XOLIMBEGDA ŞUNDAY OILA BOR
Dehqon xöjaliklari va tomorqa yer uçastkalarida hosildor, yuqori daromad beradigan qişloq xöjalik ekinlarini joylaştiriş orqali içki isteʼmol va eksport uçun mahsulot yetiştirişni köpaytiriş – qişloq aholisi moddiy manfaatdorligini oşirib, turmuşi sifatini yaxşilamoqda.
Agar tumanimiz ovullarini kezsangiz, biri-biridan obod, zamonaviy taʼmirlangan va orasta hovlilarga közingiz tuşadi. Yöl böylariga, hovlilar atroflariga ekilgan anvoyi gullar, mevali, manazarali daraxtlar hududlar körkiga körk qöşib turibdi.
Xolimbeg ovulidagi taʼlim faxriysi Adamboy Şomurodov xonadoniga taşrif buyurgan kişi tomorqasida, hovlisi atrofida halol mehnatlaridan bunyodga kelgan boğni, turli ekinlarni körib, qoyil qolişi tayin. Ayni paytda 61 yoşni qarşilayotgan Adamboy Şomurodov uzoq yillar maktabda öquvçilarga mehnat taʼlimidan dars berdi. Ayoli Yangiljon Vafoyeva esa ovuldagi maktabgaça taʼlim taşkilotida kiçkintoy bolajonlarga boşlanğiç musiqa taʼlimini örgatdi. Pedagoglar özlarining mutaxassisligi böyiça işi uç nafar qiz, ikki nafar öğillarining tarbiyasidan ortib, hovlisi atrofini, tomorqasini ham daromad manbaiga aylantirdi. Farzandlari kömakçi bölib qolişgaç, 1,5 gektar boğni ham ijaraga olib, möl hosil yetiştirişmoqda.
Olingan daromadlar yaxşilikka sarflanayapti. Katta öğil Qahramon 17-sonli maktabda xöjalik işlari mudiri bölib işlaydi. Rohatoy, Barçinoy, Bahodir, Nafosatlar Nukus davlat davlat pedagogika institutida kontrakt asosida tahsil olib, turli maktablarda işlaşayapti.
Oilada öğillar, kelinlar va 6 nafar nevaralarning kattalari ham Adamboy Şomurodov, Yangiljon Vafoyevalarning haqiqiy kömakçilari.
Ularning tomorqasida ekinlarning did bilan joylaştirilgani, barça ekinlarning baravj ösayotgani qarovsiz bir qariç yer ham yöqligi kişi diqqatini tortadi. Adamboy Şomurodovning aytişiça, dehqonçilikda yerning tilini tuşuniş, işning közini biliş juda muhim. Balki buning uddasidan çiqqani uçundir, ularning tomorqasida yetilgan kartoşka, sabzi allaqaçon isteʼmolga yarab, sotişga ham ortayapti. Piyoz, bodringlarni bozorga çiqarişganiga esa bir oyça böldi.
Bir yarim gektarlik boğda uzum, olma, örik, olça, naşvati, anor, gilos kabi öndan ortiq turdagi mevali daraxtlarning ham ertagi, ham keçki navlari bor. Hozir ular örik, olça, ertagi olmalarini bozorda sotişayapti. Ular tili bilan aytganda, boğ – naq mömay daromad koni. Faqat – mehnatdan qoçmaslik kerak.
Ha, inson jamiki gözalliklarning, neʼmatlarning bunyodkori. Ana şunday fidoyi mehnat insonni uluğlaydi, qadr-qimmatini oşiradi, hayotini bezaydi.
Bu hamjihat, oğizbirçilikli oila ham halol mehnatdan obod, farovon. Ikkita zamonaviy yengil avtomaşina, 3 tonna yukka möljallangan “Mersedes” rusumli yuk maşinasi, şinam ikki hovli, oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan dökonlari bor.
Ular dehqonçilikdan taşqari, parranda, qoramol boqişdan ham ança daromad topişadi, uylarida tört yildan beri östirayotgan xonaki limonlarining bu yilgi mevasi ança salmoqli.
Ularning xonadonida bölib, bularning hammasini közdan keçirgan kişining köngliga “bariga qanday ulgurişar ekan”, degan öy kelişi şubhasiz. Bunga oila aʼzolarida javob tayyor: “könglida istak, iştiyoq bölsa, inson köp işlarga qodir”.
Tilagimiz: yurtimizda ana şunday oilalar köpayaversin.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶