Umummilliy boyligimiz bölgan yerlarimizdan oqilona foydalanmaslik javobgarlikka olib keladi
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 55-moddasiga köra yer, yer osti boyliklari, suv, ösimlik va hayvonot dunyosi hamda boşqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir. Bu boyliklar davlat muhofazasidadir. Şu sababli ulardan oqilona foydalaniş zarur.
Oxirgi yillarda ayrim fuqarolarimizning xöjasizlarça munosabati oqibatida yer maydonlaridan oqilona va maqsadli foydalanilmayotgan holatlar köpayib ketgani açinarli holat, albatta. Bu borada davlat idoralari tomonidan keskin çoralar körilayotgan bölişiga qaramay, fuqarolar yer bilan boğliq qonunbuziliş holatlariga hamon yöl qöyib kelişmoqda.
Özbekiston Respublikasi Yer kodeksining 40-moddasida yer egasi, yerdan foydalanuvçi, ijaraçi va yer uçastkasi mulkdorining yerdan belgilangan maqsadga muvofiq oqilona foydalaniş, tuproq unumdorligini oşiriş, işlab çiqarişning tabiatni muhofaza qiluvçi texnologiyalarini qöllaş, öz xöjalik faoliyati natijasida hududda ekologik vaziyatning yomonlaşuviga yöl qöymaslik, boşqa yer egalari, yerdan foydalanuvçilar, yer uçastkalari ijaraçilari va mulkdorlarining huquqlarini buzmaslik va boşqa majburiyatlari belgilangan.
Xöş bu majburiyatlarimizga rioya etmagan taqdirimizda Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksida qanday javobgarliklar nazarda tutilgan?
Darhaqiqat, Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksining 60-moddasiga köra yerdan, yer osti boyliklaridan, suvdan, ösimlik yoki hayvonot dunyosidan özboşimçalik bilan foydalaniş yoxud yerga va boşqa tabiiy resurslarga egalik huquqini bevosita yoki yaşirin şaklda buzuvçi bitimlar tuziş yoki boşqa harakatlar sodir etiş, tabiatdan maxsus foydalaniş huquqini boşqalarga beriş holatlari jazo qöllanilişiga sabab böladi. Unga köra bu kabi huquqbuzarlikni sodir qilgan fuqarolarga eng kam iş haqining beş baravaridan ön baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa — ön baravaridan ön beş baravarigaça miqdorda jarima yoki ön beş sutkagaça muddatga maʼmuriy qamoq jazosi qöllaniladi.
Yer uçastkalarini özboşimçalik bilan egallab oliş holati esa fuqarolarga eng kam iş haqining ön baravaridan ön beş baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa yigirma baravaridan öttiz baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki ön beş sutkagaça maʼmuriy qamoqqa olişga sabab böladi. Uşbu moddaning ikkinçi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinçi marta sodir etgan şaxs, agar u özboşimçalik bilan egallangan yer uçastkasining qaytarilişini taʼminlasa hamda özboşimçalik bilan egallab olişning oqibatlarini bartaraf qilsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
Şu kodeks 60(1)-moddasiga binoan, suğoriladigan yerlarni özboşimçalik bilan egallab olişga yöl qöymaslik böyiça yer egasi, yerdan foydalanuvçi yoki ijaraçi tomonidan çoralar körmaslik, — fuqarolarga eng kam iş haqining ön baravaridan ön beş baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa — yigirma baravaridan öttiz baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki ön beş sutkagaça maʼmuriy qamoqqa olişga sabab böladi.
Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 68(1)-moddasiga köra yer uçastkasiga bölgan huquqni röyxatdan ötkaziş uçun öz vaqtida murojaat etmaslik, yaʼni köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkazişni amalga oşiruvçi organga yer uçastkasiga bölgan huquqni röyxatdan ötkaziş uçun öz vaqtida murojaat etmaslik ham huquqbuzarlik sanaladi. Uşbu huquqbuzarlik fuqarolarga eng kam iş haqining bir baravaridan uç baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa — uç baravaridan beş baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Şunday ekan aziz fuqarolar rizq-nasibamiz bölgan har qariç yerga ehtiyotkorona munosabatda bölaylik, yerlarning özboşimçalik bilan egallab olinişiga befarq qarab turmaylik. Yerdan belgilangan maqsadga muvofiq oqilona foydalaniş nafaqat qonuniy burçimiz, balki insoniy burçimiz ekanligini ham unutmaylik!
M.Matyusupov, tuman Adliya bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶