Probatsiya nazoratidagi 4 nafar mahkum muddatidan ilgari ozod etildi
Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi tufayli karantin joriy etilişi fuqarolarning sud muhokamalarida iştirok etişiga, sud orqali himoyalaniş huquqi amalga oşirilişiga ham taʼsir körsatdi. Sudlarda fuqarolar va yuridik şaxslarning murojaatlari borasidagi işlar tartibi özgartirildi. Aholi örtasidagi sayyor qabullar ham vaqtinça töxtatildi. Biroq sudlar tomonidan faqat keçiktirib bölmaydigan toifadagi işlar körilişda davom ettirilib, boşqa işlarni köriş maʼlum muddatga qoldirildi.
Masofadan xizmat körsatiş, muhim işlarni masofadan taşkil etiş davom etayotgan şu kunlarda sudlar tomonidan ham joylarda odillik va insonparvarlik tamoyillarini qöllaş yanada keng namoyon bölmoqda.
24-aprel kuni Jinoyat işlari böyiça tuman sudi binosining majlislar zalida tuman IIO Probatsiya guruhi nazoratidagi mahkumlarga doir iş yuzasidan sayyor sud majlisi ötkazildi. Unda Jinoyat işlari böyiça Xöjayli tuman sudi raisi I.Allaniyazov, tuman prokurori yordamçisi Sanjar Yormuhammedov hamda tuman Içki işlar organlari Probatsiya guruhi katta inspektori Islom Jabbarberganovlar iştirok etdi.
Sayyor sud majlisida dastlab odil sudlov borasidagi faoliyatni amalga oşirişga kömaklaşuvçi normalar milliy qonunçiligimizda öz aksini topganligi, inson, uning huquq va erkinliklari samarali himoya qilinişi kafolatlanganligi xususida söz yuritildi. Sözga çiqqanlar Jinoyat kodeksining 73-moddasida jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qiliş normasi, 74-moddasida esa jazoni yengilroği bilan almaştiriş normasi öz aksini topganligini taʼkidlab, mazkur qonun talablariga köra, jazodan ozod qiliş yoki yengilroği bilan almaştiriş örnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bölgan hamda jazoning belgilangan qismini ötagan mahkumga nisbatan qöllanilişini ham aytib ötdilar.
Şundan söng, tuman IIO Probatsiya guruhi nazoratidagi ilgari giyohvandlik, qasddan badanga örtaça va oğir darajadagi şikast yetkaziş, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş kabi jinoyatlarni sodir etib, öz jazosini ötayotgan 4 nafar mahkumga doir jinoyat işi körib çiqildi. Mazkur jinoyat işlari Probatsiya guruhi tomonidan berilgan taqdimnomalar asosida örganildi. Sudda mahkumlarning şaxsiy yiğma jildini örganib çiqiş jarayonida ular belgilangan jazo muddatining uçdan bir qismini ötab bölgani, tarbiyaviy işlarda faol iştirok etib, topşirilgan işlarni vijdonan bajargani, muhimi, qilmişidan töğri xulosa çiqargani, uni jamiyatdan ajratmagan holda tarbiyalaş mumkinligi haqidagi fikrlar inobatga olindi.
Sud yakuniga köra, muqaddam sodir etgan jinoyatlari uçun jazo ötayotgan 4 nafar mahkum muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilinib, oilasi bağriga qaytarildi.
Sud qonunlarda belgilangan bağrikenglik va insonparvarlik meʼyorlariga köra mahkumlarning örnatilgan tartib-qoida talablariga rioya qilib, mehnatga halol munosabatda bölganidan kelib çiqib, şunday töxtamga keldi. Şuningdek, ularning kelgusida hayotda töğri yölga tuşib olişi, jamiyatda öz örinlarini topişida kömak berişlari uçun tegişli xizmatlar, mahalliy davlat hokimiyati idoralariga masʼuliyat yuklatilib, bu böyiça tegişli vazifalar belgilab olindi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶