QORAQALPOĞISTON RESPUBLIKASI MAHALLA VA OILANI QÖLLAB-QUVVATLAŞ VAZIRI S.TURMANOV TUMANIMIZ MAHALLALARIDA BÖLDI
Obodlik bor joyda taraqqiyot böladi, soğlom turmuş tarzi qaror topadi. Jamiyat hayotida soğlom turmuş tarzi hukmron bölar ekan, mamlakatning kelajagi bölgan yangi avlod barkamol voyaga yetadi. Har bir sohada buyuk özgarişlar yasaladi, har qariç yerda soğlom hayot nafasi ufurib turadi. Şu bois, muhtaram Prezidentimiz yurtimizni boğ-u çamanga aylantiriş, har bir mahalla, har bitta xonadon hududini kökalamzorlaştiriş, obodonlaştiriş xususida deyarli har bir çiqişida, xalq oldidagi uçraşuvlarida, xalq bilan muloqotlarida tez-tez taʼkidlaydilar.
Ayni paytda esa butun mamlakatimiz böylab “Jonajon yurtim obodligiga öz hissamni qöşaman!” şiori ostida barça mahallalarda, har bir köça va xonadonda fayzli, gözal va körkam, obod va soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş maqsadida xalqimiz tomonidan keng miqyosli tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligining 2020-yil 9-iyundagi kengaytirilgan videoselektor yiğilişi 4-son bayonnomasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida “Jonajon yurtim obodligiga öz hissamni qöşaman!” şiori ostida Qoraqalpoğiston Respublikasi mahallalaridagi xonadonlar va köçalarni obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş böyiça 2020-yil iyun-avgust oylarida amalga oşiriladigan keng qamrovli çora-tadbirlar rejasi işlab çiqildi. Bu boradagi işlarni qatʼiy nazoratga oliş va amaliy faoliyat yuritişni taşkil etiş böyiça masʼullar biriktirildi.
Joriy yilning 12-iyun sanasida tumanimiz mahallalarini obod va körkam göşalarga aylantiriş böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi tomonidan tumanimizga biriktirilgan masʼullar ovul va mahallalarda bölişdi. Ular hududlarda işçi guruhlar faoliyatini samarali taşkil etiş, nuroniylar jamoatçilik Kengaşi aʼzolari iştirokida taşkiliy yiğilişlar ötkaziş, uşbu yiğilişda tuman masʼullarini fuqarolar yiğinlariga biriktiriş, ularning vazifalarini tuşuntiriş, seminarlar ötkaziş jadvallari hamda mahallalarda tuziladigan işçi guruhlarining vazifalari yuzasidan zarur tuşunçalar, tavsiyalar berdilar.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri Soğindiq Turmanov rahbarligidagi masʼullar – vazirning birinçi örinbosari M.Ahmedova, vazir örinbosarlari Ş.Usnatdinov va O.Turdiboyevlar tumanimizning Çoyköl va Qiliçboy ovul fuqarolar yiğinlarida bölişib, “Jonajon yurtim obodligiga öz hissamni qöşaman!” şiori ostida amalga oşirilayotgan amaliy işlar hamda belgilangan çora-tadbirlar bilan yaqindan tanişdilar. Şu barobarida mazkur ovullarda 2020-yil iyun-avgust oylarida amalga oşirilişi rejalaştirilgan işlar jadvalini körib çiqdilar. Şu asosida amalga oşiriladigan işlar mahallalar kayvonilari, nuroniylar hamda köça boşçilari köpqavatli uylar boşliqlari, ovul oqsoqolining maslahatçilari, işçi komissiyalari va jamoatçilik tuzilmalari aʼzolari, “Keksalar maslahati” guruhlari aʼzolari, faollari hamda aholi vakillari bilan obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş işlarini olib boriş yuzasidan maslahatlar, tavsiyalar berdilar.

- Obodlik bor joyda qut-baraka, rivojlaniş va biri-biridan gözal özgarişlar böladi, - dedi Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri S.Turmanov Çoyköl ovuli nuroniylari bilan bölgan uçraşuvda. – Keksa otaxon va onaxonlarimiz tongda turib, hovli-joyni supirib-sidiriş, gulzorlar barpo etiş, oqar suv yöllarini tozalaş, atrofga suv sepiş inson uçun naqadar foydali ekanligini har kuni, har lahza farzandlariga, nevaralariga tuşuntirib borişi atrof-muhitimizning toza va körkamligini oşiradi, farzandlarimizda masʼuliyat hissini uyğotadi. Jamiyatda soğlom turmuş tarzi qaror topişiga imkon yaratadi.
Şu kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri S.Turmanov rahbarligidagi masʼullar Çoyköl va Qiliçboy ovullaridagi obodonlaştiriş va kökamzorlaştiriş işlari bilan yaqindan tanişiş maqsadida ovullar nuroniylari bilan birgalikda köçalarni, biri-biridan obod va fayzli xonadonlarni közdan keçirdilar. Uylarning fasad qismlarini obodonlaştiriş, taʼmirlaş, yöl böylariga gul köçatlari ötqaziş yuzasidan zarur topşiriq va tavsiyalar berdilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶