21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 10:16
Adabiyot 👁 3,594

TILANChI ChOL HIKMATLARI

TILANChI ChOL HIKMATLARI
ODAMIYLIK SABOGʻI
Nuroniylar gurungi yoxud sahifaga sigʻmagan rivoyat
Qogʻozga tushirgan — Shodmonqul Salom
011

Mahalla guzarida ikki nuroniy kishi oʻtiribdi. Ulardan biri nimanidir soʻzlar ikkinchisi esa jim eshitardi. Chollarga salom berdim, roviy alik oldi. Tinglovchi nazarimda eshitmadi. Soʻzlovchi gapini davom ettirdi: "Hamma joyda va hamma zamonlarda boʻlganidek gavjum bozor edi. Keng sahndagi ustunlarning biriga yelka berib oʻtiradigan tilanchi cholga ham hamishagidek koʻpchilik eʼtibor qilmas, koʻngliga kelgani bir-ikki chaqa tashlar, cholning "Odam boʻl!” degan boʻgʻiq xitobiga parvo qilishmasdi.

Chol esa boshqa qavmdoshlariga oʻxshab moʻl-koʻl duo qilmas, oʻtkinchilarga yalinib yolvormas, aksincha, kirlanib ketgan doʻppisini oldiga qoʻygancha jim oʻtirardi. Bozorda koʻpdan buyon savdo qiluvchi bir yigit boʻlib, u ham cholga koʻnikib qolgan, u bilan qiziqmas, ahyon-ahyonda unga sadaqa tashlab oʻtardi.

Bir yaxshi kunda uning koʻngliga kelgan savol oʻziga qiziq tuyuldi va tushlik mahalida doʻkonini yopib chol oʻtiradigan tomonga yoʻl oldi. U doimgidek hazin qiyofada koʻzlarini besabab artib-netib oʻtirardi. Yigit uning doʻppisiga tanga tashladi va odatiy soʻzlarni eshitdi: "Odam boʻl!” Chol hatto yigitning yuziga bosh koʻtarib qaramadi ham.

Shunda yigit uning qarshisiga choʻkkalab oʻtirdi va qariyaning yuziga ser soldi. Ular bir-biriga tikilib qolishdi: yigit qiziqsinib, chol bemaʼno.
— Nega sen boshqalarga oʻxshab gapirmaysan, duoyu iltijo qilmaysan? — choldan soʻradi yigit.

Chol atrofga olazarak boqdi va yarashiqsiz tarzda kemtik ogʻzini ochib kulishga harakat qildi. Yigit uni telbaga yoʻydi va oʻrnidan qoʻzgʻalmoqchi edi. Chol yerdagi doʻppisini qoʻliga olib, tangalarini yerga toʻkdi. Doʻppini ushlab, yigitga qisiq koʻzlarini oʻqday qadab dedi:
— Buni jirkanmasdan, ixlos bilan kiy!

Yigit uning aytganini qilib, doʻppini boshiga kiyarkan shu zahoti yonginasida nimaningdir irillagan tovushini eshitdi. Ilkis oʻrnidan turib qaraganida irillagan narsa kattakon kulrang boʻri ekanini va jondorning bamaylixotir bozor oralab ketayotganini koʻrdi.

Bu gʻaroyib holdan ajablanib turgan yigitning koʻzlari ne ajabki, koʻzoynak taqqan, ulkan dimogʻdor ilonga tushdi. Ilon xuddi odam kabi emin-erkin vishillab bozor oralardi. Bul morning izida esa chiroyli savat tishlab, akillab borayotgan itni ham koʻrdi savdogar yigit. Uning biroz qoʻrquvga, xavotirga toʻliq hayrati battar oshgan edi.

…novvot tarozilayotgan toshbaqani, un sotayotgan maynani, "Keb qoling, baxtingizni sinab koʻring” deb qichqirayotgan tulkini, oʻroq yasab oʻtirgan temirchi yoʻlbarsni, uning oldida qop yelkalab tik turgan qoʻyni, ochiqroq joyda tamaki tortib turgan bir juft kalamushni va yakkam-dukkam odamlarni ham koʻrdi savdogar yigit…

Shu payt uning tizzasida qattiq ogʻriq turdi. Burilgan edi boshidan doʻppisi uchib tushdi. Chol tigʻli aso bilan uning tizzasiga turtayotgan edi. Chol tangalarini yerdan olib tagʻin doʻppisiga solardi. Yigit unga tiz choʻkib yolvora boshladi.
— Men kimman, odammanmi yoʻqmi, kimman, aytib ber?

Chol javob bermadi. Yigit uning jimligini oʻzicha tushundi va doʻppiga yana tanga tashladi. Moʻysafid esa tagʻin "Odam boʻl!” deb xitob qildi. Yigit endi koʻziga yosh kelganii oʻzi ham ilgʻamay gapga tushdi.
— Jon ota, bir ogʻiz ayt mening kimligimni. Men shuni bilayin, seni uyimga olib ketib ardoqlab yuraman, oʻz otamday koʻraman…

— Odam boʻl, odam boʻl, odam boʻl… — chol boshqa javob qilmadi.

Bugun u bozordagi donishmand qariya ham yoʻq, uning sinoatiga guvoh yigit ham. Ammo oʻsha haqiqatning mantigʻi hamon amalda. Shunday emasmi?”.
Guzardagi nuroniy tilidan bu qadim rivoyatni eshitib oʻylanib qoldim…

002
YaXShIMI,YoMONMI?
Qogʻozga tushirgan — Xurshid Davron
011

Uzoq yillar men ham ana shu tilanchi chol haqida hamqishloq bobodan bir rivoyat  eshitganman.

Tong-sahar payti bozorning oʻzi oʻrgangan joyida, kirlanib ketgan doʻppisini yerga qoʻygancha, rasta ustunlarining biriga yelka berib oʻtirgan tilanchi cholning oldiga bir yigit kelib soʻrabdi:
-   Ota, men olis yurtdan keldim. Ayt-chi, bu shaharning odamlari oʻzi qanaqa, yaxshimi, yomonmi?
-  Avval sen ayt, — debdi tilanchi chol -  shahringdagi odamlar qanaqa edi, yaxshimidi, yomonmidi?
-  Eh,ota, men aytmay, sen eshitma. Oʻsha shahar odamlariday muttahamlarni koʻrmaganman, bu yerlarga oʻshalarning dastidan qochib keldim.
-  Ovora boʻpsan,bu yerdayam xuddi oʻshanaqa odamlar yashaydi. — deb gʻamgin bosh chayqabdi tilanchi chol.
Yigitning hafsalasi pir boʻlib bozordan chiqib ketibdi.

Ayni peshin payti tilanchi cholning oldiga boshqa bir yigit kelib soʻrabdi:
-   Ota, men hozirgina qoʻshni yurtdan kelgan karvondan tushdim. Iloji boʻlsa shahringizga oilamni olib kelmoqchiman. Ayt-chi, bu shaharning odamlari oʻzi qanaqa, yaxshimi, yomonmi?
-  Mehmon, — debdi tilanchi chol boshini ham koʻtarmay, — oʻsha sen yashagan shahringdagi odamlar qanaqa edi, yaxshimidi, yomonmidi?
-  Zarurat boʻlmasa shahrimni tark etmasdim. Chunki men yashagan shahar ahli juda mehribon, saxovatli va mehmondoʻst odamlar.
-  Kuyinma,bu shahardayam xuddi oʻshanaqa mehribon, saxovatli va mehmondoʻst odamlar yashaydi. — deb boshini koʻtarib yigitning koʻzlariga tikilibdi tilanchi chol.
Bu gapni eshitgan yigit xursand boʻlganicha bozordan chiqib ketibdi.

Har ikki suhbatga guvoh boʻlgan  kosib  jahl bilan  doʻkonchasidan boshini chiqarib tilanchi choldan  soʻrabdi:
-  Bu nima qiliq, biriga shahrimizni yomon deysan, ikkinchisiga yaxshi deysan? Qanaqa odamsan oʻzi?
- Hamshahar, — debdi tilanchi chol boshini gʻamgin chayqab. — Biriga shahrimizda yomon koʻpaymasin, ikkinchisiga yaxshi koʻpaysin degan niyatda oʻsha gaplarni aytdim. Inson yomonlik izlasa yomonlik, yaxshilik izlasa yaxshilik topadi..

Uzoq yillar oʻtsayam bu rivoyat hamisha esimda

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026