25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 21:58
Jamiyat 👁 609

IShChI GURUH TOMONIDAN TUMANDAGI FUQAROLAR YIGʻINLARI FAOLIYaTI OʻRGANILDI

IShChI GURUH TOMONIDAN TUMANDAGI FUQAROLAR YIGʻINLARI FAOLIYaTI OʻRGANILDI

Yurtimizda azal-azaldan mahalla institutiga jamiyatning eng asosiy boʻgʻinlaridan biri sifatida qaralib kelinadi. Mahallani ota-bobolarimiz bejizga “Vatan ichra- kichik bir vatan” deb atashmagan. Chunki insonning Vatanga boʻlgan muhabbati, avvalo, oʻz oilasini, soʻngra oʻz mahallasi, qoʻni-qoʻshnilarini sevish, himoya qilish, ularning xizmatiga doimo tayyor turishdan boshlanadi. Inson mahallada unib-oʻsadi, kamol topadi.

Shu sababli ham yildan yilga jamiyatda mahalla institutining nufuzi va ahamiyatini yanada oshirishga, mahallani eng xavfsiz va obod hududga aylantirishga, mahallada yashovchi insonlarning tinch-farovon hayot kechirishlariga katta eʼtibor qaratilib, barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Mamlakatimizda mahalla va oila instituti faoliyatini yanada takomillashtirish, oilani, ayniqsa, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi va uning joylardagi boʻlinmalari tomonidan samarali ishlar qilinmoqda.

Xususan, joriy yilning 12-may sanasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari Maryam Ahmedova boshchiligidagi ishchi guruh tumanimizga fuqarolar yigʻinlari masʼul xodimlari faoliyatini oʻrganish va  ularga uslubiy-amaliy koʻmaklashish maqsadida tashrif buyurdi.

Masʼullar 3 ta kichik guruhlarga boʻlingan holda oʻrganish ishlarini olib bordilar. Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huquq-tartibot masalalari boʻyicha boʻlim boshligʻi Yemjar Mamutov va Amudaryo tumani Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassisi Otabek Ibragimovlar boshchiligidagi 1-guruh tumanimizdagi Toʻlqin va Choykoʻl ovullari, Qipchoq shaharchasi hamda Daryo boʻyi, Beshtom, Gulzor mahallalarida boʻlib, hududlardagi fuqarolar yigʻinlari masʼul xodimlari faoliyatini oʻrgandilar.

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish boʻlimi boshligʻi Yelza Ibraimova hamda tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Muqaddas Beknazarovalar ishtirokidagi 2-guruh Oʻrtaqalʼa va Qilichboy ovullari, Durunki, Boyovul, Doʻstlik, Ayoqchi mahallalarining fuqarolar yigʻinlarida oʻrganishni davom ettirdilar.

Qolaversa, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari Maryam Ahmedova hamda tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi bopshligʻi Alisher Yoʻldoshevlar ishtirokidagi 3-guruh ham tumandagi ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida boʻlib, hududlarda soha masʼullari tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, mutasaddi rahbarlar tumandagi Kuyukkoʻpir va Bobur ovullari, shuningdek, Qizilcholi va Arnaboʻyi mahallalaridagi fuqarolar yigʻinlari masʼullarining ish faoliyatini yaqinda oʻrganishdi hamda soha yuzasidan oʻzlarining taklif va tavsiyalarini berdilar.

Ishchi guruh vakillari dastlab tumanimizdagi mahallalar fuqarolar yigʻinlari joylashgan binolarning ahvoli, xonalari,  kompyuter jamlanmalari, telefon tarmogʻi, mebel va inventarlar bilan taʼminlanganligi, binoning fasadi, koridorlari, xonalarining koʻrgazmali materiallar bilan taʼminlanganligi va ularning sifati bilan yaqindan tanishdilar.

Soʻngra  fuqarolar yigʻinining asosiy faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalari, jamoatchilik tuzilmalarining shakllantirilganligi, ularning sifat tarkibi, fuqarolar yigʻinida mahalliy sharoitga mos “Yoʻl xaritasi”ning ishlab chiqilganligi, rais va uning oʻrinbosarlarining oylik, haftalik va kunlik ish rejalari mavjudligi, murojaatlar bilan ishlash holati ishchi guruh tomonidan oʻrganildi.

Oʻrganishlar natijasida aniqlangan xato va kamchiliklar yuzasidan mahalla fuqarolar yigʻini raisi va xodimlariga tegishli koʻrsatmalar va tavsiyalar berildi. Ishchi guruh aʼzolari mahallada yashovchi keksalar, kam taʼminlangan, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan oilalar bilan ishlash holatini oʻrgandilar. Aholining oilaviy sharoiti, muammolari bilan tanishilib, ularga hozirgi karantin davrida amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarga ham toʻxtalishdi. Shuningdek, notinch va noqobil oilalar bilan ishlash holati, ogʻir turmush sharoitida yashovchi ayollarning oilaviy ahvolining toʻliq oʻrganilganligi, ogʻir turmushdan chiqarish boʻyicha belgilangan choralar hamda bajarilgan amaliy ishlarga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Qolaversa, har bir mahallada “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida olib borilgan ishlar ishchi guruh vakillari eʼtibori markazida boʻldi. Mahallalarning bahorgi mavsumda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish holati, oilalarning oʻz tomorqalaridan unumli foydalanish holati bilan tanishildi. Shu bilan birga mahallani eng xavfsiz hududga aylantirish, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar natijalari ham  koʻrib chiqildi. 

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026