IÇIQORALIK
(Bölgan voqea)
Bibisora ena tong bilan tomorqa yerini birrov aylanib çiqişni odat qilgan. Yaxşi-da, ham toza havo oladi, ham ziroatning rivojidan ogoh böladi, nonuştadan söng esa qaysi paykalda qanday yumuş bajarilişi haqida farzandlariga topşiriq beradi.
Bugun ham har galgi odati böyiça boğ-roğ, tomorqa aylanib yursa, qöşnisi Arslon bobo hovlisida timirskilanib yuribdi. Yelkasi turtib çiqqan, ançayin bukçayib qolgan Arslon boboning yoşi töqsonni qoralasa-da, uyda qarab ötirmas, goh kartoşka paykalida, goh bedazorda paydo bölar, qörasidagi mol-hol, parrandalarga qarardi.
– Ança çökib qolibdi, – xayolidan ötkazdi Bibisora ena. – Kampiri Oyjon momo dunyodan ötganidan söng juda tez özini oldirib qöydi, boyaqiş.
Arslon boboning beş qiz, bir öğli bor. Qizlari olis-yaqin ovullarda öz oilalari bilan tinç-totuv yaşaşadi. Yolğiz öğil Saidmurod erka ösganidanmi, hamon oila tizginini qanday tutişni bilmaydi. Kelini rahmatlik ham beş qizni dunyoga keltirdi-yu, oğir dardga çalinib, vafot etdi. Qizaloqlarning tarbiyasi, Arslon boboning issiq-sovuği bor, harqalay, qarindoşlar qistovi bilan Saidmurodni uylantirib qöyişdi. Yangi kelin öqituvçi. Öqituvçi odamoxun, andişali, oilaparvar bölar, deb umid qilişgandi. Unday bölmadi. Sojidaxon ismli bu juvon birinçi eridan qanday ajraşganini Bibisora ena bilmaydi-yu, lekin har doim uning muomalasini körib, “hoy-nahoy, xulq-atvoridan bölsa kerak!”, deb qöyadi içida.
Sojida bu xonadonga kelgan kunidanoq öz “tartib-qoidasi”ni örnatişga intildi. Zamonaviy oilalar ota-onadan alohida yaşaşi kerak, deb hovlining bir çetiga uç xonali imorat qurişga erini köndirdi. Saidmurod “Axir hovli-joy yangi-ku” demadi, hatto yetimça qizlarini ham öylamadi. Xotini va ögay öğli (Sojidaning olti yaşar öğilçasi bor edi) bilan uçalasi yangi imoratga köçib ötişdi. Şu voqeadan söng, Arslon bobo mahalla-köyga ham aralaşmay qöydi.
– Yaxşiyam nevara qizlari esli-huşli, bobosining egni-boşi, issiq sovuğiga qaraydigan bölişdi, – öziga özi piçirlab, boşini çayqab qöydi Bibisora ena va asta qöşni hovli bilan öz hovlilari oraliğida ekilgan, yaşil devor vazifasini ötovçi butalar tomonga yurdi.
– Assalomu alaykum, Arslon oğa, hormang, – dedi yaşil devor oşa boboni kuzatarkan.
Bobo beli oğridi şekilli, birdaniga orqasiga ögirila olmadi, ketmoniga suyanib oldi-da, salgina tiklandi.
– Vaalaykum assalom, Bibi, omonmisan kelin, – dedi hansirab.
Bobo Bibisora enani doim şunday çaqirardi. “Özim sovçi bölib, seni Obod inimga olib berganman. Sen mening katta kelinimsan-a”, derdi doim. Boboning nafasi oğziga tiqilib, hansirab turişini körib Bibisora enaning içi açişdi:
– Saidmurod biron yoqqa... Şu payt kutilmaganda Sojida paydo böldi-yu, Bibisora enaning gapi oğzida qoldi.
– Ha, Saidmurodni ne qilasiz? – dedi salom-alik ham qilmay. – Boboyga içingiz açişsa, ana uyingizga olib borib qöying, qizlari ham sizniki!
Bibisora ena dong qotdi. Bir muddat heç narsa deya olmay, noqulay holatda turib qoldi.
– Uyalmaysanmi, qizim, – dedi söng qöşnilar eşitmasin, degan istihola bilan.
– Nega uyalaman, nega, ayting, boboy işlasa, ana özining tekin tomoqlari uçun işlaydi, men uçun emas!
Sojida yuzsizlarça kö-zini baqraytirib turar, ğişt qolipdan köçgan, endi Bibisora ena ham andişani bir çetga qöyib, uning gapiga yaraşa muomala yölini tanlagandi.
– Ovozingni öçir, – dedi qatʼiy. – Issiq qönalğangni (uyingni demoqçi), taşlab, özga boğni ixtiyor etuvingning sababi feʼlingdan ekan-da. Ertaga nima bölişini Allohning özi biladi.
– Köramiz! – dedi tantanavor Sojida.
– Xudo umr bersa, köramiz, öşa kungaça sabr bersin bandasiga, – dedi-yu Bibisora ena ortiga qaytdi.
Şu voqeadan söng, bir-ikki oy ötib Arslon bobonikida qandaydir şovqin çiqdi. Bibisora ena çiday olmay boboning uyiga borganini bilmay qoldi. Dolonga kirib, naq qiyomat-qoyimning ustidan çiqdi. Boboning ikki qizi bilan Sojida oğzidan oq kirib, qora çiqib urişar, beş nafar yetim qizaloqlar bobosining pinjiga kirganiça qörquvdan qaltirab turişar, Arslon boboning esa turtib çiqqan yelkalari titrardi. Razm solsa, Sojida hali-beri janjalni qöymoqçi emas, tobora qaynsingillarining ustiga bostirib borar, qöyib bersa, qölidagi supurgi bilan qizlariga qöşib boboni ham savalab taşlaguday vajohati bor edi. Oxiri bölmadi, Bibisora ena şahd bilan uning qölidagi supurgini yulqib oldi-da, dolon adoğiga otib yubordi.
– Çarsligingni bilardim, – dedi Sojidaning tirsagidan mahkam tutib, – lekin bunçalik itfeʼlligingni aslo bilmagan ekanman. Qani ayt, qaynotangda, mehmonga kelgan mana bu qaynsingillaringda ne ayb bor?
– Özlari biladi aybini, – tönğilladi Sojida.
– Aybimiz, aybimiz..., – yiğlab yubordi qizlarning kattasi, – bugun çeçamning dunyodan ötgan kuni edi, şunga bir çöqim palov pişirib, sadaqa qilamiz, deb...
Bibisora enaning köngli allaneçuk bölib ketdi, lekin sezdirmadi.
– Ölib ketgan kundoşingga torlik qilayotgan ekansan-da?
– Ölgan öldi, buni aytaverib, xöjaligimga aralaşib ne qilasiz, ena!
Bu Saidmurodning ovozi edi. “Yo xudoyim, öz bolasi şunday deb turganida Arslon bobo ne qilsin?” iç-içidan faryod qildi Bibisora ena.
Yöq, buni bunday taşlab qöymaydi. Axir Arslon bobo xuddi otasiday unga köp yaxşiliklar qilgan, mahalla-köyda sözini, özini anglagan keksalardan. Qariganida boboni bu jizzaki, torfeʼlli xotinga talatib qöysa, odamgarçilik uvol bölmaydimi?
– Qani, Saidmurod, xotiningni ol-da, anov qörğoningga çekin! – qatʼiy buyurdi Bibisora ena. – Bu xotinni topgan kuningdanoq sen tuğişganlaringdan, mana bu yetimçalaringdan voz keçgan ekansan, erkakmisan özi?
Saidmurod uyaliş örniga Bibisora enaga xezlandi:
– Sizga nima, sizga nima? Biylikni bolalaringizga qiling, bu – mening uyim, nima qilişni özim bilaman, ha!
– Aytib qöyay, nima qilişni, mana men ham bilaman, mahalla-köy, el biladi, çiq endi!
Mahalla-köyda sözi ötkir Bibisora enaning feʼlini yaxşi biladigan Saidmurod murosa yöliga ötdi:
– Şu, ötib ketgan odamni deb urişmaylik...
– Nima? – tutaqib ketdi Bibisora ena. – Sen bola, hali şundaymisan? Beş qoraközni dunyoga keltirgan, mana bu imorat, hovli-joyni obod qilgunça keça-kunduz tinim bilmagan Sanamjonning xotirasiga hurmating yöq ekan-da! Çiq, manavi torfeʼl xotining bilan anov qörğoningga çiq, qaytib bu uyga boşingni suqma!
Saidmurod xotinini ergaştirib, dolonni tark etarkan, Sojida jim ketolmadi. Bor alamini, butun feʼl-u atvorini bir gapga jamladida, jizzakilik bilan baqirdi: – Hali boboy ölsin, qizlarining birontasini ham bu uyga yölatmayman!
Uning bu gapini nafaqat şu yerda hozir bölganlar, hatto bir uy naridagi qöşnilar ham eşitişdi.
– Astağfurulloh! Niyatni yaxşi qilmadi-ya! – deya yoqa tutişdi eşitganlar.
Arslon boboning qizlari aqlli edilar. Bölib ötgan mojaroni içlariga yutişdi. Şu kuni Saidmurodning vafot etgan xotini, rahmatlik Sanamjonning xotirasi uçun xayr-sadaqa oşi pişirib, tarqatişdi. Heç narsa bölmaganday, marosimni ötkazib, otasining va jiyanlarining kir-çirlarni yuvib, hovli-joyni tartibga keltirişdi. Tomorqadagi ekin-tikinlarga qaraşdi.
Vaqt – oliy hakam. Mahallada gap oraladi: “Saidmurodning ikkinçi xotini yukli ekan, yuki oğirlaşib, Nukusdagi şifoxonaga tuşibdi” Yana bir kuni Bibisora enaning şifokor kelini dabdurustdan:
– Sojida oğirlaşib qolgan ekan, bolasini dunyoga keltirolmagani uçun qornini yorib olişibdi, bolasi ölik tuğilibdi, – deb qoldi.
Bibisora ena yoqasini tutamlab:
– Tavba, – dedi, – özining joni omon qolsin-da.
Bir oydan ortiq Nukus şahridagi şifoxonalardan birida davolangan Sojida uyiga qaytdi. Qöni-qöşnilarga boş bölib Bibisora ena uni körgani kirdi. Ozib, rangi sölib qolgan Sojida divanda ğujanak bölib yotardi. Qöşnilarini körib, asta boşini kötardi, lekin Bibisora enaning yuziga betlanib qaray olmadi, yelkalari silkinib-silkinib yiğlayverdi, yiğlayverdi. Atrofida oğir-yengiliga parvona bölib Saidmurodning qizlari yurişar, hovlida esa Arslon bobo, aftidan pişib yetilgan kartoşka paykalida Saidmurod bilan hosil yiğardi. Arslon boboning qizlari esa biri non yopsa, yana biri töplanib qolgan kirlarni yuvar, Sojida esa hayotning sinovi oldida yaxşi tomonga özgarganday edi.
– Xastaga şifo, köngillarga kenglik, xotirjamlik bersin, özingga şukur, – dedi Bibisora ena örnidan turarkan.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶