9 NAFAR ŞAXS USTIDAN MAʼMURIY NAZORAT ÖRNATILDI
Mamlakatimizda inson şaʼni, qadr-qimmati ustun sanaladi. Biroq jamiyatimizdagi meʼyoriy-huquqiy qonun-qoidalarni mensimaslik, böysunamslik noqonuniy harakatlar sodir etiş – fuqaroga odil sud tomonidan jazo çoralari körilişiga sabab böladi.
Agar fuqaro oğir va öta oğir jinoyat sodir qilgan bölsa, jazoni ijro etiş muassasalaridan böşatilgandan keyin ham Özbekiston Respublikasining “Jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi şaxslar ustidan maʼmuriy nazorat örnatiş töğrisida”gi Qonuniga muvofiq, uning ustidan belgilangan tartibda maʼmuriy nazorat örnatiladi.
Şu yil 28-may kuni Jinoyat işlari böyiça tuman sudi majlislar zalida tumanimizning muqaddam oğir va öta oğir jinoyat sodir etib, jazosini ötab, ozodlikka çiqqan 9 nafar şaxs ustidan maʼmuriy nazorat örnatişga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.

Jinoyat işlari böyiça tuman sudi raisi S.Davletmurodov, tuman prokurori yordamçisi S.Yormuhammedov, tuman Içki işlar bölimining HPB boşliği, mayor O.Qosimovlar iştirokida ötkazilgan yiğilişda maʼmuriy nazorat örnatilgan şaxslar bilan tez-tez, yakka tartibda profilaktik suhbatlar ötkazib turiş, uşbu şaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etiş holatlarining oldini oliş, umuman, tumanimizda jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş masalalari muhokama qilindi va bu böyiça tegişli masʼullarga topşiriqlar berildi.
S.DAVLETMURODOV,
Jinoyat işlari böyiça tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶