Maktabgaça taʼlim taşkilotida “Navröz varraklari” sayli ötkazildi
Navröz – Markaziy Osiyo xalqlari uçun nafaqat milliy bayram, balki yangi dehqonçilik yilining boşlanişi, rizq-röz, nasiba uçun qöyiladigan ilk qadam, mehnat, yaratiş va yaşnatiş ayyomi. Navrözda kattalar bobomeros urf-odat, anʼana va qadriyatlar qadr-qimmatini baland tutib uluğlasalar, jajji bolajonlar bu kunga özlarining biri-biridan qiziqarli, gözal öyinlari bilan fayz kiritadilar.
Mart oyining ilk kunlaridanoq tumanimizdagi barça öquv muassasalarida, maktabgaça taʼlim taşkilotilarida boşlanib ketgan Navrözona tadbirlarda fayzli dasturxonlar yozilib, Navrözning şoh taomi – sumalaklar, Navröz göjalar tortildi. Bolajonlar, öquvçi-yoşlar asrlar oşa avloddan-avlodga maʼnaviy ruh bağişlab ötib kelayotgan xalq öyinlarini maroq bilan öynab, zavq-şavqqa töldilar.
Joylardagi kabi 6-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida ham bayram munosabati bilan turli tadbirlar ötkazilib, kiçkintoylarga kötarinki kayfiyat ulaşildi. Mazkur taşkilotga Şahnoza Qiliçeva rahbarlik qiladi. Mamlakatimizdagi maktabgaça taʼlim taşkiloti tizimiga körsatilayotgan eʼtibor va rağbat tufayli tizimda keskin özgarişlar, yangilanişlar amalga oşirilmoqda. Sönggi 2-3-yil içida mazkur 6-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida ham faqat nomigagina iş yuritişga barham berildi. Öz işining fidoyilari bölgan pedagog-tarbiyaçilar safi köpayib, maktabgaça taʼlim guruhlari şakllantirildi, maşğulotlarda yangi pedtexnologiyalar joriy etildi. Kadrlar malakasi oşirilib, taşkilot faoliyati zamon talablari darajasiga kötarildi.
Turli bayram sanalari munosabati bilan taşkil etilayotgan tadbirlarning taşkilot guruhlari uçun belgilangan taʼlim-tarbiyaviy rejalar bilan uzviylikda ötkazilayotgani bolajonlar qalbida ona tabiatga, Vatanga, oilaga nisbatan mehr-muhabbat tuyğularini kamol topşirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Navröz – umumxalq bayramiga bağişlangan bayramona tadbirlar uşbu taşkilotda mart oyining ilk kunlaridanoq boşlanib ketdi. Bolajonlar turli xalq öyinlari – “çillak”, “beştoş”, “bizdan sizga kim kerak”, “quşlar keldi”, “quş uçirmoq” kabi öyinlarni maroq bilan öynadilar. Ayniqsa, taşkilotda tarbiyalanayotgan 100 nafar kiçkintoylar va ularning ota-onalari iştirokida bölib ötgan “Navröz varraklari” sayli barça tadbirlardan ham gözal va zavqli böldi. Mazkur tadbirda bolajonlar ijro etgan bahorni madh etuvçi şeʼr-qöşiqlar, şöx raqslar barça iştirokçilarga çeksiz huzur bağişladi.
Tadbirda bolajonlar quvnoq sport öyinlarini ham maroq bilan öynadilar. Quvlaşmaçoq, tösiqlar oşa yuguriş, koptok irğitiş kabi öyinlarda bolajonlar özlarining çaqqon va epçilliklarini namoyiş etdilar. Şundan söng ötkazilgan varrak uçiriş musobaqasi bolajonlarga çeksiz zavq-şavq ulaşdi.
Bahorni madh etuvçi jöşqin musiqa sadolari jörligida varraklarini uçirgan bolajonlarning şodligi, qiyqiriqlari olamni tutdi. Biri-biridan baland uçgan turfa rang varraklar bahor va Navröz taşrifidan darak beruvçi elçilar kabi ona elimiz Amudaryo osmonida parvoz qilganida göyo bolajonlarning qalblarida yangi-yangi orzular, tinçlik, hamjihatlik, döstlik va totuvlik tuyğularini uyğotdi. Har bir jajji qalbda ona Vatanga çeksiz muhabbat, uyğonayotgan ona zaminga, tabiatga mehr yanada mustahkamlandi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶