Işçi guruh tumanimiz yoşlarining tadbirkorlik faoliyati bilan yaqindan tanişdi
Özbekiston Yoşlar ittifoqi faoliyatini boşlagandan söng, yoşlar bilan boğliq eng muhim masalalarni belgilab olgan holda muammolarga yeçim topiş yölidan bordi. Yoşlar bandligini taʼminlaş ana şunday dolzarb masalalardan biri edi. Turli loyihalar, uzoqni közlab qilingan çora-tadbirlar natijasi bugun ançagina sezildi. Buni yoşlar bandligini taʼminlaş borasida olib borilgan işlarni tahlil qilgan holda anglab etiş qiyin emas.
Özbekiston Yoşlar ittifoqi yoşlar bandligini taʼminlaş böyiça bir qator yangi loyihalar ham işlab çiqdi. Ustoz-şogird anʼanasiga köra, hunarmandçilik, kasanaçilikka jalb etiş, mehnat yarmarkalari taşkil qiliş bilan iş topa olmayotgan yoşlarga yordam beriş, "Har bir yoşga – bir gektar" loyihasi orqali yoşlarni fermerlarga biriktiriş hamda dehqon xöjaliklari va tomorqa yerlarida bandligini taʼminlaş, “Yoşlar – kelajagimiz” jamğarmasi va “Har bir oila – tadbirkor” Davlat dasturlari doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlar orqali yaratilgan yangi iş örinlariga joylaştiriş bu boradagi salmoqli işlardan sanaladi.
Özbekiston Yoşlar ittifoqi Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi tomonidan joriy yilda işsiz yoşlarning bandligini taʼminlaş borasida tumanlarda amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişiş maqsadida taşkil etilgan işçi guruh 19-mart sanasida Amudaryo tumanida böldi.
Işçi guruh tumanda 2020-yilning şu davrigaça bu borada amalga oşirilgan samarali işlar bilan yaqindan tanişdi. Guruh aʼzolari joriy yilda bandligi taʼminlangan yoşlarning iş faoliyati bilan tanişib, ularning takliflari, kelgusidagi rejalari hamda yoşlarimizni qiynayotgan muammolarni örgandi.
Taʼkidlaş joizki, bugungi kunda yoşlarni maʼnaviy yetuk va jismonan soğlom, vatanparvar va fidoyi qilib tarbiyalaş, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş borasida keng kölamli işlar amalga oşirildi. Joylarda, avvalambor çekka hududlarda istiqomat qilayotgan köp sonli yoşlarning öz iqtidor va isteʼdodini röyobga çiqarişi, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişi uçun keng şaroitlar yaratilmoqda hamda şu orqali yoşlarni turli zararli illat, yot ğoyalar taʼsiridan himoya qiliş, yoşlar örtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olişga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Maʼlumot tariqasida aytiş kerakki, joriy yilda tumanda 744 nafar yoşlarning bandligini taʼminlaş rejalaştirilgan bölib, 18-mart kuni holatiga 210 nafar yoşlarning bandligini taʼminlaşga erişildi.
Xususan, joriy yilning mart oyida tumanimizdagi Olmazor mahallasida yaşovçi ana şunday yoşlardan biri bölgan Sanjar Qazaqboyev va Beşovul mahallasida istiqomat qiluvçi Anvarbek Aşirovlarning öz bandligini taʼminlaş maqsadidagi loyihalariga "Yoşlar – kelajagimiz" Davlat dasturi asosida mini futbol maydonçasini quriş uçun yer maydoni ajratilgan bölib, işçi guruh aʼzolari uşbu quriliş maydoniga taşrif buyurdi.
Şuningdek, ana şunday taşabbuskor yoşlarimizdan Oxunjon Madrahimovning çorvaçilikni rivojlantiriş maqsadidagi loyihasi uçun "Yoşlar - kelajagimiz" davlat dasturi asosida 288 mln. kredit mablağlari ajratilgan bölib, yoş tadbirkor 30 boş naslli çorva mollarini sotib olib, öz tadbirkorlik faoliyatini boşlagan. Oxunjon Madrahimovning taşabbusi bilan 4 nafar yoşning bandligi taʼminlangan bölib, işçi guruh aʼzolari yoş çorvaçilarning iş faoliyatlari bilan yaqindan tanişdi.
Bundan taşqari, Bekzod Nuraddinovning ham tadbirkorlik loyihasi qöllab-quvvatlanib, unga 2020-yil fevral oyida "Xar bir oila tadbirkor" davlat dasturi asosida 30 mln. söm miqdorida kredit ajratilgan hamda 2 nafar yoşlar uçun yangi iş örinlari yaratilgan qandolat mahsulotlarini işlab çiqariş faoliyatini yölga qöygan. Işçi guruh aʼzolari yoş tadbirkorning faoliyati bilan yaqindan tanişib, yanada rivojlantiriş böyiça taklif va fikrlar bildirdilar.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶