PANDEMIYa DAVPIDA PAMAZON HAYITI NAMOZI JAMOAT BÖLIB ÖQILMAYDI
Har yili butun dunyo mömin-musulmonlari qatori yurtdoşlarimiz Iydul fitrni kötarinki kayfiyat, özgaça şukuh, alohida tayyorgarlik va katta xursandçilik ila nişonlaydilar.
Pamazon oyi davomida ado etilgan ibodatlar, ezgu amallar va mehr-saxovat işlari evaziga mömin-musulmonlar juda uluğ-savoblarga erişadilar.
Pamazon oyida Alloh taolo farz qilgan röza tutilib, diyorimiz böylab xatmi Qurʼonlar qilindi. Yordamga muhtoj kişilar va kam taʼminlangan oilalarga xayru saxovatlar qilindi.
Barçaga maʼlumki, bugungi kunda butun dunyo böylab, jumladan, yurtimizda ham koronavirus kasalligi keng tarqaldi. Hozir insoniyat murakkab davrni boşidan keçirmoqda. Yurtimizda epidemiologik vaziyatni jilovlaş, aholi salomatligini har tomonlama himoya qiliş uçun barça çoralar körilmoqda. Yurtimizda bu kasallik keng tarqalişining oldini oliş maqsadida karantin va bir qator çeklovlar joriy etildi.
Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengaşining koronavirus infektsiyasi tarqalişining oldini oliş böyiça fatvosi va Pamazon oyini ötkaziş haqidagi bayonotida qayd etilganidek, epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda juma namozi örniga uyda peşin namozini, beş vaqt namoz va Pamazon oyidagi taroveh namozini uyda öqiş haqidagi tavsiyalar ayni Pamazon hayiti namoziga ham tegişlidir.
Şuning uçun bu yilgi Pamazon hayiti (Iydul fitr) namozini pandemiya davrida jamoat bölib öqiş imkoniyati mavjud emasligi, mömin-musulmonlarning zimmasidan uşbu ibodatni soqit qiladi.
Mavjud vaziyat taqozosidan kelib çiqib, Pamazon hayiti namozi ado qilinmasa ham bayram kayfiyatini saqlab qoliş uçun Hazrati Payğambarimiz sallallohu alayhi vasallamning bir sunnatlarini hayotga joriy etiş maqsadga muvofiqdir. Abu Saʼid raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
yaʼni: “Pasululloh sallallohu alayhi vasallam Iyd namozidan avval nafl namoz öqimasdilar. Qaçon uylariga qaytsalar ikki rakat namoz öqirdilar”.
Hanafiy mazhabining möʼtabar fiqhiy manbalaridan biri bölmiş “Majmaʼul anhur” kitobida şunday deyiladi:
“Maʼlum bölsinki, hayit namozi Zuho (çoşgoh) namozining örniga qöyilgan. Qaçonki, hayit namozi biror uzr sababli öqilmay qolsa, ikki yoki tört rakaat nafl namoz öqiş mustahab böladi. Tört rakat öqigan afzal” deyilgan.
Bayon etilgan şarʼiy dalil va hujjatlardan kelib çiqib, Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengaşi karantin şarotida Pamazon hayitini nişonlaş böyiça quyidagi tavsiyalarni taqdim etdi:
Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengaşi fatvosi asosida masjidlarda karantin davrida vaqtinça jamoat namozlari töxtatilganini inobatga olgan holda Pamazon hayiti namozini öqiş ham mömin-musulmonlarning zimmasidan soqit böladi. Yurtdoşlarimizga hayit kuni quyoş çiqqandan yarim soat ötgandan keyin öz xonadonlarida tört rakatli nafl namozi öqişlari tavsiya etildi.
Va yana Hayit arafasida va bayram kunlari yoşi uluğ keksalarimiz va bemorlar holidan xabar oliş hamda hayit bilan tabriklaş va boşqa milliy urf-odatlarimiz bilan boğliq anʼanalarimizni karantin talablaridan kelib çiqqan holda uyali aloqa vositalari orqali amalga oşiriş tavsiya qilindi.
Aziz yurtdoşlar, Alloh taolo Pamazon haytini barçamizga muborak aylasin. Allohning rahmati va barakoti yoğilib turgan uşbu damda, qalbimiz yumşab, ixlosimiz ortib turgan lahzalarda duo qilaylik.
Alloh taolo barçalarimizni imonda, Islomda sobitqadam qilsin. Xalqimizni, jonajon Vatanimizni ofatu kulfatlardan, balo-yu qazolardan Özi saqlab, yurtimizni tinç, osmonimizni musaffo aylab, xalqimiz farovonligini bundan-da ziyoda qilsin.
Barça holatlarimizda dinimiz körsatmalariga muvofiq hayot keçirişga Alloh taolo hammamizni muvaffaq qilsin. Hayit bayrami barçamizga muborak bölsin!
A.Matsapoyev, "Yusuf eşon bobo jomeʼ" masjidi imom xatibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶