AYoLLAR HAQ-HUQUQLARI QONUN HIMOYaSIDA
Mamlakatimizda ayollarni qadrlaş, ularga munosib turmuş şaroiti yaratiş maqsadida köplab davlat dasturlari, qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilingan. Şu asosda jamiyatimizda ayollar faolligini oşiriş, ularning tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişlari uçun şart-şaroitlar yaratib beriş borasida köplab istiqbolli işlar amalga oşirilmoqda.
Respublikamizda ayol-qizlarning haq-huquqlari himoyalanişini taʼminlaş maqsadida “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi kafolatlari töğrisida”gi Qonun qabul qilinib, unda gender tengligi masalalari ilgari surildi. Uşbu qonunga asosan xotin-qizlarning davlat boşqaruvida faoliyatini belgilaş, gender tengligiga zid bölgan har qanday çeklovlarni olib taşlaş böyiça normalar kiritildi. Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi endilikda ayollarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qilişning tizimini yaratdi desak mubolağa bölmaydi. Mazkur Qonunga asosan, tazyiq va zöravonlikdan jabr körgan xotin-qizlarga himoya orderi berilişi norma sifatida kiritilib ötdi. Uşbu yangi termin, yangi yönaliş bölib kirdi.
Xöş, himoya orderi nima, u qanday tartibda va kimlarga beriladigan degan savollar tuğilişi şubhasiz. Himoya orderi – tazyiq va zöravonlikdan jabrlanuvçiga davlat himoyasini taqdim etuvçi, xotin-qizlarga tazyiq ötkazayotgan yoki ularga nisbatan zöravonlik sodir etgan şaxsga yoxud ularni sodir etişga moyil bölgan şaxsga nisbatan Qonunda belgilangan taʼsir körsatiş çoralari qöllanişiga sabab böladigan hujjat. Himoya orderi tazyiq va zöravonlikdan jabrlanuvçiga beriladi. Tazyiq ötkazgan yoki zöravonlik sodir etgan şaxsga yoxud ularni sodir etişga moyil bölgan şaxsga uning nusxasi beriladi. Himoya orderi 30 kun muddatgaça beriladi va uşbu order rasmiylaştirilgan kundan eʼtiboran kuçga kiradi. Himoya orderida bir qator çeklovlar beriladi.
Himoya orderining joriy etilişi kelgusida sodir etilişi mumkin bölgan oğir va öta oğir turdagi jinoyatlar, şuningdek, oila-turmuş munosabatidagi jinoyatlarning barvaqt oldini olişga xizmat qilmoqda.
D.Şarifova, tuman IIB HPB Xotin-qizlar masalalari böyiça katta inspektori, katta leytenant.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶