25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 23:25
Jamiyat 👁 457

Tuman hokimligi xodimlari boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Tuman hokimligi xodimlari boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Joriy yil 12-mart sanasida tuman hokimligining majlislar zalida hokimlik xodimlari boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda korxona boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotidagi aʼzolari Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpogʻiston kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi Kengashi va Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi tuman Kengashi aʼzolari ishtirok etishdi.

Mazkur yigʻilish kotibligiga kasaba uyushma aʼzosi Maʼmurjon Tajiboyevning nomzodi maʼqullandi. Soʻngra yigʻilish kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi.

Hisobot-saylov yigʻilishi kun tartibidagi birinchi masala – Amudaryo tuman hokimlik xodimlari kasaba uyushmasi qoʻmitasining 2015-yil fevralidan 2020-yil fevraligacha boʻlgan davrdagi faoliyati toʻgʻrisidagi masala yuzasidan qoʻmita raisi Maqsud Saʼdullayevning hisoboti tinglandi.

Mazkur hisobot yuzasidan tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Maʼmurjon Temirboyev fikr bildirdi. U oʻz soʻzida oʻtgan 5-yil davomida ishchi-xodimlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, mehnatni muhofaza qilish, xodimlarga barcha sharoitlarni yaratish borasida samarali ishlar qilinganligini aytib oʻtdi. Undan tashqari, shu davr oraligʻida davriy matbuot organlari nashrlariga obuna boʻlinganligi, xodimlarning huquqiy savodini oshirish yuzasidan maʼmuriyat bilan birgalikda tegishli ishlarning amalga oshirilgani, hokimlikdagi har bir xodimning kompyuter bilan taʼminlanganligini taʼkidladi.


Shuningdek, tuman hududidagi fuqarolar yigʻinlarining barchasida kompyuter va zaruriy adabiyotlar yetarli ekanligi, umumxalq bayramlari va boshqa tadbirlarda kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladigan tashkiliy ishlar toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganligi toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Fuqarolar yigʻinlarida faoliyat koʻrsatayotgan masʼullarga har tomonlama gʻamxoʻrliklar qilinganini, mehnat taʼtillarining vaqtida berilgani, taʼtilga chiqish oldidan oylik maoshi va taʼtil hamda mukofot pullari, bir yoʻla toʻlanadigan moddiy yordam pullarining vaqtida berib borilganligini alohida eʼtirof etdi.

Hisobot yuzasidan majlis ishtirokchilarining takliflari tinglandi hamda tegishli qaror qabul qilindi.

Shundan soʻng, tuman hokimligi xodimlari kasaba uyushmasi qoʻmitasi aʼzolari hamda raisligiga taklif etilgan nomzodlarni saylash uchun ovoz berish taklif etildi. Kasaba uyushmasi raisi lavozimiga Maqsud Saʼdullayevning nomzodi bir ovozdan maʼqullandi hamda u tuman hokimligi xodimlari kasaba uyushma qoʻmitasining raisi etib saylandi.

Yigʻilish kun tartibidagi navbatdagi Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Amudaryo tuman Kengashi VI konferentsiyasiga delegatlar saylash masalasi koʻrib chiqildi. Ushbu masala yuzasidan belgilangan meʼyorga muvofiq konferentsiyaga 17 nafar delegatning nomzodi ovoz berish orqali tasdiqlandi hamda nomzodi koʻrsatilgan 17 nafar kasaba uyushma aʼzolari delegat etib saylandi.

Yigʻilishda soʻzga chiqqanlar yangidan saylangan kasaba uyushma qoʻmitasiga mehnat qonunlariga rioya qilish, maʼmuriyat bilan birgalikda ishchi-xodimlarni sogʻlomlashtirish, ularning ijtimoiy muhofazasini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratish kerakligini taʼkidlashdi. Shu qatorda kasaba uyushma aʼzolarining madaniy tadbirlarda qatnashishini yaxshilash, madaniy-ommaviy, sport musobaqalari oʻtkazish, ularni sayohatga olib chiqish, xodimlarning dam olishlarini tashkil etish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish lozimligi qayd etib oʻtildi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026