INŞOLAR TANLOVI YaKUNLANDI
Şu yilning fevral oyida “Taraqqiyot közgusi” gazetasida umumtaʼlim maktablari öquvçilari orasida “Navröz umumxalq bayrami” mavzusida inşolar tanlovi ötkazilişi eʼlon qilingan edi. Tumanimiz maktablariga gazetaning har bir soni muntazam ravişda yetkazib berilayotganliginiga qaramasdan çekka hududlardagi maktablarning birontasidan tanlovga inşo yuborilmaganligi bizni hayratga soldi. Mazkur maktablarda darslar davomida inşolar qay tarzda yozilayotganligi bizga nomaʼlum, biroq tanlov töğrisida xabardor bölgan öqituvçilarning öquvçilarini iqtidorini sinab körişga jalb qilmasligi qanday baholanadi, bilmadik. Qolaversa, tanlovda qatnaşiş ixtiyoriydir.
Tanlovda qatnaşiş istagini bildirib, bizga özlarining mazkur mavzudagi inşolarini jönatgan maktab öquvçilariga özlarimizning minnatdorçiligimizni bildiramiz. 40-sonli maktabning 8-sinf öquvçisi Dilnoza Bozorboyeva, 38-sonli maktabning 8-sinf öquvçilari Asaloy Şoniyozova, Dilorom Rajaboyeva, Gözal Ozodova, 10-sinf öquvçisi Nigora Yerdoşevalarning inşolarini juda yaxşi yozilgan deb qabul qildik.
Til va adabiyot fani öqituvçilari yaxşi bilişadi, inşo yozişda oldindan reja tuziş ijod qilişda asosiy rol öynaydi. Yaxşi reja tuzib, şu reja asosida mavzuni yoritib beriş nur ustiga aʼlo nur bölişi tabiiy. Bizga öz inşolarini yozib jönatgan Dilorom Rajabova, Gözal Ozodova, Asaloy Şoniyozovalar biz eʼlon qilganimizdan boşqa, yaʼni “Navröz – bahor bayrami” mavzusini tanlaşgan. Holbuki, Navröz umumxalq bayrami ekanligiga köproq urğu berilişi kerak edi. Reja yöq, bölsa ham qoralama qoğozda qolib ketgan bölişi mumkin.
Dilorom öz inşosida kiriş qismini juda yaxşi boşlagan, quşlarning uçib kelişi, bahorda bayramlarning köpligi, milliy liboslar haqida çiroyli tasvirlar keltirgan. Inşo ixçam xulosa bilan yakunlangan.
Gözal öz inşosida tabiat öyğonişi, dehqonlarning dalada iş boşlaşi, bolalar öyini, bayram munosabati bilan sumalak pişilişi, keksalarga hurmat körsatilişi, yaxşi bayram kayfiyati, bularning barçasidan örinli xulosa çiqarib inşoni yakunlaşi bilan boşqalardan ajralib turadi.
Asaloy yozgan inşoning rejasi yöq, mavzu boşqa va juda qisqa tarzda yozilgani bilan u özining kelajakda ravon yoza oladigan qalamkaş bölişini körsatib turibdi.
40-sonli maktabning 8-sinf öquvçisi Dilnoza Bozorboyeva inşo mavzusini töğri tanlab, belgili reja asosida ijod qilgan. Uning, ayniqsa, milliy, tarixiy taom sumalak haqidagi bilimlari tahsinga loyiq. “Bir kuni bir ayol – deb yozadi u öz inşosida – farzandlariga nima ovqat qilib berişni bilmay qozondagi iliq suvga buğdoy solib qöydi. Tunda fariştalar kelib buğdoyni pişirib ketibdilar. Şunday qilib hozirgi kunda maʼlum va maşhur sumalak paydo böladi”.
Dilnozaning kelajakdagi ijodiy işlarida barkamollik tilaymiz.
38-sonli maktabning 10-sinf öquvçisi Nigora Yerdoşevaning ijod mahsuli bölmiş inşosida Navröz nima uçun umumxalq bayrami ekanligi aniq dalillar bilan bayon qilib berilgan. U öz inşosiga “Milliy urf-odat va anʼanalarimiz”, “Sumalak bahoriy taom”, “Navröz – yangilaniş va yaşariş bayramidir” şaklidagi iş rejasini tuzib şu asosda matn tayyorlagan. Inşo orqali u milliy urf-odatlarimizni yaxşi bilişi, bahorning kelişi, tabiat uyğonişi, yurtdoşlarimiz içki dunyosini dildan his qilişi bilan boşqalardan ajralib turadi. Qolaversa, husnixat bobida ham öz tengqurlari orasida tengsiz ekanligi yaqqol sezilib turibdi.
Ijodiy kengaş aʼzolari Nigora Yerdoşevaning yozgan inşosiga yuqori baho berdilar. U mazkur inşo tanlovining ğolibasi deb tan olindi.
“Jayxun ilhomlari” notijorat nodavlat taşkiloti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶