25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 21:55
Jamiyat 👁 671

AHOLI UChUN KOʻChMA SAVDO YaRMARKALARI TAShKIL ETILMOQDA

AHOLI UChUN KOʻChMA SAVDO YaRMARKALARI TAShKIL ETILMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha maxsus komissiyaning 2020-yil 3-apreldagi yigʻilishi bayoniga koʻra, “Karantin  sharoitida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz va qulay sharoitda taʼminlashning vaqtinchalik tartibi”da belgilangan vazifalar tuman Prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan holda amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilning 4-aprel sanasidan boshlab, tumanimizning olis qishloq va ovullarida, mahallalarida istiqomat qilayotgan aholi uchun asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek boshqa kundalik ehtiyoj mollari, dori-darmon va antiseptik tibbiyot vositalari bilan savdo qiluvchi koʻchma savdo yarmarkalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Ana shunday koʻchma savdo yarmarkalari 4-aprelda Jumurtov shaharchasida, 6-aprel sanasida esa Doʻrman OFYda tashkil etilgan edi. Amir Temur nomli ovul fuqarolar yigʻini aholisi ham koʻchma savdo yarmarkasi faoliyatidan bahramand boʻlishdi. Koʻchma savdo yarmarkasida ovulning 400 nafardan ziyod aholisi ishtirok etishib, oʻzlari uchun zarur boʻlgan mahsulotlarni xarid qildilar. Xususan, yarmarkada aholi 400 kg. kartoshka, 450 kg. piyoz, 300 kg. sabzi, 200 kg. karam, 400 litr paxta yogʻi, 1 tonna un hamda 700 kg. qandolatchilik mahsulotlarini arzon va qulay narxlarda sotib oldilar. Shuningdek, koʻchma savdo yarmarkasida ijtimoiy dorixona faoliyati ham yoʻlga qoʻyildi. Ovul aholisi oʻzlari uchun zarur dori-darmon hamda antiseptik tibbiyot vositalarini xarid qilish imkoniga ega boʻldilar.

Ana shunday koʻchma savdo  yarmarkasi Qangli ovulida ham tashkil etildi. Ovul aholisi asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini arzon va qulay narxlarda xarid qilishlari uchun sharoit yaratib berildi. Un va makaron, qandolatchilik mahsulotlari, kartoshka, piyoz, sabzi, karam  kabi kundalik eng zarur mahsulotlar, shuningdek, koʻchma ijtimoiy dorixona orqali tibbiy buyumlar va antiseptik vositalarni mamnuniyat bilan xarid qilishdi.

Darhaqiqat, el boshiga ish tushganda el-yurt fidoyilari saralanadi. Ular xalqning ogʻiriga yelka tutib, mushkullarini oson qilishga shaylanadilar. Ayni kundagi murakkab vaziyatda xalqimiz hayotiga doir muammolarini hal etish, ularga yelkadosh boʻlish maqsadida kun-u tun beorom yashayotgan soha xodimlarining borligi koʻngillarga xotirjamlik bagʻishlaydi.

Tuman Prokuraturasi, Davlat Soliq inspektsiyasi, ichki ishlar, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi va boshqa muassasa va tashkilotlar xodimlari har kuni ishda, xalq osoyishtaligi, salomatligi va xotirjamligi yoʻlida fidoyilik koʻrsatishmoqda. Tumanimizga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan birdamlik bilan oʻz vazifalarini ado etishmoqda.

Bu borada tuman Prokuraturasi, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining  tuman boʻlimi, shuningdek Davlat Soliq inspektsiyasi hamkorlikda amalga oshirayotgan koʻchma savdo yarmarkalari olis qishloqlarda istiqomat qilayotgan tumanimiz aholisiga qulayliklar yaratib, ularning mushkulini oson, uzogʻini yaqin qilmoqda.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026