25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 21:54
Jamiyat 👁 475

TADBIRKORLIK SUBʼEKTLARINI IXTIYoRIY TUGATISh TARTIBI QANDAY?

TADBIRKORLIK SUBʼEKTLARINI IXTIYoRIY TUGATISh TARTIBI QANDAY?

Tadbirkorlik subʼektlarini tugatish tartibini soddalashtirish, tugatish jarayonini amalga oshirishda tadbirkorlik subʼektlari uchun asossiz xarajatlar qilishga olib keluvchi ortiqcha maʼmuriy cheklovlarni bekor qilish, biznesni yuritish boʻyicha xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yanada yaxshilash maqsadida 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab quyidagilar bekor qilindi:

moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish boʻyicha doimiy ishlovchi maxsus hududiy komissiyalarni tugatish;

davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yil ichida ustav fondi taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirilmaganligi uchun tadbirkorlik subʼektlarini tugatish tartibini bekor qilish;

davlat organlari oʻrtasida elektron axborot almashinuvini joriy etish orqali tadbirkorlik subʼektlarini tugatish jarayonidagi ortiqcha hujjatlar va tartib-taomillarni qisqartiriladi.

2020-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq Tadbirkorlik subʼektlari — yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatishda:

bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi toʻgʻrisida eʼlonlar berish talab etilmaydi, bunda tegishli maʼlumotlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning rasmiy saytiga joylashtiriladi;

davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan hamda soliq qarzi mavjud boʻlmagan korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati tekshirilmaydi;

davlat soliq xizmati organlari tomonidan oʻtkaziladigan, tugatiladigan korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishning eng uzoq davriyligi 3-yilni tashkil etadi;

Moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun vakolatli davlat organlaridan korxona toʻgʻrisidagi mavjud maʼlumotlarni olish Tadbirkorlik subʼektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali amalga oshiriladi;

korxonani ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida xabardor qilingan kundan boshlab olti oydan oshmasligi kerak.

Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatishda:

korxonani moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan deb hisoblash uchun asos boʻladigan muddat toʻqqiz oyni tashkil etadi;

moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar davlat soliq xizmati organining taqdimnomasiga asosan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan 3-yil muddatga harakatsiz rejimga oʻtkaziladi;

harakatsiz rejimga oʻtkazilgan korxonalar faoliyati 3-yil davomida tiklanmagan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ularni Tadbirkorlik subʼektlarining Yagona davlat reyestridan chiqaradi.

Tizimga ulangan davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan tegishli axborotlarning oʻz vaqtida, toʻliq va ishonchli tarzda kiritilishini taʼminlamaslik davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibini buzish deb hisoblanadi.

Tadbirkorlik subʼektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom talablari tadbirkorlik subektlari-yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar faoliyatini ixtiyoriy tugatishi qoʻllaniladi.

Tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror uning muassislari (qatnashchilari), vakillari yoki vakolatli organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi.

Qarorda quyidagilar koʻrsatiladi:

tugatilayotgan tadbirkorlik subʼekti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (toʻliq va qisqartirilgan nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, pochta manzili);

tugatuvchi haqidagi maʼlumotlar (pasport maʼlumotlari, telefon raqami va elektron pochta manzili);

tugatilayotgan tadbirkorlik subʼekti boʻyicha murojaatlarni qabul qilish joyi va muddati;

tadbirkorlik subʼektini tugatish sababi va moʻljallanayotgan tugatish muddati.

Tugatuvchi tayinlangan vaqtdan boshlab tijorat tashkiloti ishlarini boshqarish boʻyicha barcha vakolatlar unga oʻtadi.

Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyingi ish kunidan kechikmay:

-roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga ― ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini;

-tijorat tashkilotining talab qilib olinadigan asosiy depozit hisobvaragʻiga (keyingi oʻrinlarda asosiy hisobvaragʻi deb ataladi), xizmat koʻrsatuvchi bankka va xorijiy valyutadagi mablagʻlari jamlanadigan bankka:

ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini;

imzolar namunalari va tugatuvchi muhrining bosma izi qoʻyilgan kartochkalarning ikki nusxasini;

-tijorat tashkilotining milliy valyutadagi ikkilamchi depozit hisobvaraqlariga, jamgʻarma depozit hisobvaraqlariga va muddatli depozit hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatuvchi banklarga ― ularni yopish hamda mablagʻlarning mavjud qoldiqlarini uning milliy valyutadagi asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza-topshiriqnomani;

-tijorat tashkilotining xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisobvaraqlari, jamgʻarma depozit va muddatli depozit hisobvaraqlari ochilgan banklarga ― ularni yopish hamda mablagʻlarning mavjud qoldiqlarini uning depozit hisobvaraqlariga, uning milliy valyutadagi asosiy hisobvaragʻi ochilgan joyda ochilgan xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisobvaragʻiga yoki, agar uning asosiy hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatuvchi bank vakolatli bank hisoblanmasa, boshqa vakolatli bankdagi xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisobvaragʻiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza-topshiriqnomani joʻnatadi.

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tugatish toʻgʻrisida qaror tushgandan soʻng bir ish kuni ichida quyidagilarni amalga oshiradi:

tijorat tashkiloti ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlat reyestriga kiritadi hamda bu toʻgʻrisida Tizim orqali quyidagi organlarni xabardor qiladi:

roʻyxatdan oʻtgan joydagi davlat soliq xizmati va statistika organlarini;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) boʻlimini (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi);

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni;

avtotransport vositalari, qishloq xoʻjaligi texnikasi va roʻyxatdan oʻtkaziladigan boshqa texnika vositalarini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarni;

Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligini.

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning rasmiy saytiga (fo.birdarcha.uz) tijorat tashkiloti tugatilayotganligi toʻgʻrisida barcha uchun erkin foydalanish imkoni boʻlgan eʼlon joylashtiradi, eʼlonda quyidagilar koʻrsatiladi:

tijorat tashkilotining toʻliq va qisqartirilgan nomi (shuningdek, tijorat tashkilotining tugatishdan oldingi yil mobaynida oʻzgartirilgan barcha toʻliq va qisqartirilgan nomlari koʻrsatiladi);

tijorat tashkilotining joylashgan joyi (pochta manzili), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

roʻyxatdan oʻtkazilgan sana va roʻyxatdan oʻtkazgan organ toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (nomi va manzili);

ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (sanasi, raqami);

kreditorlarning talablari koʻrsatilgan holdagi murojaatlarni qabul qilish muddati, ushbu muddat koʻrsatib oʻtilgan eʼlon chiqqan vaqtdan boshlab ikki oydan kam boʻlmasligi kerak.

Yuqorida koʻrsatilgan organlar tegishli xabarnoma tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida oʻzlarining maʼlumotlar bazasida tijorat tashkiloti toʻgʻrisida mavjud boʻlgan maʼlumotlarni Tizim orqali taqdim etadi.

Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin:

- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tijorat tashkiloti xodimlari bilan mehnatga oid huquqiy munosabatlarni toʻxtatish chora-tadbirlarini koʻradi;

- tijorat tashkilotining aktivlari va majburiyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xatlovdan oʻtkazadi, shu jumladan tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari reyestrini tuzadi;

- yil boshidan boshlab roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida xabardor qilingan sanagacha boʻlgan davrda tijorat tashkiloti tomonidan toʻlanadigan barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblarni tuzadi;

-tijorat tashkilotining debitorlik qarzlarini olish, shuningdek, tasdiqnoma olgan holda (qabul qilib olingan sanasi toʻgʻrisidagi belgi, pochta kvitantsiyasi, yozma yoki elektron xabar va shu kabilar) kreditorlarni aniqlash va tijorat tashkilotining tugatilishi toʻgʻrisida ularni yozma ravishda xabardor qilish chora-tadbirlarini koʻradi.

Tugatuvchi:

kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallangandan, shuningdek, tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari amalda ijro etilgandan keyin;

soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, moliyaviy jarimalar summasi, shu jumladan, tekshirishlar yakunlari boʻyicha hisoblangan summalar toʻlangandan keyin;

tijorat tashkilotining mol-mulki mulkka egalik qilish yuzasidan buyumlar boʻyicha huquqlarga yoki ushbu tijorat tashkilotiga nisbatan majburiyatlar boʻyicha huquqlarga ega boʻlgan muassislar (qatnashchilar) oʻrtasida taqsimlangandan keyin tugatish balansi loyihasini tuzadi.

Tugatish balansi tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilari) tomonidan tasdiqlanadi va davlat soliq xizmati organiga topshiriladi. Tugatuvchi tugatilayotgan tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjatlarining ish yurituvida mavjudligi yuzasidan Byuroga soʻrov yuboradi.

Tugatish balansi qabul qilingandan keyin davlat soliq xizmati organi tijorat tashkilotining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi mavjud boʻlmagan taqdirda, bir ish kuni mobaynida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi yoʻqligi toʻgʻrisida xulosani tugatuvchiga hamda Tizim orqali roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuboradi.

Byuro tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati uning ish yurituvida mavjud boʻlmagan taqdirda, ijro etilmagan tegishli ijro hujjati ish yurituvida mavjud emasligi haqida tugatuvchiga hamda Tizim orqali roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga uch ish kuni mobaynida xabarnoma yuborishi shart.

Davlat soliq xizmati organi tomonidan taqdim etilgan tijorat tashkilotining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan qarzi yoʻqligi toʻgʻrisidagi xulosasi, shuningdek, ijro etilmagan tegishli ijro hujjati ish yurituvida mavjud emasligi haqida Byuroning xabarnomasi olingandan keyin tugatuvchi tijorat tashkilotining asosiy hisobvaragʻi ochilgan bankka uni yopish toʻgʻrisida murojaat qiladi. Bank bir ish kuni mobaynida tijorat tashkilotiga tegishli boʻlgan hisobvaraqni yopadi va tugatuvchiga asosiy hisobvaragʻi yopilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beradi.

Tijorat tashkilotining hisobvaraqlari xatlangan boʻlsa, ularning yopilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda tugatuvchi 2-son kartoteka boʻyicha qarzdorlikni toʻlash (qaytarish) va xatlashni bekor qilish choralarini koʻradi.

Tugatuvchi asosiy hisobvaraqi yopilgandan keyin uch ish kuni mobaynida davlat arxiviga tijorat tashkilotining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha buxgalteriya va boshqa hujjatlarini topshiradi.

Tugatuvchi tijorat tashkilotini davlat reyestridan chiqarish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga tugatish toʻgʻrisida xabardor qilingan sanadan boshlab olti oydan oshmagan muddatda quyidagilarni taqdim etadi:

-tijorat tashkilotining barcha hisobvaraqlari yopilganligi toʻgʻrisida

-xizmat koʻrsatuvchi banklarning maʼlumotnomalari;

-tijorat tashkilotining muhr va shtamplari (agar mavjud boʻlsa);

-vakolatli organ tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni bekor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (agar mavjud boʻlsa);

 -tijorat tashkiloti hujjatlarining davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan tijorat tashkilotlari bundan mustasno).

Koʻrsatilgan muddat oʻtgunga qadar tugatish uchun zarur hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga toʻliq taqdim etilmasa, ixtiyoriy tugatish toʻxtatiladi. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bir ish kuni mobaynida davlat soliq xizmati va statistika organlariga ixtiyoriy tugatish toʻxtatilganligi toʻgʻrisida Tizim orqali xabar beradi hamda yopilgan bank hisobvaraqlari qayta tiklanadi.

Umida Saparbayeva, Tuman davlat xizmatlari markazi boʻlim boshligʻi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026