SUMALAK SAYLI BÖLIB ÖTDI
Xalqimizning eng qadimiy, milliy bayrami Navröz – yaʼni bahoriy tengkunlikni doimo orziqib, köngillarimiz talpinib kutamiz. Uşbu bayramning uzviy qismi hisoblanmiş sumalak saylini soğinamiz. Bu bejiz emas. Boisi har yili qöni-qöşni, yaqinlar bilan köpçilik bölib qaynatiladigan bu darmonbaxş taomning toti yil böyi tilingizdan ketmaydi, çor-atrofdagi mahalladoşlarga kosalab tarqatiş asnosida keksalarning qiladigan duolaridan könglimiz toğday kötariladi.
Doşqozon atrofidagi qöling-qölingga tegmay, yugurib-yelib, sumalak maysasini kelida tuyib, olov yoqib, suv taşib qilingan mehnatlar çarçoği sumalak qirmizi rangga kirib, pişganidan darak berganida butun vujudingdan çiqib ketganday böladi göyo. Öyin-kulgular, hazil-mutoyibalar va ezgu tilaklar saylga özgaça şukuh bağişlaydi.
Şu yil 14-mart kuni 33-sonli umumiy örta taʼlim maktabi öqituvçilar jamoasi ham özlari mehnat qilayotgan maktab hovlisida sumalak saylini ötkazişdi.
Avvalo – şuni taʼkidlaş kerakki, maktab pedagogik jamoasi öquvçi-yoşlarga bugungi kun talablariga monand taʼlim-tarbiya berişmoqda. Bitiruvçilari orasida köplab mohir öqituvçilar, taniqli şifokorlar, sanʼat ustalari yetişib çiqmoqda. Boks böyiça xalqaro musobaqalar ğoliblarini, Özbekiston çempionlarini tarbiyalagan taʼlim maskanida yilning muhim sanalari, qutluğ kunlarni munosib nişonlaşga ham ulkan ahamiyat beriladi.
Sumalak bahona diydorlaşiş, hayotiy saboqlaridan bahramand böliş niyatida taklif etilgan ovulning nuroniy onaxonlari, faxriy öqituvçilar kömagida yoşlar yugurib-yelib xizmat qilişdi. Onaxonlar maslahatlariga köra, sumalak tayyorlaş jarayoni boşlab yuborildi.
Maʼlumki, sumalak pişirişning ham öziga xos, qatʼiy amal qilinadigan tartib-qoidalari bor. U şunçaki köpçilik bölib yiğilişib taom tayyorlaş emas, balki asrlar oşa avloddan avlodga ötib, yaşab kelayotgan xalq qöşiqlari, laparlari, öyinlari ijro etiladigan, ötin yorayotgan, suv taşiyotgan yigitlarning abjirligi, kuçliligini, qizlarning sumalakka andarmon ayollarga kömaklaşişida çaqqonligi, odobi va muomalasi sinovdan ötkazilgan. Mazkur maktabda ham sumalak sayli ana şunday tartib-qoidalari, öyin-kulgulari, raqslari bilan öziga xos esda qolarli tarzda ötkazildi.
Mahallaning faol onaxonlari maslahatlariga köra maktab hovlisida ertalabdan sumalak uçun zarur bölgan narsalar taxt qilib qöyildi. Uşbu taom uçun muhim bölgan buğdoy maysasini öquvçilar kelida tuyib, yetkazib turdilar. Undan çiqqan şirali suv ketma-ket doşqozonga solinib, maromiga yetguniça qaynatildi. Bitiruvçi sinf öquvçilari, ayniqsa, ğayrat bilan mehnat qilib, onaxonlar, ustozlari duosini olişdi. Sumalakka hissa qöşiş niyatida kelgan barça iştirokçilarga dasturxon ham yozilib, taomlar tortildi.
Özgaça mehr bilan qilingan mehnatlar samarasi – totli taom tayyor bölganidan söng, barça öquvçilarga, çor-atrofdagi xonadonlarga tarqatildi.
Uşbu tadbirning özi öquvçi-yoşlar uçun Navröz bayramining uzviy qismi – sumalak sayliga xos xalqimizning qadimiy va hamişa navqiron urf-odatlari, anʼanalarining qadr-qimmatini yaqqol körsatib beruvçi bir hayotiy saboq böldi.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶