KARANTIN DAVRIDA AMUDARYo TUMAN FHDYo BÖLIMI QANDAY FAOLIYaT YuRITMOQDA?
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-mart kungi 176-sonli “Koronavirus infektsiyasi tarqalişiga qarşi qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga asosan Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yoziş organlariga keçiktirib bölmaydigan holatlarni, yaʼni tuğilganlik va ölim holatlarini qayd qilib, fuqarolarga huquqiy xizmat körsatişi belgilab berilgan. Şunga köra, karantin qoidalariga töliq rioya qilgan holda faqatgina tuğilganlik va ölim töğrisidagi guvohnomalarni taqdim etilmoqda.
Tuman Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yoziş bölimi tomonidan bugungi epidemiologik vaziyatda belgilangan tartib-qoidalarga amal qilgan holda samarali iş olib borilmoqda. Xususan, karantin davrida nikoh qayd etiş jarayonlari töxtatilib, nikohlanuvçi şaxslardan faqatgina elektron tarzda arizalar qabul qilinayotgan edi.
Mamlakatda epidemiologik vaziyat yaxşilanib, karantin çeklovlari yumşatilgaç, tuman Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yoziş bölimi tomonidan mavjud qoidalarga töliq rioya qilgan holda joriy yilning may oyida nikohlanuvçi şaxslarga tibbiy körikka yöllanmalar berilib, 12 juft kelin-kuyovlarning qonuniy nikohlari qayd qilindi va nikoh guvohnomalari berildi.
Aytiş joizki, tuman Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yoziş bölimida karantin davrida elektron arizalarni qabul qiliş bilan birga, arxiv maʼlumotlarini ham yagona elektron arxiviga kiritiş işlari ham samarali yölga qöyilgan.
Öz navbatida karantin davrida nikohlanuvçi şaxslarning nikohdan ötiş uçun arizalarni Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yoziş organlariga masofadan turib yuborişlari uçun barça şaroit va imkoniyatlar yaratilgan.
Maʼlumot tariqasida keltiriş joizki, uşbu xizmatdan onlayn tarzda foydalaniş uçun ikkala tomon – kuyov va kelin elektron raqamli imzo olişlari kerak. Ariza töldirilganidan söng, ikkala tomon ham arizasini öz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaşi lozim. Şundan söng ariza belgilangan hududiy Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yoziş bölimiga kelib tuşadi. Bölim masʼul xodimlari arizani bir iş kunida qabul qilib oladi. Keyinçalik nikohlanuvçilar çaqiriladi va tibbiy körikdan ötiş uçun yöllanma topşiriladi.
Bugungi kunda Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yoziş organlari tomonidan fuqarolarni qabul qiliş xodimlarning navbatçiligi asosida taşkil qilingan. Keçiktirib bölmaydigan holatlardagina tuğiliş va ölim haqidagi dalolatnoma yozuvlarini qayd qiliş va guvohnomalar beriş muntazam davom etmoqda. Ota-onalar dunyoga kelgan farzandiga tuğiliş guvohnomasi oliş uçun özining doimiy yaşab turgan yoki bola tuğilgan joydagi Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yoziş bölimlariga murojaat qilgan holda guvohnoma olişmoqda. Tuman böyiça joriy yilning aprel-may oylarida jami 487 nafar yangi tuğilgan bolajonlarga tuğilganlik haqidagi guvohnomalar berildi. Şuningdek, 96 nafar şaxsning ölimini tasdiqlovçi guvohnomalar ularning yaqinlariga topşirildi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶