21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 15:22
Jamiyat 👁 2,873

OBOD MANZILLARDA SOFLOM FARZANDLAR DUNYoGA KELADI

  OBOD MANZILLARDA SOFLOM FARZANDLAR DUNYoGA KELADI

Xalqimizda azaldan tozalik va ozodalikka, poklikka katta ahamiyat berilgan. Ota-bobolarimiz qadimdan hovli va uy-joylarni, mahalla va guzarlarni orasta saqlab, obodlikni kundalik turmush tarziga aylantirishgan. Shu maqsadda hasharlar, obodonlashtirish tadbirlari oʻtkazilgan.

Bu asriy anʼanalar istiqlol yillarida yanada keng quloch yozib, koʻngillar obodligi hovli va koʻchalar, mahallalar, shahar va qishloqlar obodligida oʻz aksini topmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirigʻi bilan tuman markazlari va mahallalarda namunaviy koʻchalar tashkil qilish boʻyicha vazifalar belgilanib, namunaviy holatga keltiriladigan koʻchalarga qoʻyiladigan asosiy talablar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Quyida ushbu talab va tavsiyalarni Sizning eʼtiboringizga havola qilmoqdamiz. Ishonamizki, nafaqat tuman markazidagi, balki har bir ovul va mahallada yashovchi yurtdoshlarimiz ushbu tavsiyalarga amal qilib, mazkur talablar asosida koʻcha va hovlilarini, xonadonlarini obod qilishga kirishadilar.

Zero, obod manzillarda farovon turmush hukm suradi, sogʻlom farzandlar dunyoga keladi.

1. Namunaviy koʻchaning umumiy koʻrinishiga asosiy talablar

Koʻchalarga talablar

Koʻcha nomi yozilgan koʻrsatkichlar (tablichka), elektr chiroqlari bilan yoritilgan, mahallalarga kirish joyida mahallalarga oid qisqacha maʼlumot koʻrsatkichi osilgan boʻlishi.

Koʻcha yoʻllariga talablar

Koʻchaning yoʻllari tekis, shagʻal yoki boshqa turdagi qattiq qoplamalar yotqizilgan, yoʻl chetidagi bordyurlar tartibli joylashtirilgan, koʻcha yuzida joylashgan barcha korxona, muassasalar hududi hamda atrofi obodonlashtirilgan boʻlishi.

Koʻchadagi ariqlarga talablar

Ariqlar qazilgan, yogʻingarchilik suvlari chiqib ketishi uchun qulay, tozalangan boʻlishi.

Xonadonlarning joylashuvi

Hovli va xonadonlarning devorlari va fasad qismi oqlangan, darvoza, deraza va panjaralar boʻyalgan va koʻcha tomon tashqi hududi supurilgan, suv sepilgan, toza va orasta boʻlishi.

Daraxt va koʻchatlar

Koʻchadagi daraxtlar dekorativ tartibga keltirilgan, hovlilarning koʻcha tomonida daraxtlar, gullar ekilgan boʻlishi, koʻcha hududidagi yerlar obodonlashtirilgan boʻlishi.

Jamoat tartibi

Koʻcha hududida daydi itlar boʻlmasligi kerak. Agar daydi itlar paydo boʻlsa aholi tomonidan obodonlashtirish boʻlimiga oʻz vaqtida xabar berilishi lozim.

2. Namunaviy koʻchalardagi aholi xonadonlariga asosiy talablar

Hovli va tomorqaga talablar

Hovlining ichki hududi toza, saranjom boʻlishi, supurib, mavsumni eʼtiborga olgan holda suv sepilgan boʻlishi, yoʻlaklar beton yoki gʻisht bilan qoplangan, xonalar tartibli qurilishi, ekin ekiladigan tomorqa mevali va manzarali daraxtlar hamda qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilgan boʻlishi kerak.

Xonadonning tashqi fasadi va tozaligiga talablar

Xonadon va undagi xonalarning fasad qismi oqlangan, darvozasi boʻyalgan va imkoni boʻlsa uy raqami bitilgan tablichka osilgan boʻlishi kerak.

Oshxonaga talablar

Oshxonaning atrofi oʻralgan boʻlib, tom qismi yopilgan, eshik va derazalar oʻrnatilgan boʻlishi, xonada sunʼiy yoritkichlar oʻrnatilishi, tandir va oʻchoqlarda hosil boʻlgan gaz va tutunlarni chiqarish uchun binoning tom qismidan 2m. balandlikda chiqib turuvchi quvur oʻrnatilishi, mahsulotlarni vaqtinchalik saqlash uchun oshxonada stol oʻrnatilishi, taom tayyorlash maqsadida ishlatiladigan ichimlik suvini saqlash uchun qopqoqli idishlar boʻlishi; shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish uchun qoʻl yuvgich oʻrnatilishi va sovun-sochiq bilan taʼminlanishi; oshxonada kundalik tozalash ishlarining olib borilishi uchun tegishli anjomlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.

Hammomga talablar

Yuvinish xonalaridan iborat boʻlib, ichki devori 1,8m balandlikda kafellangan yoki moyli boʻyoq bilan boʻyalgan boʻlishi, sunʼiy yoritish moslamasi namlikdan himoyalangan boʻlishi, havo almashini uchun fortochka oʻrnatilishi, issiq va sovuq suv bilan taʼminlanishi, choʻmilish, kir yuvish jarayonlarida hosil boʻlgan magʻzava va oqova suvlar uchun maxsus gidroizolyatsiyalangan oʻra tashkil etilishi kerak.

Yozgi dushga talablar

Yozgi dushning atrofi oʻralgan boʻlishi, suv bilan taʼminlash uchun dush ustiga suv sigʻimi oʻrnatilishi, hosil boʻladigan oqova suvlar uchun 2-3m. uzoqlikda maxsus oʻra tashkil qilinishi, kiyim ilgich va yuvinish vositalarini qoʻyish uchun sharoit yaratilgan boʻlishi kerak.

Xonadondagi hojatxonalarga talablar

Yashash xonalaridan 12m.dan kam boʻlmagan masofada, hojatxonani tozalash uchun maxsus tozalash transportining kirib-chiqish imkoniyati koʻzda tutilgan holda qurilishi, balandligi 2,5-3m., maydoni 3m2dan (1,5x2,0) kam boʻlmagan, qattiq qurilish materialidan qurilgan, tomi yopilgan, tabiiy yoritish uchun deraza va elektr yoritkich oʻrnatilgan boʻlishi, havo almashinuvi uchun 20x30 sm. oʻlchamli fortochka oʻrnatilishi, oʻraning chuqurligi (yer osti suvlarini hisobga olgan xolda) 2,0 m.dan kam boʻlmasligi, oʻra oʻlchami diametri 1 metrli beton quvur (lyuftklozet) yoki devorlari va tubi beton bilan qoplangan yoki gidroizolyatsiyalangan boʻlishi, xona yonida qoʻl yuvgich oʻrnatilishi zarur.

Molxonaga talablar

Molxona binosi yashash xonalari va oshxonadan uzoqroqda, alohida qurilishi, molxonada tabiiy yorugʻlik va havo almashinuvi boʻlishi uchun deraza oʻrnatilishi, devori suvalib oqlangan, poli beton, pishiq gʻisht yoki yogʻochdan ishlangan, tekis, tozalash uchun qulay va nishab boʻlishi, tashqaridan daydi it va yovvoyi hayvonlar kirishining oldini olish maqsadida mustahkam himoyalangan boʻlishi, quruq turishi, atrof-muhitga hid chiqmasligi uchun kuniga kamida bir marotaba tozalab turilishi, goʻnglarni vaqtinchalik toʻplash va keyinchalik undan mahalliy oʻgʻit sifatida maqsadli foydalanish uchun moʻljallangan joylarni tashkil etish kerak.

Tovuqxonalarga talablar

Tovuqxonalar yashash xonalari va oshxonadan uzoqroq boʻlgan joyda joylashtirilishi, eshigi zich yopiladigan, devorlari tekis suvalgan, oqlangan, shamollatish uchun deraza yoki tuynuk tashkil etilgan boʻlishi, katakning tag qismi tozalash uchun qulay va tekis boʻlishi, tovuqlarni oziqlantirish uchun qulay osma oxurchalar oʻrnatilishi, tovuqxonalar devorlari oqlab turilishi hamda bit va kanalarga qarshi ishlov berilishi, hosil boʻlgan tovuq goʻngini muntazam ravishda tozalab turilishi va maxsus oʻraga koʻmilishi talab etiladi.

It va mushuklarni saqlashga talablar

Hovlilarda itlarni faqat bogʻlangan holda saqlash, atrofi oʻralgan maxsus joylarda sayr qildirilishi, itlarni sotib olinganda va boshqa joyga koʻchganda ularning veterinariya boʻlimlarida roʻyxatdan oʻtkazilishi, it va mushuklarni egalari har yili roʻyxatga olish guvohnomasi bilan davlat veterinariya hizmatiga (veterinariya boʻlimlari, veterinariya uchastkalari) emlatish uchun olib kelishlari shart.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026