FAVQULODDA VAZIYaTLAP BÖLIMI XODIMLAPI XALQ SALOMATLIGI UÇUN HAP KUNI IŞDA, SIZ ESA UYDA QOLIB ÖZ-ÖZINGIZNI, YaQINLAPINGIZNI ASPANG!
Insoniyat tarixida biri-biridan ayançli oqibatlari bilan iz qoldirgan baloi-ofatlar köp kuzatilgan. Uruşlar, davlatlararo nizolar, qalblarni larzaga soluvçi tabiiy ofatlar yer yuzi xalqlari boşiga mislsiz kulfatlar yoğdirganini bilamiz. Lekin epidemik ofatlar aynan bir nuqtada boşlanib, uruş yoki tabiiy ofat kabi öşa hududni zararlab qolmaydi, balki qölsiz, oyoqsiz, şovqin-suronsiz, heç qanday şarpasiz manzil va makon tanlamay, insoniyatga beadad xavf-xatar tuğdirişi bilan ajralib turadi. Koronavirus pandemiyasi insoniyat uçun ana şunday xavfli “duşman”dir.
Yer yuzi aholisi bu kabi “duşman” bilan har yuz yilda bir bora duç kelayotganiga tarix guvoh, xususan, 1720-yilda – çumo (ölat), 1820-yilda – xolera (vabo), 1920-yilda – ispan grippi insoniyat boşiga katta kulfatlar solgan bölsa, 2020-yilda – koronavirus (COVID-19) pandemiyaga aylanib ulgurdi va 2020-yilning 30-mart sanasigaça koronavirus pandemiyasi kirib borgan jami davlatlardan 33000 nafar kişi uşbu virusni yuqtirib oliş oqibatida vafot etdi. Mamlakatimizda ham virusni yuqtirib olgan bemorlar soni ortib bormoqda. Bundan mustasno tarzda kasallikka çalinganlar orasidan soğayayotganlar ham qayd etilmoqda.
Virus tarqalişining oldini oliş uçun kundan-kunga çoralar qatʼiylaştirilmoqda. 24-mart kuni Toşkent şahrini viloyatlar bilan boğlovçi barça postlar yopildi. Keyinçalik Samarqand, Buxoro, Navoiy va Zarafşon şaharlari ham transport harakati uçun yopildi. Bundan avval vodiy viloyatlari va Guliston şahri ham transport yölaklarini yopgan edi. 30-martdan eʼtiboran esa bir viloyatdan ikkinçi viloyatga ötiş, şuningdek, Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyat markazlariga avtotransport vositalari kiriş-çiqişi batamom töxtatilib, faqat belgilangan turdagi avtomobillar davlatning maxsus stikeri bilan harakatlanişiga ruxsat berildi. Töy-tantanalar, oilaviy marosimlarni ötkaziş vaqtinça töxtatildi. Hatto dafn marosimlarini ötkazişda faqat oila aʼzolari, tuğişgan qarindoşlargina iştirok etişi diniy idoralar tomonidan belgilab qöyildi.
Ana şunday şaroitda yurtdoşlarimizning karantin qonun-qoidalariga qatʼiy amal qilişi talab etiladi va bu talab öz navbatida xalqimizning salomatligini, tinç-osoyiştaligini taʼminlaydi.



Şularni inobatga olgan holda tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimlari tomonidan qarantin qoidalariga amal qiliş, tumanimiz aholisi sanitariya-osoyiştaligini taʼminlaşga qaratilgan keng miqyosli tadbirlar amalga oşirilmoqda. Xususan, bölim xodimlari aholi ziç yaşaydigan mahallalarda, oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvçi dökonlarda, “Manğit dehqon bozori” hududida koronavirus infektsiyasidan saqlaniş yuzasidan tarğibot-taşviqot işlarini olib boriş bilan birga, oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qiliş uçun kelgan fuqarolarga koronavirus pandemiyasi va undan saqlaniş böyiça tavsiyalardan iborat bukletlar tarqatişmoqda.
Koronavirus infektsiyasi tarqalib ketişining oldini oliş böyiça tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi va Sanitariya epidemiologiya osoyiştalik markazi xodimlari hamkorlikda Isuzu ATs-50 yonğin öçiriş avtomobilida “Manğit dehqon bozori” va tumandagi barça jamoat transportlarida 47 ta, “Amudaryotrans”ga qaraşli 42 ta, jami 156 ta jamoat avtotransportlarida har 4 soatda dezinfektsiya işlari ötkazilmoqda. “Manğit dehqon bozori” hududidagi 1000 kvadrat metr maydonga, bozor hududidagi savdo majmualarida esa 550 kvadrat metr maydonga, tuman markaziy avtoturargohi hududida 90 kvadrat metr maydonga, şuningdek, tuman Bandlikka kömaklaşiş, Agrobank hamda tuman FVB binolari va bozor atrofidagi köçalarga, tuman Xalq taʼlimi bölimi binosi, 87 ta maktab va maktabgaça taʼlim muassasalari. oila va mahallani qöllab-quvvatlaş markazi binolarida profilaktik dezinfektsiya işlari muntazam ravişda olib borilmoqda.


Butun dunyo xalqlari, xususan, mamlakatimiz va tumanimiz aholisi ham sinovli kunlarni boşdan keçirmoqda. Ana şunday sinovli damlarda fuqarolarimizdan zarur bölmagan holatda köçaga çiqmasliklarini, oraliq masofani saqlagan holatda sözlaşişni, kundalik hayotda oddiy tozalik qoidalariga rioya qilişlarini sörab qolamiz.
Qator soha xodimlarining “Xalq salomatligini öylab, biz işda qoldik, öz salomatligingizni öylab, siz uyda qoling!” degan şiorga amal qilgan holda fuqarolarimizni öylab, işda qolib qilayotgan fidoyi mehnatlarini qadrlaylik.
B.TAJIBOYeV, tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi FVDT va FM
faoliyatini taşkil etiş xavfsizlik bölinmasi boşliği, katta leytenant.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶