SAYYoP SUD MAJLISIDA YÖL-TPANSPOPT HODISASIGA DOIP IŞ KÖPILDI
Yurtimizda karantin tartibi eʼlon qilinişidan avval sudlarning ommaviy sayyor qabullari odatiy tus olib, Oliy sud raisidan tortib, uning örinbosarlari, hayʼat raislari va joylardagi sudyalargaça — barça birdek faol va muntazam iştirok etayotgan edi. Karantin joriy etilişi bilan fuqarolarning sud muhokamalarida iştirok etişiga, sud orqali himoyalaniş huquqini amalga oşirilişiga taʼsir körsatdi, albatta. Fuqarolarni şaxsiy va sayyor qabul qiliş vaqtinça töxtatildi.
Ammo sudlar faoliyati töxtab qolgani yöq, aksinça, yuzaga kelgan murakkab vaziyat inobatga olinib, sudlarda keçiktirib bölmaydigan toifadagi işlar körib kelinmoqda. Boşqa işlarni köriş esa maʼlum muddatga qoldirildi. Sudlarga hujjatlarning elektron şaklda yuborilişi köpaydi, fuqarolar va yuridik şaxslarning murojaatlari borasidagi iş tartibi özgardi.
8-iyun kuni tumanimizda ham Içki işlar bölimining maʼmuriy binosida Jinoyat işlari böyiça tuman sudi tomonidan sayyor sud majlisi ötkazildi. Uşbu sayyor sudda Jinoyat işlari böyiça tuman sudi raisi Sultonmurod Davletmurodov, sud raisi yordamçisi Yelyor Jumaniyozov, tuman pokurori yordamçisi Sanjar Yormuhammedov, tuman IIB YHXB boşliği Dilşod Aminovlar iştirok etdilar.
Sudda yöl harakati qoidalarini buzib, yöl-transport hodisasini sodir etganlik holatiga doir iş körib çiqildi. Uşbu hodisani sodir etgan fuqaro joriy yilning 23-aprel sanasida tuman hududidagi transport yöllarining birida otasi nomida bölgan avtomobilda harakatlanayotganida Vazirlar Mahkamasining “Yöl harakati qoidalarini tasdiqlaş töğrisida”gi qarorining 77-bandida körsatilgan yöl harakati qoidasini qöpol tarzda buzgan. Natijada uşbu transport vositasida yölovçi sifatida harakatlanib kelayotgan 4 nafar fuqaroga tan jarohati yetkazgan. Sud-tibbiyot ekspertizasining natijalariga köra, jabrlanuvçilar turli xildagi tan jarohatlarini olgan. Yöl-transport hodisasini sodir qilgan fuqaro şu sababli Özbekiston Pespublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan gumon qilinuvçi sifatida işga jalb qilingan.
Sud jarayonida gumon qilinuvçi va jabrlanuvçilarning sözlari eşitildi, prokurorning fikrini tinglandi. Işga doir materiallar tekşirilib, taqqoslandi. Yöl-harakati qoidalarini buzib, mazkur transport hodisasini sodir qilgan fuqaro hamda jabrlanuvçilar özaro yaraşganligi, yetkazilgan moddiy zarar bartaraf etilganligi, yaraşuvning ixtiyoriyligi va biron bir tazyiq bölmaganligi maʼlum qilindi. Uşbu yöl-transport hodisasi Özbekiston Pespublikasi Jinoyat kodeksining 15-moddasi 2-qismiga muvofiq ijtimoiy xavfi katta bölmagan jinoyatlar turkumiga kirganligi sababli Jinoyat Kodeksining 66(1)-moddasiga muvofiq hodisani sodir etgan aybdor fuqaro jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.
Sud majlisi yakunida gumon qilinuvçiga oid jinoyat işi Özbekiston Pespublikasi Jinoyat Kodeksining 66(1)-moddasi bilan, Özbekiston Pespublikasi JPKning 84-moddasi 4-qismi tartibida yaraşilganligi munosabati bilan töxtatilganligi maʼlum qilindi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶