Qoraqalpoğiston Respublikasi mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirining birinçi örinbosari M.Ahmedova tumanimizdagi kökalamzorlaştiriş işlarida iştirok etdi
Yurtimizda maʼnaviyatni yuksaltiriş borasida milliy urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bölgan mehr-oqibat, turli muammolarni birgalaşib hal qiliş kabi ibratli tadbirlar qadriyat sifatida amalga oşirilib, tobora mustahkamlanib bormoqda. Bu borada maʼnaviy hayotimizning uzviy qismiga aylangan kökalamzorlaştiriş va obodoşlaştiriş, mehr-muruvvat, xayr-saxovat işlari çuqur maʼno-mazmunga ega bölib, umummilliy anʼana, qadriyatga aylangan.
Zero, bunday xayrli işlarni amalga oşiriş paytida mahalla hududlarini, guzarlar, köçalar, muqaddas qadamjolar, ziyoratgoh va qabristonlar tartibga keltiriladi. Yolğiz qariyalar, nogironlar, boquvçisini yöqotgan, kam taʼminlangan oilalarga moddiy va maʼnaviy yordam körsatiladi. Qolaversa, özaro yordam, insonparvarlik, olijanoblik, saxovatpeşalik kabi ezgu tuyğularni yoşlar ongiga singdirişga xizmat qiladi.
Şuningdek, yurtimizda bayramlarga töla bölgan köklam fasli kirib kelişi bilan uluğ ayyomlar oldidan atrof-muhitni saranjom-sarişta qiliş, köçalar, xiyobonlarni obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş maqsadida umumxalq xayriya haşarini ötkaziş ham odat tusiga aylangan. Har yili bölgani kabi mamlakatimizda joriy yilning 14-15-mart kunlari “Obod yurt” umumxalq xayriya haşari ötkazildi. Uşbu xayrli tadbirda aholining barça qatlamlari, yoş-u qari barça birdek faol qatnaşdilar.
Qoraqalpoğiston Pespublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirining birinçi örinbosari Maryam Ahmedova ham tumanimizga taşrif buyurib, ana şunday ezgu işlardan biri – tumandagi Gulzor mahalla fuqarolar yiğini binosi oldida ötkazilgan kökalamzorlaştiriş işlarida iştirok etdi. Vazir örinbosari uşbu xayrli tadbirda arça köçatlarini, daraxtlar nihollarini ekib, kökalamzorlaştiriş işlariga öz hissasini qöşdi. Qolaversa, mazkur tadbirda tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Alişer Yöldoşev hamda bölim boşliğining birinçi örinbosari Muqaddas Beknazarovalar ham qatnaşdilar.

Aytiş joizki, yurtimizda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlariga aholida daxldorlik hissini şakllantiriş, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bölgan özaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuçaytiriş, beğaraz yordam, xayr-saxovat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltiriş, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlari yurtimizning yanada obod va fayzli bölişida öziga xos vazifani ötaydi.
Bunday tadbirlar insonlarga mehr-oqibat, odamiylikdan saboq beruvçi bebaho tarbiyaviy ahamiyatga ega hisoblanadi. U özaro mehr-oqibat riştalarini, boğlaydi, ayniqsa, yoşlar qalbida mahalla-köyga, ona-Vatanga muhabbat tuyğularini mustahkamlaydi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶