BOLAJONLAR ÖZ ONALARINI “SIZ QUYoŞIMSIZ, ONAJON!” DEYa ŞARAFLADILAR
Barça zamonlarda Onaga, Ayolga ehtirom körsatiş, ularning qadr-qimmatini baland tutiş xalqimiz uçun eng aziz qadriyat hisoblanadi. Ayniqsa, Ona bilan bola örtasidagi uzilmas mehr riştasi, Ayol muhabbati va sadoqati haqida söz oçilganda qalblar junbuşga keladi.
Darhaqiqat oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va körki bölgan xotin-qizlarni eʼzozlaş, ularga hurmat va ehtirom körsatiş xalqimiz uçun azal-azaldan buyuk qadriyat bölib kelgan va şunday bölib qoladi. Çunki ular bilan hayotimiz gözal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafşondir.
38-sonli umumtaʼlim maktabida bölib ötgan “Siz quyoşimsiz, Onajon!” deb nomlangan tadbirda ham onalarning jamiyatda va oilada tutgan örni, farzandlar tarbiyasi, oila mustahkamligi yölidagi fidoyiliklari madh etilib, muhtarama Onajonlar va opa-singillarni şaraflovçi dil sözlari izhor qilindi, ularga biri-biridan latif şeʼrlar bağişlandi.
Maktabning 2-“V”sinf öquvçilari va sinf rahbari Muhabbatxon Allaberganova tomonidan tayyorlangan bayramona tadbirda maktab sahnasi bahor gullari, turli tabiat manzaralari aks ettirilgan suratlar, bahor madhidagi şeʼriy bitiklar bilan bezatildi.
Öz farzandlarining çiqişlarini mehr va quvonç bilan tomoşa qilgan ota-onalarga öquvçilar öz qöllari bilan tayyorlagan guldastalarni taqdim qilganlarida barça onaxonlar mamnun bölişdi. Tadbirni bolajonlarning sevimli öqituvçisi Muhabbatxon Allaberganova onalar va ayolllarni madh etuvçi şeʼrlar bilan boşladi.
Bayramona tabriklardan söng, öquvçilar özlari tayyorlagan kontsert dasturini namoyiş qildilar. “Şöx qizlar” raqsini ijro etgan qizaloqlarning bahor gullarini eslatuvçi şöx-şodon harakatlari barçaga bahoriy kayfiyat baxş etdi. “Onajonimsiz”, qoraqalpoqça “Şinqovuz”, “Özbekiston – çempion” raqslarini maromiga yetkazib, mahorat bilan ijro etgan öquvçilarni tomoşabinlar gulduros qarsaklar bilan olqişladilar.
Tadbirda onajonlarni madh etuvçi şeʼrlarga ham keng örin berildi. Pölat Mömin, Anvar Obidjon, Tursunboy Adaşboyev kabi xalqimizning ardoqli şoirlari ijodiga mansub ayollarni şaraflovçi şeʼrlar aytilib, qöşiqlar kuylandi. Ayniqsa, “Oyijon, yonimda bölsangiz bas” qöşiği yangraganida bayram tadbiriga taklif etilgan aziz va muhtarama onaxonlar bolajonlarning yoqimli ijrolaridan tölqinlanib, olqişlar bilan öz minnatdorçiliklarini izhor etdilar.
Tadbir yakunida öquvçilar onajonlarini yana bir bor bayram bilan muborakbod etişdi. Onajonlar ham öz navbatida Ayolga çeksiz ehtirom tuyğulari uluğlangan bayram tadbiri qalblariga quvonç bağişlaganini izhor qildilar.
Uluğ şoirimiz Erkin Vohidov aytganlaridek, “Olamda ayol madhiga doston tugamaydi”. Çunki, ayol siymosi Yaratganning tengsiz möʼjizasi bölib kelgan va hamişa şunday bölib qoladi.
Bölib ötgan tadbir ham barçada bahoriy kayfiyat uyğotib, qalblarga quvonç bağişladi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶