XALQIMIZ BOŞIGA IŞ TUŞGANNI YoLĞIZLATIB QÖYMAYDI
Sirdaryo viloyatida 1-may kuni tongda Sardoba suv ombori töğoni piketlaridan birining yorilib ketişi oqibatida suv toşqini yuzaga keldi. Viloyatning Sardoba, Oq oltin, Mirzaobod tumanlari hududini bosgan suv aholiga jiddiy talafot yetkazdi. 70 mingdan ziyod aholi mamlakatimiz rahbarining şoşilinç topşiriğiga köra, xavfsiz hududlarga köçirildi. Biroq köplab uy-joylar vayronaga aylandi, elektr liniyalari şikastlandi, köçalarni yiqilgan uylarning devorlari tösib qöydi. Dehqonçilikka jiddiy zarar yetdi, 50 nafardan ziyod fuqarolar turli darajada tan jarohati olib, kasalxonalarga yotqizildi.
Oradan ötgan qisqa kunlar içida toşqin talafotlari hamjihatlikda bartaraf etilganligi tufayli aholi özlarining yaşaş hududlariga qaytmoqda.
Toşqindan zarar körgan aholiga butun mamlakatimiz aholisi insonparvarlik yordami körsatmoqda. Turli hududlarda istiqomat qiluvçi köngilli yoşlar favqulodda vaziyatlar, milliy gvardiya xodimlari bilan bir qatorda toşqin oqibatlarini bartaraf etişda iştirok qilişmoqda. Şuningdek, yurtdoşlarimiz özlarining özbekona, oğir kunda bir-biriga suyançiq, yelkadoş bölişdek ezgu urf-odatlariga muvofiq toşqindan jabr körganlarni moddiy qöllab-quvvatlamoqdalar. Uçala tumanga aholi uçun turli oziq-ovqat mahsulotlari, kundalik ehtiyoj mollari va kiyim-keçaklar ortilgan maşinalar kirib bormoqda.
Amudaryo tuman prokuroraturasi, prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari ham bu savobli işga birinçilardan bölib boş qöşdilar. Ular 2-may kuni 5 tonna guruçni Sardoba suv ombori suv toşqinidan zarar körgan aholi uçun jönatdilar.
Odam yolğiz tuğiladi, yolğiz öladi, lekin hayotda yolğiz yaşay olmaydi. Hayot insonga oila aʼzolari, tuğişganlari, döst-birodarlari bilan totli. Şu muqaddas, quyoşli yurtimizda yaşovçi barça insonlarni bir ezgu maqsad – Vatan manfaati birlaştirib turadi. Demak, heç bir vatandoşimiz bizga begona emas, quvonçimiz ham, taşvişimiz ham bir.
Agar kimki xolis nigoh bilan mamlakatimiz hayotini kuzatsa, har kuni amalga oşirilayotgan işlarda buning isbotini köra oladi.
Yaqinda Manğit çegara qöriqlaş vzvodi va Ayoqçi çegara qöriqlaş vzvodi harbiylari amalga oşirgan yana bir xayrli iş ham bunga misol böla oladi. Mazkur vzvodlar komandirlari va örinbosarlari çegara oldi hududida yaşovçi kam taʼminlangan xonadonlar holidan xabar olib, moddiy kömak berdilar. Ular 13 turdagi birlamçi oziq-ovqat mahsulotlari, koronavirusdan himoyalaniş uçun antiseptik vositalarni tarqatib berib, köpçilikning duolarini oldilar. Yurtimizda tarqalgan koronavirus pandemiyasi tufayli örnatilgan karantin talablariga köra, uyda ötirgan, moddiy yordamga muhtoj bölib qolgan oilalarga xayr-saxovatni yetkazişda ularga Qiliçboy ovuli va Durunki mahallasi raislari Bahrom Qodirov va Şuhrat Jumaniyozovlar yaqindan yordam berdilar.
Yuz berayotgan tabiiy ofatlar azal-azaldan maʼnaviyatli, maʼrifatli va döst-birodar xalqimizni yana ham jipslaştirmoqda, bir-biriga mehr-oqibatini namoyon etmoqda. Ha, bizning xalqimiz boşiga iş tuşganni yolğizlatib qöymaydi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶