Seminarda xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari uçun tayyorlangan amaliy qöllanma taqdim etildi
Tuman hokimligi kiçik majlislar zalida tuman Adliya bölimi tomonidan yiğiliş ötkazildi.
28-may kuni Özbekiston Pespublikasi Adliya Vazirligi tomonidan işlab çiqilgan “Mahalliy Kengaş deputatlari uçun amaliy qöllanma” taqdimotiga bağişlab ötkazilgan mazkur yiğiliş seminar şaklida bölib ötdi. Unda Xalq demokratik partiyasi tuman Kengaşi raisi M.Saʼdullayev, “Adolat” sotsial demokratik partiyasi tuman Kengaşi raisi M.Örozboyev, Ekologik partiyasi tuman Kengaşi raisi S.Sodiqov, “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi tuman Kengaşi raisi G.Eşimbetova, Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati–Özbekiston liberal-demokratik partiyasi tuman Kengaşi deputati Ğ.Eşniyazovlar hamda tuman hokimligi mutaxassislari qatnaşdilar.

Seminarda Özbekiston Pespublikasi Adliya Vazirligi tomonidan işlab çiqilgan “Mahalliy Kengaş deputatlari uçun amaliy qöllanma” sining bugungi kun deputati uçun afzallik va qulay tomonlarini tuşuntirildi. Şuningdek, Özbekiston Pespublikasi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar kengaşi deputatining maqomi töğrisida”gi va “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Qonunlarda belgilangan deputatlarning vakolatlari, ularning huquq va majburiyatlari, deputatlarning öz vakolatlaridan qanday foydalaniş kerakligi, tartibi yuzasidan berilgan tavsiyalar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Seminar yakunida deputatlarga Özbekiston Pespublikasi Adliya Vazirligi tomonidan işlab çiqilgan “Mahalliy Kengaş deputatlari uçun amaliy qöllanma” tarqatib berildi.
M.Matyusupov,
tuman Adliya bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶