TUMANDA QURILIŞ IŞLARI DAVOM ETTIRILMOQDA
Barçamizga maʼlumki, karantin çeklovlari natijasida butun mamlakatimizda barça sohalar qatorida quriliş sohasidagi işlar ham maʼlum darajada töxtatildi. Ammo yurtimizdagi epidemiologik vaziyat tobora yaxşilanib borayotgani sababli karantin qoidalari biroz yumşatilib, belgilangan qoidalarga köra ayrim sohalardagi işlarni davom ettirişga ruxsat berildi. Şunga köra tumanimizda yirik quriliş inşootlaridagi işlar davom ettirilmoqda.
Tumanimizda joriy yilda köplab quriliş işlarini amalga oşiriş rejalaştirilgan edi. Xususan, Yangiobod va Gulzor mahallalarining har birida 5 ta obʼektdan köp qavatli uy-joylar, Örta qalʼa ovulidagi Yusuf xöja aholi punktida içimlik suv tarmoqlari, Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik markazi ombori, Qipçoq ovuli hududida 20-sonli maktabgaça taʼlim muassasasi va Toşyop ovuli hududidagi 13-sonli maktabgaça taʼlim muassasalari, şuningdek, 2019-yildan bu yilga ötgan Gulzor mahallasidagi namunaviy uy-joylar qurilişini davom ettiriş rejaga kiritilgan.
Ayni paytda “Quriliş xizmat” va “Amudaryo Maxsus Quriliş” masʼuliyati çeklangan jamiyatlari pudratçi taşkilotlari tomonidan 2019-yildan bu yilga ötgan Gulzor mahallasidagi namunaviy uy-joylar qurilişi davom ettirilmoqda. Şuningdek, tuman mahalliy byudjeti hisobidan ham yangidan binolar barpo qilina boşladi hamda Olmazor mahallasida yangidan Xotira maydoni bunyod etilmoqda.
Tumanimizni zamonaviy qiyofaga keltiriş, körkiga körk qöşiş va aholi farovon turmuş keçirişi uçun qulaylik yaratiş maqsadidagi quriliş-bunyodkorlik işlari karantin davrida ham davom ettirilişi bilan birga işçilarning xavfsizligi taʼminlanişiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Işçilar sanitariya va gigiyena qoidalariga töliq rioya qilib, masofa saqlagan holda jadal surʼatlarda qurilişni davom ettirişmoqda.
Çaros Arslonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶