25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 23:25
Jamiyat 👁 600

Yuridik va jismoniy shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatishda bir qator normavtiv-huquqiy xujjatlar qabul qilindi

Yuridik va jismoniy shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatishda bir qator normavtiv-huquqiy xujjatlar qabul qilindi

Yuridik va jismoniy shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatishda bir qator normavtiv-huquqiy xujjatlar qabul qilingan. Bunday hujjatlar sirasiga yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulk obʼektlariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini belgilab beruvchi normativ xujjat boʻlgan Oʻzbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2018-yil 29-dekabrdagi “Koʻchmas mulk obʼektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1060-sonli qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorning 1-ilovasi bilan “Koʻchmas mulk obʼektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomi tasdiqlangan. Ushbu Nizom yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulk obʼektlariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.

Nizom talablari foydali qazilmalar qazib olish bilan bogʻliq boʻlgan yer qaʼriga joriy etilmaydi.

Koʻchmas mulk obʼektlariga boʻlgan huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.

Yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqi ushbu huquqlar mazkur Nizomga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin kuchga kiradi.

Koʻchmas mulk obʼekti mulkdorlari yoxud ushbu obʼekt boʻyicha ashyoviy huquqlar egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari koʻchmas mulk obʼektiga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaxsga oʻtgan, cheklangan yoki bekor boʻlgan yoki koʻchmas mulk obʼektining huquqiy holati oʻzgargan kundan boshlab, bir oy muddatda Nizomda koʻrsatilgan huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda koʻchmas mulk obʼektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali, garov xati rasmiylashtirilganda va ipoteka shartnomasi roʻyxatdan oʻtkazilganda esa — koʻchmas mulk obʼektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga murojaat qilishlari shart.

Arizada koʻchmas mulk obʼektining turi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan huquq, unga kadastr yigʻmajildi tayyorlangan yoki qayta rasmiylashtirilgan koʻchmas mulk obʼektining nomi va u tayyorlangan sana (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi. Ariza bilan birga koʻchmas mulk obʼektiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun yigʻim toʻlanganligi haqida hujjat taqdim etiladi.

Markaz ariza toʻldirilgandan keyin bir soat mobaynida uni koʻchmas mulk obʼektiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradigan organga yuboradi.

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi koʻchmas mulk obʼektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda:

arizani va ushbu koʻchmas mulk obʼektiga kadastr hujjatlarini oʻrganadi, ularni Reyestrda mavjud axborot bilan taqqoslaydi;

koʻchmas mulk obʼektiga boʻlgan huquqlar hamda koʻchmas mulk obʼektiga boʻlgan boshqa ashyoviy huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos mavjudligini, uning yuridik yoki jismoniy shaxsga oʻtkazilishining qonuniyligini aniqlaydi;

umumiy ulushli mulk huquqi ishtirokchilarining sonini va tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, ularning ulushlarini aniqlaydi;

huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi uchun toʻsqinlik qiladigan omillarni, bu koʻchmas mulk obʼekti huquqning boshqa shaxslarga oʻtkazilishi uchun toʻsqinlik qiluvchi garovga qoʻyilganligi va huquqni cheklash borligini aniqlaydi;

boshqa shaxslardan aynan shu koʻchmas mulk obʼekti boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ariza bor yoki yoʻqligini Reyestrdan aniqlaydi.

koʻchmas mulk obʼekti bilan bogʻliq bitim notarial tartibda tasdiqlanmasdan taqdim etilganda, mulkdor va xaridorning shaxsini aniqlashtirish uchun qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilish huquqiga ega.

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni hujjatlar kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki ish kuni davomida davlat roʻyxatidan oʻtkazadi. Agar, taqdim etilgan hujjatlarda texnik tusdagi ahamiyatsiz kamchiliklar va ularni bartaraf etish imkoniyati bor boʻlsa yoki qoʻshimcha hujjatlar talab qilinsa, roʻyxatdan oʻtkazuvchi roʻyxatdan oʻtkazishni uch kungacha toʻxtatib turish toʻgʻrisida bir kun mobaynida qaror qabul qiladi va qarorni Markazga yoki tegishli tashkilotga yuboradi.

Markaz yoki tegishli tashkilot davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organdan koʻchmas mulk obʼektiga boʻlgan huquqni roʻyxatdan oʻtkazishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni olgandan keyin yuridik yoki jismoniy shaxsni bir soat mobaynida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda hujjatlarni taqdim etish haqida xabardor qiladi.

Hujjatlar koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgan holda taqdim etilganda, koʻchmas mulk obʼektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.

Tuzatilgan hujjatlarni koʻrib chiqishda huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilganligi haqida xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha koʻchmas mulk obʼektiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, vakolatli organlar tomonidan koʻchmas mulk obʼektiga taqiq yoki xatlov qoʻyilgan holatlar bundan mustasno.

Agar, xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklar xabar berilgan paytdan boshlab uch ish kuni mobaynida bartaraf etilmagan boʻlsa, davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ ikki ish kuni mobaynida koʻchmas mulk obʼektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va bu haqda markazni yoki tegishli tashkilotni yozma ravishda xabardor qiladi.

Koʻchmas mulk obʼektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:

davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ushbu koʻchmas mulk obʼektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;

vakolatli organ tomonidan koʻchmas mulk obʼektiga taqiq yoki xatlov qoʻyilganligi;

taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri, qarama-qarshi yoki buzilgan maʼlumotlar topilishi;

kadastr yigʻmajildining yoʻqligi;

davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qoʻyilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi;

roʻyxatdan oʻtkazuvchi tomonidan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻxtatib turilgan hollarda, taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklarning uch ish kuni mobaynida bartaraf etilmasligi;

yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi;

huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi.

Koʻchmas mulk obʼektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni boshqa asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, ariza ilovalari bilan birga u kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ rahbarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron xat koʻrinishda Markazga yoki tegishli tashkilotga yuridik yoki jismoniy shaxsga qaytarish uchun yuboriladi. Xatda huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishning aniq sabablari va taqdim etilgan hujjatlarda topilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar koʻrsatiladi.

 

Tursunboyev Akmal Xayrulla oʻgʻli, Tuman Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026