25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 20:52
Jamiyat 👁 404

“Yoshlar oyligi” doirasida prokuror va yoshlar uchrashuvi masofaviy tarzda tashkil qilindi

“Yoshlar oyligi” doirasida prokuror va yoshlar uchrashuvi masofaviy tarzda tashkil qilindi

Shu yilning iyun oyi Oʻzbekistonning barcha hududlarida “Yoshlar oyligi” deb eʼlon qilinib, ushbu oylik doirasida qator madaniy-maʼrifiy tadbir va loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

6-iyun kuni tumanimizda shu munosabat bilan yoshlarni  huquqiy,  maʼdaniy-maʼrifiy qoʻllab-quvvatlash hamda ularga munosib shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida “Prokuror va yoshlar” masofaviy uchrashuvi tashkil qilindi. Masofaviy uchrashuv tuman prokurori katta yordamchisi Alijon Botirov, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi vazifasini bajaruvchisi Jasur Davletov, “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi tuman boʻlimi rahbari Pashid Tursunboyevlar hamkorligida tashkil qilindi. Unda muvaffaqiyatga erishgan yosh tadbirkorlar, tadbirkorlikka qiziqayotgan, boshlash istagida boʻlgan yoshlar, yosh fermerlar, uyushmagan yoshlar qatnashishdi.

Uchrashuvda mutasaddilar yoshlarning qiziqishlari, muammolari hamda takliflarini oʻrgandilar.

 Tuman prokurori katta yordamchisi Alijon Botirov oʻz soʻzida mamlakatimizda bugungi kunda yoshlarimiz uchun barcha sohalarda keng imkoniyat va sharoitlar yaratilayotgani, ayniqsa, tadbirkorlik sohasi bilan shugullanish istagida boʻlgan yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlashga katta etibor qaratilayotgani, sohaga oid qonunchilikning takomillashtirilayotgani, tadbirkorlik subʼektlariga koʻplab imtiyozlar berilayotgani, ularning huquqiy himoyasini mustahkamlash, moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va xizmat koʻrsatish koʻlami kengayayotganini alohida takidlab oʻtdi.

Shundan soʻng, Qilichboy ovulida yashovchi yosh tadbirkorlar D.Qodirovning hozirgi sharoitda xorijiy davlatdan yangi uskunani qay tarzda olib kelish mumkinligi, D.Pahimovaning karantin davrida tadbirkorlik subʼektlariga qanaqa imtiyozlar mavjudligi, Gulzor mahallasida yashovchi yosh tadbirkor Z.Doʻstbekovning karantin davrida kredit soʻndirilishi borasidagi imtiyozlar haqida savollariga tegishlicha javoblar berildi. Qilichboy ovulida yashovchi Sh.Oʻrozimbetova hamda Yangiobod mahallasida yashovchi Sh.Saidahmadovalar ishga joylashishda amaliy yordam berishlarini soʻrab qilgan murojaatlari ham tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan holda hal qilinadigan boʻldi.

Uchrashuvda tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 36-sonli umumtaʼlim maktabi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi N.Bozorboyevaning “Mening tomorqam” shiori ostida chellenj tashkil qilish, Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi B.Arabboyevning yangidan ish boshlayotgan yosh tadbirkorlarga “ONLINE” oʻquv-seminar oʻtkazish takliflari qoʻllab-quvvatlandi.

Masofaviy suhbat davomida yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga misollar bilan javoblar berildi. Erkin muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda yosh avlod vakillar oʻz rejalari, maqsad va intilishlarini bayon etishdi. Shuningdek, mutasaddilar yoshlarni jamiyatda yanada faol boʻlishga, hayotda oʻz oʻrnini topishlpri uchun tinimsiz intilishga daʼvat qilishdi hamda kelgusida mamlakat ravnaqiga munosib hissa qoʻshishlari uchun hayotiy tajribadan kelib chiqib, oʻz taklif va maslahatlarini berdilar.

Tuman hokimligi Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026