25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 20:34
Jamiyat 👁 388

ENDILIKDA BOLALARNING HAM MUROJAATLARI KOʻRIB ChIQILADIGAN BOʻLDI

ENDILIKDA BOLALARNING HAM MUROJAATLARI KOʻRIB ChIQILADIGAN BOʻLDI

Bu yangi tartib “Bola huquqlarining qoʻshimcha kafolatlari belgilanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-608-sonli qonuni bilan belgilab qoʻyildi.

Bola huquqlari haqida gapirilganda avvalo “Bola” tushunchasiga qonun nuqtai nazardan sharh berib oʻtish oʻrinlidir. Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konventsiyaning 1-moddasida qayd etilganidek, «18 yoshga toʻlmagan har bir inson zoti, agar bolalarga nisbatan qoʻllaniladigan qonun boʻyicha u ertaroq balogʻatga yetgan deb topilmasa, bola hisoblanadi». Xuddi shu mazmundagi taʼrif Oʻzbekiston Respublikasining «Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida»gi qonunida ham ifodalangan.

Darhaqiqat, “Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konventsiya” 1989-yilda BMT ning Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan boʻlib, mazkur konventsiyaga bugungi kunda 190 dan ortiq davlat aʼzo hisoblanadi.

Umuman olganda bolalar qaysi davrda va qaysi mamlakatda yashashidan qatʼiy nazar alohida gʻamxoʻrlik va yordamga muhtoj qatlam hisoblanadi. Ayniqsa, ularning huquqlari oila mehri va gʻamxoʻrligi, ularning jamiyatdagi mustaqil hayotga toʻla tayyorlanishi, tinchlik, tenglik va birdamlik ruhida tarbiyalanishi tushunchalari bilan uzviy bogʻliq. Bolalar uchun nazarda tutilgan barcha huquqlar istisno va kamchiliklarsiz, irqi, jinsi, tili, dini, milliy-etnik yoki ijtimoiy kelib chiqish jihatidan, sogʻligʻi va tugʻilishi, ota-onasi yoki qonuniy vasiysi yoxud boshqa biron-bir holatlardan qatʼi nazar, hurmat qilinishi va taʼminlanishi kerak.

Aytish joizki, yuqorida qayd etilgan norma va talablarga hukumatimiz mustaqillikning ilk kunlaridan eʼtibor bera boshlagan va Prezidentimiz tomonidan 2020-yil 10-martda imzolangan yuqoridagi qonun mazkur yoʻnalishdagi islohotlarning mantiqiy davomi boʻldi.

Ushbu qonun bilan amaldagi toʻrtta qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilib, qonun 2020-yil 11-martdan kuchga kirdi.

Yangi qonunga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi

96-moddasi 4-qism bilan toʻldirilib, endilikda ota-ona va bola alohida-alohida yashagan taqdirda, vasiylik va homiylik organlari, shuningdek, oʻn toʻrt yoshga toʻlgan bola bir vaqtning oʻzida ota va onadan voyaga yetmagan bolalarning taʼminoti uchun aliment undirish toʻgʻrisida daʼvo qoʻzgʻatishga haqli boʻldi. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 42-moddasiga ham tegishli oʻzgartirish kiritildi.

Qonun bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining «Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida»gi qonuni 11-moddasining beshinchi qismiga ham oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Unga koʻra bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganda, shu jumladan, ota-ona (ulardan biri) yoki ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslar bolaga taʼminot, tarbiya va taʼlim berish boʻyicha majburiyatlarini bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda yoxud ota-onalik huquqlarini suiisteʼmol qilganda bola oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini soʻrab, vasiylik va homiylik organiga, shuningdek, boshqa davlat organlariga mustaqil ravishda murojaat qilishga haqli boʻldi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida»gi Qonuni yangi 241–modda bilan toʻldirildi. Yangi modda “Voyaga yetmagan shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishning oʻziga xos xususiyatlari” – deb nomlandi.

Yangi modda talabiga koʻra, voyaga yetmagan shaxslar oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi masalalari yuzasidan davlat organlariga, tashkilotlarga yoki ularning mansabdor shaxslariga ushbu Qonunda belgilangan tartibda mustaqil ravishda murojaat berishga haqli boʻldi. Davlat organlari, tashkilotlar yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan voyaga yetmagan shaxsning murojaatlarini koʻrib chiqish uning qonuniy vakillari, shuningdek, vasiylik va homiylik organlari ishtirokida amalga oshirilishi mumkinligi, voyaga yetmagan shaxslar toʻliq muomala layoqatiga ega boʻlmaganligi sababli ularning murojaatlarini koʻrib chiqmasdan qoldirishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilandi.

Murojaatda qoʻyilgan masalalarni hal etish oʻz vakolatiga kirmaydigan davlat organlari, tashkilotlar, shuningdek, ularning mansabdor shaxslari murojaatni tegishli davlat organiga, boshqa tashkilotga yoki mansabdor shaxsga yoxud vasiylik va homiylik organiga yuborishi shartligi ham moddaning ikkinchi qismida alohida belgilangan.

   Xulosa oʻrnida shuni aytishimiz mumkinki, qonunchiligimizga kiritilgan mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar mamlakatimizda bola huquqlarini taʼminlash borasida olib borilayotgan izchil islohotlarning mantiqiy davomi boʻlib, bu yangiliklar bola huquqlarining kafolati taʼminlanishiga xizmat qiladi.

   M.Matyusupov, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026