SUBSIDIYaLAR HISOBIDAN YeNGIL KONSTRUKTsIYaLI ISSIQXONALAR ÖRNATILMOQDA
Inson tölaqonli ijtimoiy faol bölmoği uçun u eng avvalo biron bir foydali mehnat bilan şuğullanişi zarur. Ijtimoiy faol inson eng avvalo özi, oilasi va el-yurt manfaatini közlab yaşaşdan zavq oladi.
Tuman Aholi bandligiga kömaklaşiş markaziga maʼlum sabablarga köra işsiz qolgan turli xulq-atvordagi turfa kasb-kor egalari bilan birga biron bir kasbni egallaş tugul, hatto bunga iştiyoqi ham yöq, jamiyatdagi özgarişlarga beparvo va loqayd insonlar ham kelişadi. Aholi bandligiga kömaklaşiş markazi mutaxassislari tomonidan ularga zarur yöl-yöriqlar tavsiyalar beriladi. Tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişlari, tomorqa yerida özini-özi iş bilan band qiliş tamoyili asosida möʼjaz issiqxona xöjaligini yuritişi, 10-15 boş, balki undan köproq parranda parvarişlaşlari, kiçik qöyçilik, quyonçilik, asalariçilik xöjaligini taşkil etişlari mumkinligi böyiça zarur tuşunçalar beriladi. Maqsad esa ezgu – aholining işsiz qatlamini ijtimoiy foydali mehnatga jalb etiş, faolligini oşiriş, xalqimiz orasidagi kambağallikni bartaraf qilişga kömaklaşişdir.
Bu borada mamlakatimizda şaxsan Prezidentimiz Ş.Mirziyoyev taşabbuslari bilan keng qamrovli işlar amalga oşirilmoqda. Aholi bandligini taʼminlaş, kambağallikni bartaraf etiş, har bir insonning hayotga faol aralaşuviga imkon yaratiş borasida zarur çora-tadbirlar Dasturi işlab çiqilib, amaliyotga tatbiq etilayotgani bois, aholining işsiz qatlamini kasbga tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning kasbiy malakasini oşiriş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Bunda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi “2019-yilda aholi bandligini taʼminlaş va yangi iş örinlarini taşkil etiş böyiça davlat buyurtmasi töğrisida”gi Qarori muhim ahamiyat kasb etmoqda. Uşbu Qarorga muvofiq Özbekiston Respublikasi Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan ajratilayotgan maqsadli subsidiyalar aholining vaqtinça işsiz qatlami, şuningdek, biron bir kasb-korga ega bölmagan şaxslarning bandligini taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Özbekiston Respublikasi Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan ajratilayotgan mablağlar iş beruvçilarga aholi bandligiga kömaklaşiş markazi yöllanmasi bilan işga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşirişga sarflanadigan xarajatlarni qoplaş maqsadida 6 oy davomida, har bir xodim uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 4 baravari miqdoridagi tölovni amalga oşiriş uçun yönaltiriladi. Buni ayrim fuqarolar men markaz röyxatida turibman, şuning uçun tölov doimiy amalga oşiriladi, deb öylaşadi. Yöq, bunday emas, yuqorida aytganimizday, 6 oy muddatga ajratiladi va yuqoridagi miqdorda tölov amalga oşiriladi. Çunki şu muddat içida kasbga tayyorlanadi, qayta tayyorlaş, malaka oşiriş jarayonlarida iştirok etadi. Kasb-korga, malakaga ega bölgaç, albatta, unda ijtimoiy foydali mehnat qiliş qobiliyati şakllanadi.
Tuman aholi bandligiga kömaklaşiş markazida röyxatdan ötgan, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş istagida bölgan işsiz şaxslarga öz tadbirkorlik faoliyatlarini yölga qöyişlari uçun tadbirkorlikka öqitiş va kredit olişda suğurta polislari tölovini amalga oşiriş borasidagi xarajatlari uçun bazaviy hisoblaş miqdori BHMning 10 baravari miqdorida subsidiya ajratilmoqda.
Yuqoridagi Qaror bilan ehtiyojmand aholi qatlamiga mansub şaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda işga qabul qilgan taşkilotlarga har bir xodim uçun bir yil davomida har oyda, bazaviy hisoblaş miqdorining 2 baravari miqdorida tölov amalga oşiriladi.
Ayniqsa, kam taʼminlangan oilalar bandligini taʼminlaş maqsadida qişloq xöjaligi birlaşmalari jamğarmasiga uluş sifatida har bir aʼzo, oilaga BHMning 10 baravari miqdorida, şuningdek, yengil konstruktsiyali issiqxonalar örnatiş, uruğliklar, köçatlar va suğoriş vositalari xarid qilişlari uçun markaz va tomorqa yer egalari örtasida tuzilgan uç tomonlama şartnomalar asosida BHMning 3 baravaridan 10 baravarigaça bölgan miqdorda subsidiyalar ajratilayotgani tumanimizdagi önlab ehtiyojmand, kam taʼminlangan oilalarning moddiy, ijtimoiy farovonligini oşiriş imkonini bermoqda.
Joriy yilning ötgan 5 oyi davomida markaz tomonidan yengil konstruktsiyali issiqxonalar örnatiş, uruğliklar, köçatlar va suğoriş vositalari xarid qiliş uçun markaz va tomorqa yer egalari örtasida tuzilgan uç tomonlama şartnomalar asosida 249 nafar fuqaroga 527,1 mln. söm miqdorida subsidiyalar ajratib berildi. Demak, tumanimizdagi 249 ta ehtiyojmand oilaning moddiy farovonligi taʼminlandi. Bundan ham muhimi, şunça oilada istiqomat qiluvçi fuqarolar özini-özi ijtimoiy foydali mehnat bilan band qila oldi. Bundan taşqari, önlab tomorqa yer egalari öz oilalari bağrida yaşab, mehnat qiliş gaştini his etiş baxtiga muyassar bölişdi. Xonadon çorvasi, xonadon parrandaçiligi yönalişlarida muvaffaqiyatli iş yuritişni boşlab yuborişdi.
Xulosa qilib aytganda, insonning ijtimoiy faolligini oşirişda nafaqat uning özi, balki atrofidagilarning, xususan, davlat idoralarining ham maʼnaviy va moddiy rağbati öta muhim ahamiyatga ega. Inson tabiatidagi beparvolik va loqaydlik illati aslida şaxsga nisbatan jamiyatning eʼtiborsizligi, davlat idoralarining xalqdan uzoqlaşib ketişi tufayli ham yuzaga keladiki, buni, albatta, tan olişimiz kerak!
Tuman aholi bandligiga kömaklaşiş markazi xodimlarining maqsadi esa doimo ezgu – xalqimiz orasiga kirib borib, samarali xizmat qilişdir.
Alişer SOBIROV,
tuman Aholi bandligiga kömaklaşiş markazi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶