25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 21:58
Jamiyat 👁 282

SOBIQ YoNGʻIN OʻChIRUVChINING XONADONIGA MASʼULLAR TAShRIF BUYuRIShDI

SOBIQ YoNGʻIN OʻChIRUVChINING XONADONIGA MASʼULLAR TAShRIF BUYuRIShDI

Xotira  avlodlarni avlodlar bilan bogʻlab turuvchi maʼnaviy koʻprikdir. Shu tufayli ham bu yorugʻ kunlarga qanday, nimaning hisobiga erishganimizni, bu yoʻlda qanday azob-uqubatlar va yoʻqotishlar, kurashlar boʻlganini, qancha-qancha odamlar jonini qurbon qilganini anglaymiz, sidqidildan his qilamiz, tinch-farovon hayotimizning qadrini ham tushunamiz.

Odatda fidoyiliklar, qahramonliklar haqida gapirganda koʻpincha koʻz oʻngimizda urush manzaralari, oʻqday yogʻilayotgan oʻqlar ostida olgʻa intilayotgan, dushman bilan jonini ayamay kurashayotgan askarlar namoyon boʻladi. Aslida hayotimizda tinchlik-osudalik mangu barqaror boʻlmogʻi, el-yurt omonligi, xavf-xatarlardan holi boʻlmogʻi uchun oʻz halovatidan kechib mehnat qilayotganlar hamma davrlarda ham bor. Bunga tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi 4-Kasbiylashtirilgan yongʻin qutqaruv qismida yongʻin oʻchiruvchisi boʻlib, fidoyilik bilan xizmat qilgan, mard va jasur inson, qipchoqlik Soliyboy Qurbonboyevni misol qilib koʻrsatish oʻrinli boʻladi.

U 1973-yilda Qipchoq ovuli hududidagi 75-sonli maktabning 1-sinfiga oʻqishga borgan. 1983-yilda maktabni tugatgach, 1984-1986-yillarda harbiy xizmat burchini oʻtagan. 1987-yilda Toshkent Qishloq xoʻjalik texnikumining agronomiya fakultetiga oʻqishga kirib, 1989-yilda muvaffaqiyatli tugatgan.

U mehnat faoliyatini “Agromashtrans” korxonasida traktorchilik qilishdan boshlagan. 2003-2009-yilgacha tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi 4-Kasbiylashtirilgan yongʻin qutqaruv qismida yongʻin oʻchiruvchi boʻlib, oʻz xizmat vazifasini sidqidildan ado etgan.

2019-yilning 30-avgustida Qilichboy ovulidagi “Quvsiriq” fermer xoʻjaligi molxonasida bexosdan kelib chiqqan yongʻin uning  hayotiga nuqta qoʻydi. Yongʻinni oʻchirish chogʻida u talofat koʻpayib, alanga kuchayib ketmasligi, boshqa insonlar jabr koʻrmasligi uchun juda astoydil harakat qildi. Qismning fidoyi xizmatchisi bu tilsiz yovni bartaraf etishda baxtsiz hodisa sabab hayotini xavf ostida qoldirib, qattiq jarohatlandi va hayotdan koʻz yumdi.

Soliyboy Qurbonboyev yurtimizning bir fidoyi oʻgʻloni sifatida ibratli umr kechirdi va oʻzidan yorqin xotiralar qoldirdi.

9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasida uning xonadoniga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Mahmud Seydullayev, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Hamro Matyoqubov va bir guruh kasbdoshlari borib, oila aʼzolari holidan xabar oldilar. Shuningdek, Qargʻali bobo qabristonidagi Soliyboy Qurbonboyevning qabrini ziyorat qilib, xotirasiga qurʼon tilovat qildilar, qabri atrofida obodonlashtirish ishlarini olib bordilar.

Soliyboy Qurbonbayevning ishlarini bugungi kunda katta oʻgʻli Gʻayrat Qurbonboyev davom ettirmoqda. Uch nafar farzandni elga nafi tegadigan, xizmatga shay qilib tarbiyalagan Soliyboy Qurbonboyevning xotirasi oʻchmaydi, tirikligida amalga oshirgan ezgu ishlarida yashaydi.

Buni bayram munosabati bilan uning oilasi  holidan xabar olishga kelgan Mahmud Seydullayev, Hamro Matyoqubovlar ham qayta-qayta taʼkidlashdi, farzandlariga shunday mard, jasur otasi bilan bir umr faxrlanib yashashlari lozimligini uqtirdilar.

Xonadon egalari ushbu tashrifdan nihoyatda mamnun boʻldilar va sobiq kasbdoshining xotirasiga hurmat koʻrsatib kelgan masʼullarga, kasbdoshlarga minnatdorchilik bildirdilar.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026