25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 20:32
Jamiyat 👁 368

“RAMAZON HAYITI TUHFALARI” OʻZ EGALARIGA YeTKAZILDI

“RAMAZON HAYITI TUHFALARI” OʻZ EGALARIGA YeTKAZILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 5416-sonli Farmoniga muvofiq tashkil etilgan “Vaqf” faxriya jamoat fondi masjidlar va diniy taʼlim muassasalarining binolarini qurish, taʼmirlash, rekonstruktsiya qilish, diniy-taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari, oʻquvchi-talabalarini moddiy qoʻllab-quvvatlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini, imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash kabi xayrli amallarni ado etib kelmoqda.

Koʻp asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyatiga ulkan hissa qoʻshgan ajdodlarimizning bebaho merosini oʻrganishni targʻib etish, xalqimizga xos boʻlgan maʼrifatparvarlik, bagʻrikenglik mehr-muruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilat va qadriyatlarni davom ettirishga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan ushbu xayriya jamoat fondi amalga oshirayotgan ishlarni yurtdoshlarimiz hurmat-eʼtibor bilan eʼtirof etishmoqda.

Fond qutlugʻ Ramazon hayiti arafasida koʻpchilikning koʻngliga madad bagʻishlaydigan yana bir xayrli ishga qoʻl urdi: “Har bir hududdan 1000 ta xonadon” loyihasiga koʻra mamlakatimizning har bir viloyatidan 1000 ta kam taʼminlangan, ehtiyojmand, imkoniyati cheklangan fuqarolar yashaydigan xonadonlarga 1,1 mlrd. soʻmlik “Ramazon hayiti tuhfalari” ortilgan 14 ta yuk avtomobillari karvoni 14 ta hududga joʻnatdi. Karvon respublikamizning har bir viloyatidan kamida 1000 ta oilaga “Ramazon hayiti tufhalari”ni eltib berdi. Xayr-ehson sumkalarida kundalik ehtiyoj uchun zarur boʻlgan birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari joylangan edi.

Ushbu qutlugʻ Ramazon hayiti tuhfalaridan tumanimizda istiqomat qilayotgan kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj 85 ta xonadon ahli ham bahramand boʻldilar. Har biriga 60 ming soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari  solingan sumkalar “Vaqf” xariya jamoat fondi tuhfalari “Yusuf eshon bobo” jomeʼ masjidida 55 nafar yurtdoshlarimizga tarqatib berildi.

Har biriga 30 ming soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari solingan sumkalarni esa 30 ta xonadonga ovul va mahallalar masʼul xodimlari eltib berdilar.

Xayr-ehsonlarni haqiqiy ehtiyojmand oilalarga yetkazishda tumanimizdagi ovul va mahallalar masʼul xodimlari ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlarni aniqlab, roʻyxatini shakllantirib, faollik koʻrsatishdi.

Ramazon barcha moʻmin-musulmonlar uchun Alloh rizoligi uchun roʻza tutib, ibodatlar qilinadigan va buning uchun ulkan ajr-savoblar beriladigan oydir. Shuningdek, moliyaviy ibodatlar ham amalga oshirilib, bir-birovga mehr-muruvvat, oqibat, xayr-saxovat ishlari amalga oshiriladi. Ayniqsa, qutlugʻ Hayit oldidan kam taʼminlanganlar holidan xabar olish, ularga sovgʻa-salomlar hadya qilib, koʻnglini koʻtarish, ularning duosini olish ham xalqimizning qon-qoniga singib ketgan qadriyatlaridandir.
Shubhasiz, “Vaqf” xayriya jamoat fondi tashkil etgan har bir hududdan 1000 ta xonadon loyihasi ham Hayit bayrami arafasida koʻpchilik yurtdoshlarimiz koʻngillariga bayram quvonchini hadya etdi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026