Obod va havfsiz mahalla” şiori ostida seminar taşkil qilindi
Butun mamlaktimizda bölgani kabi, tumanimizda ham barça sohalarning rivojlanişi uçun qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining ijrosini taʼminlaş yuzasidan keng kölamli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Tumanimizdagi Qiliçboy ovulida davlatimiz rahbarining “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni soğlomlaştiriş, mahalla institutini yanada qöllab quvvatlaş hamda oila va xotin-qizlar bilan işlaş tizimini yangi darajaga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlaş maqsadida namunaviy seminar taşkil qilindi.
Seminarda Qoraqalpoğiston Pespublikasi Mahalla va oilani qöllab quvvatlaş vazirligi mutaxassisi Quvonç Tureniyozov, tuman hokimi örinbosari, tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Alişer Yöldoşev, bölim boşliğining örinbosari Bahodir Boltaboyev va fuqarolar yiğini raislari iştirok etdilar.
Tadbirda taʼkidlanganidek, ötgan qisqa davrda aholi muammolarini aniqlaş va hal etiş böyiça “mahalla – sektor – Xalq qabulxonasi – mahalla” tamoyili asosida samarali hamkorlik tizimini joriy etiş, mahallani xalq bilan davlat örtasida işonçli “köprik” bölişini amalda taʼminlaş, oila va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş borasida kompleks çora-tadbirlar amalga oşirildi. Mazkur çora-tadbirlar natijasida hududlardagi mavjud muammolar örganilib, bartaraf etildi va aholi uçun farovon turmuş tarzi yaratildi. Tadbirkorlikni yölga qöyiş orqali işsizlikni bartaraf etib, bandlikni taʼminlaş maqsadida aholi uçun keng imkoniyatlar berildi. Kam taʼminlanganlar, yoş oilalar uçun yangidan turar joylar barpo etildi. Nogironlar, yakka-yolğiz yaşovçi keksalar yaşaydigan taʼmirtalab uylar esa taʼmirlab berildi. Hududlarni obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş böyiça ham kölamli işlar bajarildi.
Seminarda iştirokçilarga Prezidentimizning “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni soğlomlaştiriş, mahalla institutini yanada qöllab quvvatlaş hamda oila va xotin-qizlar bilan işlaş tizimini yangi darajaga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonining mazmun-mohiyatini xususida tuşunçalar berildi. Mazkur Farmon aholi osoyiştaligini taʼminlaş, oila va xotin-qizlar bilan işlaş tizimini yangi darajaga olib çiqiş, nuroniylar ijtimoiy faolligini oşiriş, mahallani jinoyatçilikdan holi hududga aylantirişda fuqarolarning özini özi boşqariş organlari roli va mavqeini yanada mustahkamlaşda muhim hujjat bölganligi alohida eʼtirof etildi.
“Obod va xavfsiz mahalla” şiori ostida taşkil qilingan mazkur seminarda iştirokçilar ovul fuqarolar yiğinida olib borilayotgan obodonlaştiriş, bunyodkorlik işlari bilan tanişib, hududda tadbirkorlik bilan şuğillaniş uçun yaratilgan şaroitlar va imkoniyatlar böyiça tadbirkorlar bilan muloqot qilindi. Muloqot davomida tadbirkorlarning muammo va takliflari örganildi.
Şuningdek, fuqarolar yiğinida “Mahalla – sektor – xalq qabulxonasi – mahalla” hamda “Xavfsiz mahalla” şiori ostida amalga oşirilayotgan işlar ham atrofliça örganildi hamda kam taʼminlangan va kambağal oilalar bilan işlaş, ularni kambağallikdan çiqariş böyiça takliflar tinglandi.
Bu kabi seminarlar tumanning Xolimbeg, Durunki, Çoyköl, Namuna, Toş qalʼa ovul va mahallalarida ham ötkazildi.
Çaros Arslonova, tuman hokimining axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶