EHTIYoJMAND OILALAPGA QOPAMOL TAPQATILMOQDA
Dunyoning 200 dan ziyod mamlakatini qamrab olgan koronavirus pandemiyasi mazkur hududlarda köpgina faoliyat turlarining töxtatib qöyilişiga, oqibatda esa işsizlar sonining ösişiga, yordamga muhtoj oilalar sonining ortişiga sabab bölmoqda. Natijada bugungi kunda köpgina davlatlarda kambağallikning oşişi, oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi vujudga kelayapti.
Koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraş va uning tarqalib ketişining oldini oliş borasida örnatilgan karantin tartib-qoidalariga köra mamlakatimizda ham işlab çiqariş, xizmat körsatiş sohalarining köpgina turlariga çeklovlar örnatildi. Natijada köpgina odamlar topayotgan daromadidan ayrildi, mavsumiy işlarda işlovçilar, xorijiy davlatlarda işlayotgan mehnat migrantlari karantin tufayli uylarida qolişga majbur böldilar. Biroq ular eʼtibordan çetda qolgani, muhtoj qilib qöyilgani yöq. Xususan, aholiga manzilli yordam körsatiş maqsadida Mahalla va oilani qöllab-quvvtlaş vazirligi huzurida Xayriyalarni muvofiqlaştiriş markazi taşkil etildi va ehtiyojmand oilalar murojaatlari asosida ularga zarur moddiy yordam berib kelindi.

Şuningdek, muhtaram Yurtboşimizning şu yil 20-aprel kuni “Saxovat va kömak” umumxalq harakatini yölga qöyiş, vaqtinça işsiz va yordamga muhtoj oilalarni aniqlab, ularni manzilli asosda oziq-ovqat va zarur hollarda dori-darmon vositalari bilan taʼminlaş yuzasidan ilgari surgan taşabbusiga muvofiq, 22-aprelda Vazirlar Mahkamasining farmoyişiga köra, “Saxovat va kömak” jamğarmasi, uning Qoraqalpoğiston Pespublikasi, viloyatlar, Toşkent şahar, hamda tuman, şahar bölinmalari taşkil etilgan, jamğarma töğrisida Nizom tasdiqlangan edi. Bu saʼy-harakatlar natijasida karantin çeklovlari davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj bölib qolgan köp farzandli oilalarga, nogironligi bölgan şaxslarga, öz daromadini yöqotgan vaqtinça işsiz fuqarolarga moddiy kömak berilayapti. Jamğarma mablağlari esa tadbirkorlarning, saxovatpeşa insonlarning xayriyalari hisobiga şakllanmoqda.
Jamiyatimizni harakatlantiruvçi kuç – inson omiliga eʼtibor tobora kuçaytirilayotgan davrda koronavirus pandemiyasi tufayli uç oydan ziyod vaqtdan beri işsiz qolib, daromad topolmay, iqtisodiy qiyin vaziyatga tuşib qolgan, nogironligi bölgan oilalar, yakka-yolğiz yaşovçi keksalar ijtimoiy himoyasi tobora kuçaytirilmoqda. Bunda “Saxovat va kömak” jamğarmasi mablağlari maqsadli yönaltirilişi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tumanimizdagi 49 ta ovul, mahalla fuqarolar yiğinlaridan kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, şaroiti oğir 100 ta oila röyxati şakllantirilib, har biriga jamğarma mablağlari hisobidan 3,5 mln. sömlik qoramol sotib olinib, tarqatilmoqda.

Şu yilning 26-iyunigaça uşbu röyxati şakllantirilgan 100 ta oilaning 36 tasiga qoramol tarqatildi. Qoramollarni tuman hokimining örinbosari, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Alişer Yöldoşev, bölim masʼul xodimi Bahodir Boltaboyevlar topşirdilar.
Şuningdek, ehtiyojmand, imkoniyati çeklangan fuqarolar xonadonlari har oyda kundalik rözğor uçun zarur mahsulotlar bilan ham taʼminlanmoqda. Bu saʼy-harakatlarda yurtdoşlarimizning mustahkam hamjihatligi, bir-birining taşvişiga yelkadoşligi, borini birga baham körişdek azaliy qadriyatlari yana ham yaqqol namoyon bölayotir.
Pandemiya jilovlansa, bu sinovli kunlar ham, albatta, ötib ketadi. Biroq ana şunday oğir damlarda xalqimizning bir-biriga körsatgan mehr-oqibati, odamgarçiligi va ğamxörligi unutilmaydi, mamlakatimiz tarixida öçmas sahifa bölib qoladi.
Oygul PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶