AMUDARYoDA KASB-HUNAR MAKTABLARI TAŞKIL QILINMOQDA
Yurtimizda taʼlim sifatini oşiriş, jahon standartlariga javob beradigan malakali kadrlar tayyorlaş taʼlim sifatini baholaşning xalqaro standartlarini joriy etiş, innovatsion ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etişning samarali mexanizmlarini yaratiş orqali mamlakatda taʼlim tizimini isloh qiliş böyiça izçil işlar amalga oşirilmoqda.
Davlatimiz rahbari şu maqsadlarga yönaltirilgan “Professional taʼlim tizimini yanada takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmonni imzoladi.
Mazkur Farmon bilan 2020-2021 öquv yilidan boşlab Özbekiston Respublikasida taʼlimning xalqaro standart tasniflagiçi darajalari bilan uyğunlaşgan yangi boşlanğiç, örta va örta maxsus professional taʼlim tizimi hamda tabaqalaştirilgan taʼlim dasturlari joriy etiladigan taʼlim muassasalari tarmoği taşkil etilişi belgilandi.
Şuningdek, xalqaro tasniflagiçning 3-darajasiga mos keluvçi taʼlim dasturlari asosida 9-sinf bitiruvçilarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga qaratilgan boşlanğiç professional taʼlim bosqiçida kadrlar tayyorlaydigan taʼlim muassasalari röyxati şakllantirildi. Tuman va şaharlar negizida şakllantirilgan röyxat asosida tumandagi Qipçoq agrobiznes kolleji 1-sonli kasb-hunar maktabiga, Amudaryo xizmat körsatiş va servis kasb-hunar kolleji 2-sonli kasb-hunar maktabiga özgartirilişi belgilab berildi.

Qipçoq şaharçasi hududida joylaşgan 1-sonli kasb-hunar maktabiga 2020-2021 öquv yilida 180 nafar öquvçi qabul qiliş rejalaştirilgan. Uşbu kasb-hunar maktabida joriy öquv yili uçun 6 ta mutaxassislik - avtomobillarni taʼmirlaş çilangari, payvandlovçi (elekrtgaz payvandlaş işlari), tikuvçi, issiqxona va parnik xöjaligi laboranti, asalariçi, qişloq xöjaligi maşinalarini taʼmirlaş çilangari yönalişlari böyiça kadrlar tayyorlanadi.
Yangi taşkil etilayotgan 2-sonli kasb-hunar maktabiga esa 2020-2021 öquv yili uçun 20-iyundan boşlab, 7 ta mutaxassislik böyiça, har bir mutaxassislik uçun 30 nafardan 9-sinf bitiruvçilari öqişga qabul qilinadi. Uşbu kasb-hunar maktabida avtomobillarni taʼmirlaş çilangari, yakka tartibdagi kiyim tikuvçisi, payvandlovçi (elektrgaz-payvandlaş işlari), tikuvçi, gaz va suv isteʼmoli nazoratçi operatori, oşpaz, qandolatçi yönalişlarida malakali mutaxassislarni tayyorlaş maqsad qilingan. Barça yönalişlar böyiça har biriga 30 nafardan 9-sinf bitiruvçilari qabul qilinişi rejalaştirilgan 2-sonli kasb-hunar maktabida ham ayni paytda qabul jarayoniga tayyorgarlik körilmoqda.

Şu örinda maʼlumot tariqasida aytiş joizki, taşkil qilinayotgan kasb-hunar maktablaridagi öqiş – kadrlar tayyorlaş umumtaʼlim muassasalarining 9-sinf bitiruvçilari hisobidan şakllantirilgan guruhlarda 2 yillik umumtaʼlim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalaşgan dasturlari asosida kunduzgi taʼlim şaklida amalga oşiriladi.
Şuningdek, taʼlim olayotgan öquvçilar Özbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravari miqdorida oylik stipendiya hamda uç mahal ovqat bilan taʼminlanadi. Bunda kasb-hunar maktablari öquvçilarni uç mahal ovqat bilan taʼminlaş yoki mazkur ovqat pullarini ularga tölab beriş huquqiga ega.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶