"Mikrokreditbank" ATBning tuman bölimi samarali faoliyat olib bormoqda
"Mikrokreditbank" kiçik biznes, xususiy tadbirkorlik hamda fermerlikni rivojlantiriş, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, oilaviy biznes va kasanaçilikni faollaştiriş yöli bilan yangi iş örinlarini yaratiş, ayniqsa, qişloq joylarida aholi keng tabaqalarining mikromoliyaviy xizmatlardan bahramand bölişini taʼminlaş uçun moliyaviy mablağlar berişni yanada kengaytirişga yönaltirilgan aktsiyadorlik tijorat banki hisoblanadi.
Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş maqsadida amalga oşirilayotgan islohotlar, belgilab berilgan topşiriqlar ijrosi yuzasidan “Mikrokreditbank” tuman bölimi samarali işlar amalga oşirmoqda. Bugungi kunda “Mikrokreditbank” ATBning tuman bölimi tomonidan tumandagi jami 2071 ta kiçik biznes va tadbirkorlik subʼektlariga turli xil bank xizmatlari körsatilmoqda. Şundan 520 nafar mijoz öz faoliyatini uzluksiz ravişda amalga oşirib kelmoqda.
Bank tomonidan aholi va tadbirkorlik subʼektlarini imtiyozli şartlar asosida moliyaviy qöllab-quvvatlaş izçil davom ettirilmoqda. Ijtimoiy dasturlar doirasida jalb qilingan 9,7 mlrd. sömlik resurs mablağlari hisobidan bank tomonidan 258 dan ortiq aholi va tadbirkorlik subʼektlariga imtiyozli kreditlar ajratildi hamda 290 dan ortiq yangi iş örinlari yaratildi. Jumladan, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 249 nafar mijoz imtiyozli kreditlar olib, öz tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyib oldi.
Tumanimizda “Mikrokreditbank” ATBdan kredit mablağlari olib özining yangi tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan yurtdoşlarimiz talaygina. Hamyurtimiz Hakimjon Ahmedov rahbarligida 2017-yilda öz faoliyatini boşlagan, mebel işlab çiqarişga ixtisoslaşgan “Maʼrifat Usmanoviç” MÇJga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirsida yangi mebel işlab çiqariş asbob-uskunasini sotib oliş uçun bank tomonidan 104 mln. söm miqdorida kredit mablaği ajratilgan edi. Hozirda uşbu 5 iş örniga ega bölgan tadbirkorlik subektida turli körinişdagi yotoqxona mebel jihozlari işlab çiqarilmoqda. Tsexda karantin tartibi yumaşatilganidan keyin yangi iş örinlari yaratilib, yoşlar bandligini taʼminlaş rejalaştirilgan.
Şuningdek, tadbirkorlik sohasidagi taşabbuskor yurtdoşlarimizdan biri Erkin Rasulovning parrandaçilik sohasini rivojlantiriş loyihasi uçun bank tomonidan 223 mln. söm miqdorida kredit mablaği ajratildi. Uşbu mablağ hisobidan “Qoraqalpoq mahsulotlari” masʼuliyati çeklangan jamiyati taşkil etildi. Natijada tadbirkor 3 ta yangi iş örnini yaratib, yoşlar bandligini taʼminlaşga hissa qöşdi. Hozirda “Qoraqalpoq mahsulotlari” MÇJ tumanimizda parrandaçilik sohasini yanada rivojlantirişda öz ahamiyatiga ega bölgan tadbirkorlik subʼektiga aylanib ulgurdi. Tsexda yiliga 11 mingga yaqin jöja hamda 40 mingdan ziyod tovuq göşti mahsulotlari işlab tayyorlanadi. Tumanimizda yetiştirilayotgan uşbu mahsulotlar Manğit Dehqon bozori hamda “Matrasul” xususiy dökonida sotiş yölga qöyilgan bölib, aholi ehtiyojini taʼminlamoqda .
“Mikrokreditbank” ATB tomonidan ajratilgan kredit mablaği evaziga Olmazor mahallasi Islomobod köçasida yangidan sport maydonçasi bunyod etildi. Sanjar Qozoqboyevning aholiga maişiy xizmat körsatiş maqsadida bolalar mini futbol sport maydonçasini taşkil qiliş loyihasi uçun bank tomonidan 223 mln. kredit mablaği ajratildi. Uşbu loyiha orqali taşkil qilingan “Diyor Best Kompleks” MÇJda 3 ta yangi iş örni yaratildi. Yaqin kunlarda uşbu sport maydonçasining oçiliş marosimi ötkazilib, maydonçada turli sport öyinlari ötkazilişi yölga qöyiladi.
Aytiş joizki, tumanimizda hunarmandçilikning tikuvçilik yönalişi kundan kunga rivojlanib bormoqda. “Amu-Fayz-Tekstil ZF” MÇJ ham uşbu sohani yanada rivojlantirişga hissa qöşmoqda. “Mikrokreditbank” tijorat banki tuman filiali esa ana şunday istiqbolga intilayotgan tadbirkorlik subektlarini qöllab-quvvatlab kelmoqda. Yoş tadbirkor Sanjar Jumamurodovning yangi tadbirkorlik loyihasi uçun yangi tikuv maşinalari sotib olişiga bank tomonidan 300 mln. miqdorda imtiyozli kredit mablaği ajratildi. Yostiq, körpa, körpaça va ularning qoplamalari, adyol kabi tikuvçilik mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan MÇJda yoş tadbirkor taşabbusi bilan 5 ta yangi iş örni yaratildi. Uşbu jamiyat işlab çiqarilgan sifatli mahsulotlari bilan tuman bozori, markaziy şifoxona, qolaversa, Nukus şahridagi bozor va şifoxonalarni taʼminlab kelmoqda.
Çaros Arslonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶