Muddatli harbiy xizmatga qabul qilingan çaqiriluvçilar armiyaga kuzatilmoqda
Ona Vatan tinçligini asraş, sarhadlarni himoya qiliş va qöriqlaş har bir yigit, mard öğlonlar uçun muqaddas burç sanaladi.
Bu yil çaqiriluvçilarni harbiy xizmatga çaqiriş jarayoni ham yangiça tizimda taşkil etildi. Muddatli harbiy xizmatga saralaş uçun 2019-yil 10-avgustdan boşlangan jarayonda çaqiriluvçilar örtasida tanlov ötkazilib, ularning umumjismoniy tayyorgarligi aniqlandi. Şuningdek, kasbiy tanlov böyiça sinovlar hamda yakka tartibda suhbatlar ötkazildi. Ular orasidan saralab olingan yigitlar esa tuman butlaş komissiyalarida tegişli tibbiy körikdan ötkazildi.
Prezidentimizning “2020-yil fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga çaqiriş, safarbarlik çaqiruvi rezervi xizmatiga oliş böyiça komissiyalar faoliyatini taşkil etiş tartibi töğrisidagi” Qarori asosida 2-martdan 30-aprelga qadar fuqarolarni muddatli harbiy, muqobil xizmatga çaqiriş va safarbarlik çaqiruv rezervi xizmatiga tayinlaş tadbirlari olib boriladi.
Tuman hududiy komissiyasi tomonidan safarbarlik çaqiruv rezervi xizmatiga tayinlaş işlari ham qizğin ravişda olib borilmoqda. Bugungi kun holatiga 250 nafar çaqiriluvçi SÇR xizmatiga tayinlandi va hozirda ular tölanadigan pul badallarini Xalq bankiga ötkazişni boşladilar.
Tuman böyiça muddatli harbiy xizmatga umumiy hisobda 103 nafar çaqiriluvçi Havo hujumidan mudofaa qöşinlari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizligi xizmati, Çegara qöşinlari, IIV qorovul qöşinlari tarkibiga tayinlandilar. Çaqiriluvçilar navbati bilan Respublika butlaş komissiyasi tomonidan muddatli harbiy xizmatga jönatila boşlandi.
Yaqinda joriy yilgi çaqiruv mavsumida muddatli harbiy xizmatga qabul qilingan yigitlarning dastlabki guruhi xizmatga kuzatildi. Xizmatga otlangan yigitlarni kuzatiş munosabati bilan ötkazilgan marosimda Şimoli-Ğarbiy harbiy okrug Qöşinlari Qömondonligi masʼullari, tuman Mudofaa bölimi, turli jamoat taşkilotlari vakillari hamda çaqiriluvçilarning ota-onalari iştirok etdilar.
Qurolli Kuçlarimiz saflarida xizmat qiliş nafaqat konstitutsiyaviy burç, balki qatʼiy maqsad, yuksak maʼnodagi şon-şarafdir.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶