TÖLOV INTIZOMINI MUSTAHKAMLAŞ VA UNGA RIOYa QILIŞ IQTISODIYoT RIVOJINI TAʼMINLAYDI
Majburiy ijro byurosi organlariga energiya resurslari uçun tölovlarni öz vaqtida va töliq undiriş, debitor qarzdorlikni qisqartiriş, isteʼmolçilarning tölov madaniyatini oşiriş, şuningdek, sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarining ijrosini sözsiz taʼminlaş vazifasi yuklatilgan edi. Ötgan 2,5-yildan ortiq vaqt mobaynida, yuqorida körsatilgan vazifalarni bajariş yuzasidan salmoqli işlar amalga oşirilib, sohaga oid körsatkiçlar sezilarli darajada ijobiy tomonga özgardi.
Jumladan, energiya resurslari böyiça 2018-yilda 625,7 mlrd. söm undirilgan bölsa, 2019-yilda 904,5 mlrd. söm, yaʼni 278,8 mlrd. sömga ortiq qarzdorliklar undirilib, ösiş surʼati 44 foizni taşkil etdi. Mazkur yilning 2 oyida esa 229,6 mlrd. söm undirildi.
Xususan, davlat inspektorlari öz hududidagi isteʼmolçilarning xonadonlariga har oyda kamida bir marta taşrif buyurib, hisoblagiçlarini körikdan ötkazişadi. Isteʼmol qilingan tabiiy gaz va elektr energiyasi böyiça hisob-kitob işlarini amalga oşiradi. Qarzdorlik aniqlanganida esa isteʼmolçi joyida tölaş istagini bildirsa, tölovlarning bevosita xonadonlarning özida amalga oşirilayotganligi fuqarolarga qöşimça qulayliklar yaratmoqda.
Huqubuzarliklarni foş etiş, suriştiruv va maʼmuriy amaliyot yönalişi böyiça boşqarma va tuman bölimlarining elektr, gaz uzatiş va gaz taqsimlaş tarmoqlariga noqonuniy ulaniş, talon-taroj holatlarini aniqlaş, bartaraf etiş borasida joriy yilning ikki oyi davomida Majburiy ijro byurosi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi va uning hududiy bölimlari tomonidan 305 ta huquqbuzarlik foş etildi. Şuningdek, huquqbuzarliklar natijasida 653 mln. 780,6 ming sömlik zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Energiya resurslari taʼminotçilari korxonalariga yetkazilgan zarardan hozirgi kunga jami 475 mln. 249,2 ming sömi, yaʼni 72,7 foiz undirildi.
A.NIYeTOV, QR boşqarmasi katta inspektori.
B.KALLIXANOV, MIB tuman bölimi boşliği örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶