25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 23:24
Jamiyat 👁 396

“ISTEʼDOD ShOU” TELETANLOVINING HUDUDIY BOSQIChI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

“ISTEʼDOD ShOU” TELETANLOVINING HUDUDIY BOSQIChI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

Isteʼdodli yoshlar koʻp. Lekin ularning oʻz qobiliyatlarini amalda namoyon etishlari uchun yetarli sharoit yaratib berilmasa, bu isteʼdod gʻunchalari avaylab-asralib, ragʻbat koʻrsatilmasa, xuddi quyosh nurini his etmagan navnihol kabi unib-oʻsmaydi, balki soʻlib qoladi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning butun mazmun-mohiyati yosh isteʼdod egalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, isteʼdodlarini kamol toptirishga qaratilgani bilan yoshlar hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Butun mamlakatimizda, shu jumladan tumanimizda ham 5 ta muhim tashabbus doirasida olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar yosh isteʼdod egalarini kashf etish imkonini bermoqda. Shu bilan birga ularning  boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlarida alohida oʻrin tutmoqda.

Tuman Madaniyat boʻlimi, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi hamda Amudaryo televideniyesi tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan “Isteʼdod shou” teletanlovi ham nafaqat yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, balki ularni sanʼat maskanlariga jalb etish orqali oʻz qobiliyatlarini omma oldida namoyish etish imkonini bermoqda. Mazkur teletanlovni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad ham yosh isteʼdod gʻunchalarini avaylab-asrash, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish, yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik tuygʻularini madh etuvchi kuy va qoʻshiqlari, raqslari orqali xalqimizga tanilishi, oʻz ijrolarini katta sahnalarda namoyish etishlari uchun koʻmaklashishdan iborat.

Teletanlovni oʻtkazish boʻyicha tashkilotchilar tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, Nizom tasdiqlandi. Unga koʻra, beshta muhim tashabbusning asosiy yoʻnalishlaridan biri – yoshlarni sanʼat maskanlariga keng jalb qilgan holda ularning oʻzlari qiziqqan yoʻnalishlar boʻyicha egallagan koʻnikma va mahoratlarini omma oldida namoyon etishlari hamda ushbu jarayonda alohida iqtidor egalarini tanlab olib, ragʻbatlantirishga, Amudaryo televideniyesi orqali chiqishlarini namoyish etishga eʼtibor qaratildi.

Joriy yilning 10-mart sanasida Choykoʻl Madaniyat markazi binosida “Isteʼdod shou” teletanlovning hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda 7-, 22-, 26-, 28-, 32-, 33-, 42-, 59-sonli umumtaʼlim maktablarining yosh isteʼdod egalari ishtirok etdilar. Tuman Madaniyat boʻlimining tashabbusi bilan sanʼat sohasining turli yoʻnalishlari boʻyicha hududlardagi madaniyat markazlari toʻgaraklarida shugʻullanayotgan tumanimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarining 7 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan yosh iqtidor egalari jalb etilib, teletanlovning tuman bosqichiga eng iqtidorli yoshlar tanlab olindi. Teletanlov Nizomiga muvofiq yoshlarning chiqishlari, ijro mahoratlari tuman Madaniyat markazi badiiy rahbari M.Ibragimov, Madaniyat markazi toʻgarak rahbari Z.Fayzullayev va markaz mutaxassisi M.Ibragimovlar tomonidan shaffoflik asosida baholab borildi. Unga koʻra, sozandalik yoʻnalishida 42-sonli maktab oʻquvchisi Behruz Shukurullayev, suxandonlik yoʻnalishida yana shu maktab oʻquvchisi Qunduzoy Qodirova, raqs yoʻnalishida 28-sonli maktabning raqs jamoasi, aktyorlik yoʻnalishida 26-sonli maktab oʻquvchisi Rahmatjon Ismoilov, 33-sonli maktab oʻquvchisi Xosiyatxon Safarboyevalar “Isteʼdod shou” teletanlovining hududiy bosqichi gʻoliblari boʻlishdi va teletanlovning tuman bosqichiga yoʻllanma  oldilar.

Shuningdek, 20-mart sanasida “Isteʼdod shou” teletanlovining Qipchoq hududiy bosqichi ham oʻtkazildi. Qipchoq shaharchasi, Qangli ovuli hamda Uyshin mahalla fuqarolar yigʻinlari hududidagi 11-, 18-, 24-, 29-, 39-, 47-, 65-, 67-, 69-, 75-sonli umumtaʼlim maktablarining yosh isteʼdod egalari ishtirok etgan  teletanlovda Qipchoq hududidagi eng iqtidorli yoshlar tanlov gʻoliblari boʻlishdi. Tanlovda shaffoflik va adolat tamoyillariga amal qilinishida Anvar Xudoyberganov, Murod Ibragimov va Qunduzoy Eshchanovalardan iborat hakamlar hayʼati aʼzolarining hissasi katta boʻldi. Hakamlar hayʼati xulosasiga koʻra, sozandalik yoʻnalishida Jamshid Ollayorov va Diyora Joʻlliboyeva, estrada qoʻshiqchiligi yoʻnalishida Otabek Hasanov, suxandonlik yoʻnalishida Lobar Norboyeva, raqs yoʻnalishida 47-sonli maktabning “Barchinoylar” raqs jamoasi va shu maktabning 10-sinf oʻquvchilari raqs dastasi hamda tsirk sanʼati yoʻnalishida Fozilbek Qoʻshmonovlar gʻolib deb topildilar hamda “Isteʼdod shou” teletanlovining tuman bosqichiga yoʻllanma oldilar.

Oʻsib kelayotgan yosh avlodning iqtidorlarini namoyon etishlariga koʻmaklashish Vatanga muhabbat, maʼnaviy-maʼrifiy qadriyatlarimizga hurmat-ehtirom ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Isteʼdod shou” teletanlovi Nizomiga  muvofiq tanlovning hududiy bosqichlari mamlakatimizdagi koronavirus epidemiyasi bilan bogʻliq vaziyat barqarorlashgach, yana davom ettiriladi va albatta, tanlovning tuman bosqichi sanitariya-osoyishtalik, sogʻlom hayot tarzi bilan shod-u xurramlikda oʻtkaziladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026