21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 20:22
Jamiyat 👁 439

Sudya mantiyasi – davlat hokimiyati ramzi

Sudya mantiyasi – davlat hokimiyati ramzi

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 23-yalpi majlisida Özbekiston Respublikasi sudlarining faoliyatiga, aynan sudya ust-boşiga, yaʼni xizmat kiyimiga oid hujjat körib çiqildi. Xususan, Senat aʼzolari tomonidan Özbekiston Respublikasi sudyalarining maxsus kiyimi – mantiya tavsifi va namunasi tasdiqlandi.

Masalaning tarixiga qisqaça töxtalsak. Bir vaqtlari mantiya dunyoviy kiyinişning zarur tarkibiy qismi bölgan bölsa, bugungi kunda uni faqat sudyalar va ruhoniylar kiyişadi. Yevropada uşbu sud hokimiyati nişonasini XVII asrdayoq qonunlaştirilgan bölsa, MDH davlatlaridan birinçilardan bölib, 1992-yilda Ukraina va Rossiya federatsiyasi maxsus sudya ust-boşini qonun bilan mustahkamlaşdi.

Sudya mantiyasi – sud jarayonining boşqa iştirokçilari va qatnaşuvçilarga qaraganda sudyaning alohida statusi va nufuzidan dalolat beruvçi davlat hokimiyatining ramzidir. “Mantiya odil sudlovning tantavorligi va şarafini sezdirib turadi, – degan edi kanadalik sudya Pol Rasmussen, – yaʼni, sud jiddiy iş bilan band va barça hozir bölganlar özlarini şunga munosib tutişadi”.

Mantiya yoki paliy (pallium enanra – «ust kiyim») qaçonlardir dunyoviy ust-boş, keyinçalik esa ruhoniylarning kiyimiga aylangan. Çerkovning ayrim tarixiy manbalariga köra, u “Xudoning saqlovçi va panoh beruvçi kuçining ramzi” sifatida, ayrim manbalarga köra esa, - yiğilgan, jamlangan farişta qanoatlarini eslatadi” deyilgan. Sönggi davrlarda sudyalarning mantiya kiyişini esa – aynan ular “Ilohiy sudni” yerda amalga oşirişga çaqirilganligi bilan boğlaşgan. Hattoki, hozirda ham dominikan va frantsiskan ruhoniy ordenlarining anʼanaviy ust-boşi va sudyalar mantiyasi orasida ayrim öxşaşliklarni körişimiz mumkin: trapetsiya şaklli biçim, koketkalari borligi, oq yoqa, yenglarining kengligi.

Ğarbiy Yevropa mamlakatlaridan qaysi birining sudyalari birinçilardan bölib, mantiya kiyişgani aniq bölmasa-da, Angliya Sud qoidalari (Judges' Rules)da uşbu anʼana 1635-yilda qayd etilgan. Unga köra qişda, sudya oq jön bilan qora köylak, yozda esa, binafşa rang va töq qizil rang kiyişi kerak edi. Mantiyalar qariyb 1694-yilgaça, yaʼni Britaniyalik Femida xizmatkorlari, 32-yil davomida davlatni boşqargan qiroliça Mariya II ning vafoti munosabati bilan aza tariqasida butunlay qora ust-boşga ötgunlariça rang-barang tusda bölgan.

Aynan konservativ Angliya sudyalari hamjamiyati, bizgaça deyarli özgarmagan holda yetib kelgan sudya ust-boşini kiyiş qoidalarini tubdan yengillaştirişga ham içdan, ham sirtdan bölgan urinişlarni rad qilgan holda, anʼanalarga sodiq qolib kelmoqdalar.

Taxminan öşa vaqtlardan barça sudyalar mantiya kiya boşlagan. Lekin, tarixiy Angliyada bugungi kungaça sudyalar ust-boşining ajralmas qismi sifatida pariklar saqlanib qolgan. Yaqin yillargaça pariklarni mamlakatning barça sudyalari taqqan. 2008-yildan boşlab esa, ularni faqat jinoyat işlarini köruvçi sudyalar taqişga majbur. Fuqarolik va maʼmuriy sud iş yurituvlarini esa, fuqarolarni asossiz qörquvga solmaslik va qonun xizmatkorlarining uluğvorligi bilan vahimaga solmaslik uçun pariksiz olib borişga ruxsat etilgan.

Aynan öşa 2008-yilda Britaniya mantiyalari manjetlar va yoqalari baxmal bilan işlov berilgan, moviy-kök tus oldi. Sudyalarning iyerarxiyasi oltin, nilufar va kök lentalar bilan ajraladigan böldi.

Germaniyada sudyalar statuslariga qarab – qora va qizil mantiyalar kiyişadi. Sudyalarning iyerarxiyasi qançalik yuqori bölsa – uning ust-boşida qizil rang köproq, kantdan boşlab tugal ust-boşgaça. Federal Konstitutsion sud sudyalari jaboni eslatuvçi oq şarfli oçiq-qizil mantiya kiyişadi. Favqulodda tantanali vaziyatlarda ust-boşga unça baland bölmagan tsilindr şakldagi qizil şapka qöşiladi.

Italiyalik sudyalar favqulodda tantanali vaziyatlarda kundalikli qora mantiyalarini oq yoqali qiziliga almaştirişadi. Bezaklariga tillo yoki kumuş akselbantlardan foydalanişadi. Frantsiyada yaqin kunlargaça sudyalar şapkaça-yermolkalar kiyişgan bölsa, hozirda qöşimçalardan faqat çap yelkadan taşlangan oq şarf qoldi. Ularda ham iyerarxiyasiga qarab, qora yoki qizil rangli mantiya kiyiladi.

Ispaniyada hammasi qatʼiy: qonun xizmatkorlarining qora mantiyalari kökrakka taqilgan davlat gerbi bilan töldirilgan, ajratuvçi belgilardan yuqori sud instantsiyalarida zanjirli medalon bor, xolos.

Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi aʼzolari oçiq kök ipakdan işlov berilgan, yelkasida Yevro ittifoq nişoni bilan bezalgan yorqin mantiya kiyişadi. Körinişni oq tantanali şarf yakunlab turadi. Amerika sud tizimi anʼanalari öz ildizlari bilan Angliya huquqi tarixiga borib taqaladi.

Özbekiston sudyalari uçun sudya mantiyalar şakli AQŞ, Germaniya, Frantsiya, Buyuk britaniya va Rossiya kabi davlatlarning tajribalari asosida işlab çiqildi. Senatorlar ikki xil rangdagi mantiyalarni tasdiqlaşdi. Konstitutsiyaviy sud sudyalari uçun – töq olça rangli va boşqa sud sudyalari uçun töq-kök rangli mantiya tanlandi. Şuningdek, jamlanmaga ipak boğiç va manişka kiritildi.

Bir mantiyani sudya qança vaqt kiyadi? Uni qayerda va qanday tikişadi? Odil sudlovni qanday vaziyatlarda «sudya formasi»siz olib boriş mumkin? Sudya bölmagan odam sudya mantiyasini kiysa nima böladi? Şunday va boşqada barça savollar endi qabul qilinadigan «Özbekiston Respublikasi sudyalari maxsus ust-boşi töğrisida»gi normativ hujjat asosida tartibga solinadi.

Yerkin Uteniyazov, Fuqarolik işlari böyiça tuman sudi raisi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
«INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi ▶ «INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi 20.11.2026 Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi ▶ Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi 20.11.2026 Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda ▶ Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda 18.11.2026 BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026