SEKTORLAR RAHBARLARI VA YoŞLAR UÇRAŞUVI ÖTKAZILDI
Tumanimizda “Yoşlar oyligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda va ularda yoşlar katta qiziqiş bilan iştirok etişmoqda.
Şu yilning 25-iyunida uşbu oylik doirasida yoşlar bandligini taʼminlaş, muammolarini örganiş, fikr va takliflarini tinglaş, ularni qöllab-quvvatlaş hamda munosib şaroit yaratiş maqsadida “Sektor rahbarlari va yoşlar” nomli uçraşuv ötkazildi. Uçraşuvda 4 ta sektorlar rahbarlari, hokim örinbosarlari, korxona, taşkilotlar rahbarlari, tumanimizdagi kasb-hunar kollejlari bitiruvçilari, faol yoşlar iştirok etdilar.
Yiğilişni tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev oçdi hamda yiğiliş maqsadi bilan taniştirib ötdi. Kun tartibidagi masala böyiça sözlagan nutqida mamlakatimizda yoşlarning yuksak marralarni egallaşlari uçun yaratilayotgan şart-şaroitlar, çeksiz imkoniyatlar haqida töxtalib, yoşlarni öqib, bilim olişga, şijoat bilan olğa intilişga hamda Vatan xizmatiga yaraydigan munosib farzand bölişga daʼvat qildi. “Erişgan yutuqlarimiz özimizniki, biz xato va kamçiliklarni örganib, ularni bartaraf qilişga harakat qilmoğimiz kerak!” degan fikrni barça yoşlar hayotiy şior qilib olişi kerak, deya taʼkidladi. Şuningdek, bilimga çanqoq, izlanuvçan tumanimiz yoşlari haqida özining samimiy fikr-mulohazalarini bildirdi.

Şundan söng, söz tuman prokurori, adliya maslaxatçisi Javlon Muftullayevga berildi. Maʼruzaçi öz sözida hozirgi kunda tumanimizda yoşlar, xususan, kollej bitiruvçilarining bandligini taʼminlaş maqsadida işlab çiqariş korxonalari, maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari sonini köpaytirib, yangi iş örinlarini yaratişga harakat qilinayotganligini aytib ötdi. Yoşlarni buyuk ajdodlar farzandi ekanligini unutmaslikka çaqirdi. Har birining ilm-fan çöqqilarini puxta egallab, ularga munosib avlod bölişi lozimligini alohida taʼkidladi. Şuningdek, muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida ilm-maʼrifatning inson hayotidagi ahamiyati haqidagi fikrlariga töxtalib, bularning barçasi isbot talab qilmaydigan haqiqat ekanligini eʼtirof etdi.
Maʼruzalardan söng, yoşlarning muammolari va takliflari atrofliça tinglandi. Amudaryo melioratsiya va suv xöjaligi kasb-xunar kolleji bitiruvçisi Hilola Jabborberganova tumanimizda temir yöl çiptalarini sotişni yölga qöyişi uçun amaliy yordam berişini, Amudaryo qişloq xöjaligi kasb-hunar kolleji bitiruvçisi Temur Yöldoşev hunarmandçilik faoliyatini yölga qöyişda zarur böladigan asbob-uskunalar sotib oliş uçun imtiyozli kredit olişda amaliy yordam sörab murojaat qildi.
Amudaryo transport va xizmat körsatiş kasb-hunar kolleji bitiruvçilari Dostonbek Iskandarov ipak qurtini parvarişlaş, Muhammadjon Bobojonov akfa romlari işlab çiqariş tsexi quriş uçun yer maydonini ajratib beriş, Amudaryo qişloq xöjaligi kasb-hunar kolleji bitiruvçisi Şahnoza Tangirberganova tikuv maşinasi xarid qilişga kredit olişda amaliy yordam söradi.
Şuningdek, tumandagi kasb-hunar kolleji bitiruvçilaridan ayrimlari egallagan mutaxassisligi böyiça işga joylaşişda amaliy kömak, ön nafardan ortiği esa parrandaçilik, çorvaçilik, baliqçilik va xizmat körsatiş sohalarida özlarining tadbirkorlik faoliyatini taşkil etmoqçi ekanliklarini bildirib, yordam va yöl-yöriq söradilar.
Yoşlar bandligini taʼminlaş, muammo va takliflarini örganiş, ularni qöllab-quvvatlaş hamda munosib şart-şaroitlar yaratib beriş maqsadida ötkazilgan “Sektor rahbarlari va yoşlar” uçraşuvi sönggida yoşlar tomonidan bildirilgan barça taklif va muammolarning tegişli yeçimini topişga erişiş, belgilangan muddatda bajarilişi böyiça zarur çoralarni köriş yuzasidan tegişli tadbirlar amalga oşirilişi maʼlum qilindi.
Oygul Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶