YoŞLAR – KELAJAK POYDEVORI
Bugungi kunda mamlakatimiz yoşlarining har tomonlama yuksak salohiyatli inson bölib kamol topişi yölida izçil islohotlar amalga oşirilmoqda. Uşbu tizimli islohotlarning ijobiy natijasi va yoşlarga oid davlat siyosatining samarasini bugungi kun yoşlarining jamiyatda munosib örin egallaşga bölgan iştiyoqi va erişayotgan yutuqlarida körişimiz mumkin.
Yoşlar kreativ ğoyalari, betakror loyihalari va aniq maqsadlari bilan mamlakat taraqqiyotida, islohotlarda taşabbus körsatib, vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qöşib kelmoqda. Yaʼni, yaratib berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanayotgan, iqtidori va isteʼdodini amalda namoyon etayotgan yoşlar bugun senator, deputat, yetuk rahbar, işbilarmon tadbirkordir.
Yurtimizda yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning ğoyalari, qiziqişlari uçun barça imkoniyatlarni yaratiş, hayotda öz örnini topişlariga kömaklaşiş bugungi kundagi yoşlarga oid davlat siyosatining eng ustuvor yönalişlari hisoblanadi.
Isteʼdodli yoşlarni qöllab-quvvatlaş, yoşlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ularning jamiyat hayotida munosib öringa ega bölişiga kömaklaşiş kabi vazifalarni amalga oşiruvçi yangi taşkilot – Özbekiston Yoşlar ittifoqi mamlakatimiz aholisining 60 foizi bölgan yoşlarning yanada jipslaşib, birlaşgan holda yurt ravnaqi, taraqqiyoti yölida intilişlariga xizmat qilmoqda.
Ayniqsa, hozirgi yurt boşiga iş tuşgan, oğir sinovli kunlarda, band bölmagan yoşlarni, ehtiyojmand, kam taʼminlangan oilalarni qöllab-quvvatlaşga katta eʼtibor qaratilib, qişloq xöjaligi sohalarida faoliyat olib borişlari uçun yerlar ajratilmoqda, qolaversa, jamoatçilik asosida mavsumiy işlarga joylaştirilib, şu orqali aholi ijtimoiy himoya qilinmoqda.
Muxtasar aytganda, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar navqiron avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol ğoyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
M.Şermetov, tuman hokimining Yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş
va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶