QALAMI ÖTKIR, SÖZI SALMOQLI JURNALIST
Har bir mehnat jarayoniga qadam qöygan insonning kasbni, mutaxassislikni puxta egallaşida, kasbiy malakasi oşib, kamol topişida uşbu jamoada unga ustozlik qilgan insonlarning xizmati beqiyosdir.
Amudaryo tumani matbuoti rivojiga ulkan hissa qöşgan, Xonimjon Rajabova, Zebo Rajabova, Oygul Rajabova, Robiya Yöldoşeva, Ziyoda Sadaddinova, Roza Orziboyeva, Ozoda Xudoyberganova kabi qalami ötkir jurnalistlarning ilk mehnat faoliyatini boşlaşlarida yöl-yöriqlar, maslahatlar berib, qöllab-quvvatlagan, ustozlik qilganlarning biri Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan jurnalist, “Şuhrat” medali sohibi Allambergan Jumaniyozovdir.
U bu masʼuliyatli kasbda 45-yildan beri mehnat qilib keladi. Avval “Amudaryo haqiqati” gazetasi maxsus muxbiri, bölim boşliği, masʼul kotib, muharrir örinbosari lavozimlarida işladi. Keyinçalik 1992-yilda xalq deputatlari tuman Kengaşi ijroiya qömitasi taşkiliy bölimi mudiri, tuman hokimligi taşkiliy bölimi mudiri vazifalarini ado etdi. Oğir keçgan bozor munosabatlariga ötiş davrlarida, köpgina davriy naşrlar öz-özini mablağ bilan taʼminlay olmay, ikki-uç oyda bir marta yoruğlikka çiqqan, hatto ayrimlari tugab ketganida, 1995-yildan muharrirlik faoliyatini boşlab, 2011-yilning oxirigaça ado etdi.
Ustoz jurnalist bu yil tabarruk 70 yoşini qarşiladi. Lekin hamon safda, sevimli kasbidan qölini uzgani yöq.
Allambergan Jumaniyozovni umrining 70 yillik dovoni va 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklaymiz.
Qalami ötkir, sözi salmoqli otaxon jurnalistga tolmas kuç-quvvat, ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Sevara ISMOILOVA,
QDU talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶