Sud tomonidan 5 nafar şaxsga maʼmuriy nazorat örnatildi
Maʼmuriy nazorat – jazoni ijro etiş muassasalaridan böşab çiqqan şaxslar orasida içki işlar organlari tomonidan olib boriladigan tarbiyaviy oldini oliş taʼsir çoralari bölib, nazorat ostidagilarga qonunda közda tutilgan çeklaşlarni qöllaşlardan iborat. Maʼmuriy nazoratning asosiy maqsadi – ilgari sudlanganlar tomonidan takroran jinoyatlar sodir etilişini oldini oliş va ularda ijobiy dunyoqaraşni şakllantirişdan iboratdir.
18-iyun kuni Jinoyat işlari böyiça tuman sudining majlislar zalida “Jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi şaxslar ustidan maʼmuriy nazorat örnatiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq muqaddam oğir va öta oğir jinoyat sodir qilgan, jazoni ijro etiş muassasalaridan böşab çiqqan 5 nafar şaxslarga doir iş körildi. Unda Jinoyat işlari böyiça tuman sudi raisi S.Davletmurodov, sudya yordamçisi E.Jumaniyozov, tuman prokurorining yordamçisi S.Yormuhammedov, tuman IIB masʼullari va profilaktika inspektorlari iştirok etdi va uşbu şaxslar ustidan qonunga köra maʼmuriy nazorat örnatildi.
Uşbu şaxslarga qayta jinoyat sodir qilinişining oldini oliş maqsadida yakka tartibda profilaktik suhbatlar ötkazib borilişi, maʼmuriy nazorat töğrisidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda aybdor şaxslar belgilangan tartibda javobgar bölişi töğrisida tuşuntirildi.
Orifjon Qosimov, tuman IIB HPB boşliği, mayor.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶